Word matn taxrirlovchisida jadvallar yaratish va jadvallarga ma’lumotlar kiritish.
Word dasturda 4 xil usulda jadval yaratish mumkin.
Avval matn kiritib songra jadval holiga keltirish.
Vositalar panelidagi turmadan foydalanib jadval yaratish.
Avval jadval hosil qilib so’ngra unga matn kiritish.
Jadval chizish Таблица→Нарисовать buyrug’i yordamida
Birinchi usulda jadval yaratish uchun avval matn kiritiladi. So’ngra matnning qaerida jadval uchun ustun bo’lishi kerakligini korsatish kerak. Matnda jadval uchun ustun qo’yiladagan joyga biror belgi qoyiladi. (Masalan tabulyatsiya) So’ngra matnning jadval ko’rinishiga keltiriladigan qismi belgilanib tablitsa menyusidagi preobrazivat v tablitsu (преобразовать в таблицу) buyrug’i bajarilsa, ekranda oynacha paydo bo’lib, oynachadan jadval uchun ustunlar soni ko’rsatiladi va OK tugmasi bosiladi. Mantning belgilangan qismi jadvalga olinadi.
Ikkinchi usulda jadval yaratish uchun vositalar panelidagi tugma bosiladi va yangi jadval uchun qator va ustunlar soni belbilanib korsatiladi.
Uchunchi usulda jadval yaratish uchun tablitsa menyusidagi dovavit tablitsu (добавить в таблицу) buyrug'i bajariladi. Erkanda oynacha paydo bo’lib oynachada yangi jadval uchun qator va ustunlar soni ko’rsatilib OK tugmasi bosiladi. Matnning kursor turgan joyida yangi jadval payda bo’ladi. Jadvallarning ustun bilan qator kesishgan joyi yacheyka deyiladi. Yacheykaga matn, formula yoki grafika kiritish mumkin.
To’rtinchi usulda tablitsa menyusidagi Таблица→Нарисовать byurug’i yordamida jadval chizish bilan yaratiladi.
Yacheyka chegaralarini o’zgartirish uchun sichqoncha korsatkichini chegara chizigiga keltirib, sichqonchaning chap tugmasi bosib suriladi.
Enter klavishasi yacheykani bir qatorga kengaytiradi.
Jadval bo’yicha taz harakatlanish uchun quyidagi klaviatura tugmalaridan foydalanish kerak.
Del klavishasi esa yacheykani bir qatorga qisqartiradi.
Tab klavishasi bilan kusorni bir yacheyka o’nga o’tkazish mumkin.
Shift+tab kursorni bir yacheyka oldinga o’tkazadi.
CTRL+Home bilan kursorni jadval boshiga keltirish.
CTRL+End korsorni jadval oxiriga keltiradi.
ALT+Home kursor turgan qatorning birinchi yacheykasiga keltirish.
ALT+End kursor turgan qatorning oxirigi yachekasiga keltirish.
Alt+PageUp kursorni bir yacheyka yuqoriga o’tkazish.
Dostları ilə paylaş: |