Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammadal-xorazmiynomidagi



Yüklə 155,75 Kb.
səhifə1/9
tarix04.08.2022
ölçüsü155,75 Kb.
#63002
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ped 2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMADAL-XORAZMIYNOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI


2-topshiriq
BAJARDI: PED001(310-18) guruh talabasi
Khamroev Dilshodbek


1-Savol: Venn diagrammasi” metodi orqali shaxs faoliyatida tafakkur va nutq haqida fikringizni yozing va tahlil qiling.

Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati. Tafakkur. Fikrlash jarayonlarining tabiati. Insayt – oydinlashuv.

Tafakkurning turlari. Nazariy tafakkur. Amaliy tafakkur. Ko’rgazmali – harakat tafakkuri. Ko’rgazmali-obrazli tafakkur. Mantiqiy tafakkur. Reproduktiv, produktiv yoki ijodiy tafakkur. Konvergent fikrlash. Divergent tafakkur. Kreaktivlik sifati. Predikativ tafakkur. Sun’iy intellekt yoki tafakkur. Intuitiv tiplilar. Fikrlovchi tiplar.

Tafakkur mahsullari va operasiyalari. Forobiyning fikr yuritish, tafakkur xususiyatlari haqidagi fikrlari. Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlari. Tushunchalar. Hukmlar. Xulosalar. Fikrlash jarayonini ta’minlovchi operasiyalar klassifikasiyasi.

Mustaqil fikrlash – sog’lom ma’naviyat va tafakkurning alohida xossasi sifatida. Z.Nishonova hamda E.Usmanovalarning tafakkur xususidagi qarashlari. Mustaqil fikrlashning zamonaviy ta’rifi. Tafakkurni rivojlantirish va mustaqil fikrlash muammosi.

Mustaqil fikrlash – ijtimoiy-psixologik hodisa. Mustaqil fikrlash. “Subyekt-obyekt” va “subyekt-subyekt” munosabatlari mazmuni. Ta’lim muassasasi va uning imkoniyatlari. M.Davletshin, E.G’oziyev, Z.Nishonova, R.Sunnatova, R.Tojiboyeva, E.Usmonovalar tafakkur jarayoni bo’yicha olib borayotgan izlanishlari. Tafakkur mustaqilligi. Mustaqil fikr rivojlanganligining mezonlari.
5.1. Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati
Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo’ladi. Aks holda u eslab qolmaydi ham, keyingi safar analogik obyekt bilan to’qnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fonga aylanib qolaveradi. Ya’ni, biz ko’rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi ma’noli, kerak bo’lsa, ma’nili bo’lishini xohlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ma’no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim uchun har qanday kitob – hayotining ma’nosi bo’lsa, dehqon uchun yer va undan olinadigan hosil – ahamiyatli hisoblanadi. Hattoki, bitta narsaning o’zi turli odamlar uchun turli xil ma’no va mazmun kasb etadi. O’sha kitob misolini oladigan bo’lsak, kitob industriyasi bilan shug’ullanuvchi muhandis uchun – ishlab chiqarish mahsuloti, kitob do’koni sotuvchisi uchun – tovar-mahsulot, o’quvchi uchun – ilm manbai, muallif olim uchun – ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir. Har bir alohida narsaga bo’lgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita ta’sir etadi, qaysi-ki, u goh ijobiy, goh salbiy bo’lsa ham. Shu nuqtai nazardan ham biz narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo’lamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bag’ishlangan ma’ruza qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi bo’lganlar uchun pul, foyda va daromad olish yo’llari haqidagi ma’lumotlar shunchalik ahamiyatli, oddiy so’zning morfologik tahlili – shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izhor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi.


Yüklə 155,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə