1 mavzu Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni. Biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari. Biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish Biznesva xususiytadbirkorlik tushunchalari mohiyati,maqsadivavazifalari
Bozor iqtisodiyotida biznes va xususiy tadbirkorlik erkinligining ta’minlanganligi iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Shu boisdan biznes va tadbirkorlik funksiyasi, nazariyasi iqtisodiy nazariya fanida muhim o’rin tutadi. XVIII asrdayog Fransuz iqtisodchisi R. Kantiolon, XIX asrda nemis klassik maktabi vakillaridan I. Tyunen va G. Mangolf hamda amerikalikiqtisodchiF.Nayt tadbirkorlik va tadbirkorlik faoli- yatining xususiyatlarini tadqiq etganlar. R. Kantilon tadbirkorlikning mu-himxususiyatiriskekanliginiasoslabbergan. Uning fikricha tadbirkorni
oldindan ko’ra bilish qobiliyatiga ega bo’lgan va risk qilishga qodir bo’lgan, kelajakka intiluvchi, daromad olishdan umidvor bo’lgan va shu bilan birga yo’qotish va zarar ko’rishga ham tayyor bo’lgan har qanday shaxs deb ta’riflagan.
XVIII - XIX asrlarda ijod qilgan R. Kantilon, Y. Tyunen, F. Kene,A.Smit, J.B. Sey iqtisodchi olimlar tadbirkorlikni va biznes, shuningdek, tadbirkor va mulkdor tushunchalarini aynan bir xil ma’noda izohlaganlar. Y.Shumpeter tadbirkor faoliyatining quyidagi maqsadli motivlarni ko’rsatib bergan: -- xukmronlik, hokimiyat va ta’sir doirasiga ega bo’lish extiyoji;
O’zbek olimlaridan I.E.Tursunov, A.B.Qurbonov, F.F. Mamatovlar quyidagicha ta’rif berishadi: biznes va tadbirkorlik bir-biri bilan uzviy bog’liq; bo’lib, bir xil ijtimoiy – iqtisodiy asoslarga va tamoyillarga ega tushunchalardir.