Yillarda O'zbekiston Reja: O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. O'zbekiston ssr tuzilishi



Yüklə 42,9 Kb.
səhifə1/6
tarix10.04.2023
ölçüsü42,9 Kb.
#95479
  1   2   3   4   5   6
1921-1924 yillarda O\'zbekiston




1921-1924 yillarda O'zbekiston
Reja:
1.O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi.
O'zbekiston SSR tuzilishi.
2.Sovet hukumatining O’rta Osiyoda o’tkazgan islohotlari.
3.Turkiston ASSR davrida O’rta Osiyo.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Milliy siyosat. Bolsheviklar partiyasi bosh bo'Igan Sovet hoki-miyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar harakatini daf yetishga muvaffaq bo'lgach, endilikda bu hududda iizoqqa mo'ljallangan o'z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko'zlab, u XX asrning 20— yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos "orani buz, hokimlik qil" qabilidagi o'z milliy siyosatini hayotga izchil tatbiq etish yo'Iini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chonzmning ko'p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug' daviatchilik siyosatidan mohiyat e'tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o'zgargan edi, xolos.
Gap shundaki, chorizm hukmronligi davrida chekka o'lka xalqlari ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, ashy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet mutasaddilari esa o'zjarinins niqoblangan soxta ishlari, yolg'on-yashiq va'dalari bilan mazlum miliai kbhilarini o'z hukmlariga bo'ysundirishga intildilar.
Turkiston xalqlari o'z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920— yil yanvarida bo'lib o'tgan Turkiston Kompartiyasining V o'lka konferensiyasida Turkiston ASSR M IQ raisi T. Risqulov so'zga chiqib "Yagona Turkiston g'oyasi"ni ilgari surdi, asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston ASSRni Turk Respublikasi, Turkiston Komparliyasini Turk kompartiyasi, deb o'zgartirishni taklif qildi. Bu takliflar konferensiyada, shuningdek, o'lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo'mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo'ldi, T.Risqulov takliflari millatchilik, og'machilik ruhidagi qarashlar deb baholandi.
T.Risqulov, N.Xo'jayev va boshqalar tarkibida tuzilgan deicgatsiya Moskvaga borib, Sovet hukumati oldiga Turkkomissiyani tugatish, Turkistonga o'z qurolli kuchlariga ega bo'lish huquqini berish, Sharq mamlakatlari bilan aloqa o'rnatishda Turkiston hukumatiga mustaqiHik berish kabi talablarni qo'ydilar. Shu boisdan, "Turkiston masalasi" bir necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosining 1920— yil mart-iyun oylaridagi majlislarida muhokama qilindi. Oqibatda natija shunday bo'ldiki, mazlum xalqlar "dohiysi" va "najotkori" Lenin, bu masalani 1920— yil 29-iyulida ko'rfb chiqqan RKP(b) Markazqo'mi Siyosiy byurosi, turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiiy baho bermadi. Buning aksicha, Sovet hukumati va partiya rahbariyati o'lkadagi vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda "RKP(b)ning Turkis-tondagi asosiy vazifalari to'g'risida" degan nom ostida bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, o'lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga qaratilgan "Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to'g'risida" maxsus qaror qabul qilindi. Unda Turkistonda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo'mitasining doimiy vakolatxonasi bo'lishi zarur deb ko'rsatildi. Unda shuningdek, federal hukumat bilan Turkistonda mahalliy davlat hokimiyati orgaiilarinirig vazifalari doirasi aniq-ravshan belgilab qo'yiidi. Shunday qilib, o'lka xalqlarining o'z taqdirini o'zi belgilash, o'z milliy davlatchiligini o'z xohishlaricha, huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham topdi.


Yüklə 42,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin