So’nggi yillarda turizm jahon iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan sektori va yirik eksport sanoatiga aylanib bormoqda. Turizmning milliy iqtisodiyot rivojlanishida tutgan o’rni nafaqat uning yuqori daromad keltirishi, balki mehnattalab sanoat ish o’rinlarini yaratish orqali bandlik muammosini hal etishga ijobiy ta’sir ko’rsatishi, tabiiy va madaniy muhitni asrashi orqali barqaror rivojlanishni ta’minlashda sezilarli hissa qo’shishi bilan ham belgilanadi.
Hozirgi kunda turistik sanoatni internet tarmog’isiz tasavvur etish amri
mahol. Shuningdek, turizm sanoatining ommaviy tus olishining bosh sababi ham
internet bilan chambarchas bog’liq.
Internetning eng katta ustunligidan biri, bu biror muammo paydo bo’lishi
bilanoq, har kuni, 24 soat davomida, uni hal qilishga yordam beradigan
xizmatlarni taqdim etish imkoniyatidir. Ayrim muammolarni masofadan turib
hal qilish, kompyuter diagnostikasi yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Internet–marketingdan foydalanish samaradorligi, iste’molchilar qanday
tezlik bilan xarid qilishi va mavjud raqobatdosh mahsulotlar o’rtasidagi farqlarni
tushunib etishlariga bog’liq bo’ladi.
Bugungi kunda turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining ajralmas bir
qismiga aylanib ulgurdi. Bunda turistik nsoha mutaxassislarining hamda ilm-fan
rivojining salmog’I beqiyosdir. Turistik sohada innovatsion texnika va
texnologiyalardan foydalanish hozirgi zamon talabiga aylangan bir jadal
zamonda turizm sohasi mutaxassislari ya’ni- turoperatorlar innovatsion texnikatexnologiyalardan foydalanishni bilishlari muhim ahamiyatga ega.