: O‘z a’moli, shaklu-shamoyili, mazmun-mundarijasi bilan beg‘ubor bolalikni jumboqlar olamiga o‘xshatish mumkin. Xo‘rozlarning nima uchun tonggacha qichqirishi-yu, ayrim qushlarning qishda issiq o‘lkalarga uchib ketishidan tortib Vatan tuprog‘ining sajdagoh kabi muqaddasligi-yu ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi ziddiyatning abadul-abad davom etishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolar bu sehrli dunyoning doimiy sir-sinoatidir.

Xudoyberdi To‘xtaboyev Farg‘ona viloyatining Katta Tag‘ob kishlog‘ida 1932 yil 17 dekabrda tug‘ilgan. Otasidan juda erta yetim qolgan Xudoyberdi bobosi erkaboy va buvisi Robiyabibining qo‘lida tarbiya topdi.

1958 yilda badiiy ijodga kirib kelgan ijodkorning qisqa vaqt orasida “Shoshqaloq”, “Yosh gvardiya”, “Sir ochildi”, “Sehrli qalpoqcha” nomli kitoblari nashr yuzini ko‘rdi.
O‘tgan yillar davomida adibning “Omonboy va Davronboy”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Yillar va yo‘llar”, “Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida”, “Jannati odamlar” kabi romanlari dunyoga keldi.
Sevikli bolalar yozuvchisi 1982 yilda “O‘zbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi”, 1991 yilda “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” kabi unvonlar bilan taqdirlangan.
Asarlari rus, ingliz, nemis tillariga tarjima kilinib chet davlatlarda chop etilgan.
Kichkintoylarni ana shu sir-sinoat bilan chuqur tanishtirish va katta hayotga yo‘llashda tarbiyaviy adabiyot sanalmish bolalar adabiyoti zimmasiga benihoya zalvorli mas’uliyat yuklangan.