Valyuta operatsiyalarini tashkil etish,valyuta pozitiyasi va nazorati



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə1/2
tarix06.03.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#86852
  1   2
BANK ISHI (2)

Valyuta operatsiyalarini tashkil etish,valyuta pozitiyasi va nazorati.

Reja:

  • 1.Valyuta va valyuta kursi haqia tushuncha.
  • 2.Valyuta operatsiyalarini tahskil etish.
  • 3.Valyuta pozitsiyasi va nazorati.

1.Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.

  • Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining o‘zaro nisbatini o‘lchashni talab etadi. SHu sababli valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi.
  • Valyuta kursining zaruriyati quyidagilarda ifodalanadi:
  • – tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar harakatida valyutalarni o‘zaro almashtirish uchun; bunda, eksporter kelib tushgan chet el valyutasini milliy valyutaga almashtiradi. CHunki boshqa mamlakatlarning valyutalari mazkur davlat hududida qonuniy xarid qilish va to‘lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi. Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to‘lash uchun milliy valyutani chet el valyutasiga almashadi. Qarzdor esa qarzini to‘lash uchun va tashqi qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun chet el valyutasini sotib oladi;

– jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun;
– firma va banklarning chet el valyutasidagi hisob varaqlarini vaqti-vaqti bilan qayta baholash uchun valyuta kursi zarur.
Valyuta kursi – bu bir mlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklardama ifodalangan bahosidir. Tashqi valyuta kursi almashuv qatnashchilari uchun valyuta bozoridagi talab va taklif nisbati orqali aniqlanadigan bir valyutani boshqasiga qayta hisoblash koefitsientidir. Biroq valyuta kursining qiymat asosi bo‘lib valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi

2.Valyuta operatsiyalarini tashkil etish.

  • Vayuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.
  • O‘zbekiston Republikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi

O‘zbekiston Respublikasining ”Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, quyidagilar valyuta nazorati organlari hisoblanadi: jumladan, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Bojxona Qo‘mitalaridir. Ularni har biri o‘z vazifa va funksiyalarga egadir. Vakolatli banklar esa valyuta nazorati agentlari hisoblanadi.
70-yillardan boshlab valyuta va kredit risklarining oldini olish va qoplash uchun yangi usullardan foydalanila boshlandi. Ular qatoriga
    • valyutaviy opsion (birinchi marta 1973 yil CHikago birjasida qo‘llanila boshlagan)
    • banklararo “svop” operatsiyasi
    • forvard valyuta operatsiyasi
    • valyutaviy fyuchers (1973 yildan boshlab Nyu-York valyuta bozorida, 1972 yildan boshlab CHikago valyuta bozorida va b.).


Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin