Xiv -mavzu. Raqobat va yakka hokimlik reja



Yüklə 89,13 Kb.
səhifə1/4
tarix22.09.2023
ölçüsü89,13 Kb.
#146681
  1   2   3   4
jjj


XIV -MAVZU. RAQOBAT VA YAKKA HOKIMLIK
REJA:


  1. Raqobatlashmagan bozorlar va ularning xususiyatlari

  2. Sof monopoliya va bozor hokimiyati

  3. Monopol sharoitda narx belgilash va monopol hokimiyat ko'rsatkichi

  4. Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi

  5. Monopol narxga soliqlarning ta'siri

  1. Raqobatlashmagan bozorlar va ularning xususiyatlari

Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko'p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o'rnini bosadigan tovar bo'lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo'lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo'lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo'lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi (14.1-jadval).
14.1-jadval
Raqobat muhitiga ko'ra bozorlarning xususiyatlari

Mezonlar

Sof Raqobatli bozor

Nomukammal raqobatli bozor turlari

Monopo- listik raqobatli

Oligopo- liya

Sof mono- poliya

Bozordagi firmalar soni

juda ko'p

ko'p

kam

yagona

Raqobat turi

narx orqali

narxsiz

kelishuv

yoq

Tarmoqqa kirish yoki chiqishga to'siqlar

yoq

kuchsiz

odatda bor

bor

Mahsulotni tabaqalanishi

yo'q, bir xil

bor

mumkin

yo'q (bitta mahsulot)

Mahsulotga talab elastikligi

eng yuqori

o'rtacha

kichik

eng kichik

Iqtisodiy foyda olish imkoniyati

uzoq muddatli oraliqda iqtisodiy foyda yo'q

firmalar doimo iqtisodiy foyda oladi

Narx va chekli xarajat nisbati

narx chekli xarajatga teng (P=MC)

narx chekli xarajatdan katta (P > MC)

Misol

qishloq xo'jaligi bozori

restoranlar, dorixonalar

mineral o'g'itlar bozori

O'zbekiston temir y o' llari


Oligopoliya - bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qiladi.
Monopol raqobat bozori to'liq raqobatlashmagan bo'lib, unda qatnashadigan firmalar soni ko'p bo'lib, ularning har biri o'z tovarlari narxini ma'lum chegarada nazorat qiladi, ya'ni ular kichik bo'lsa ham monopol hokimiyatga ega.
Monopsoniya - xaridor bitta bo'lib, sotuvchilar ko'p bo'lgan bozor.
Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo'ladi. Agar tarmoqda faqat ikkita firma faoliyat ko'rsatsa, bunday oligopolik xususiy holga duopoliya deyiladi. Agar biz bozor taklifi va talabining har xil shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak, bozor tizimlari soni yanada ko'payadi.

  1. Sof monopoliya va bozor hokimiyati

Raqobatlashgan bozorda juda ko'p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta'sir qilaolmaydi, narxni bozorning o'zi talab va taklifga ko'ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko'ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo'yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo'lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko'plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo'q.
Sof monopoliya mahsulot o'rnini bosadigan boshqa mahsulot bo'lmagan hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof monopoliya ko'proq mahalliy bozorlarga xos bo'ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini, yagona telefon stantsiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo'lmasa mahalliy kommunal xo'jaligi xizmati. Yuqorida keltirilgan sub'ektlar bozor sharoitida narxga 240
ta'sir qilish uchun real hokimiyatga ega.
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta'sir qiluvchi yana bir omil bu - tarmoqqa kirish to'siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni sotishdan tushadigan iqtisodiy foyda yuqori bo'lsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa firmalarni ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo'lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi bo'lgan firmalar uchun maxsus to'siqlar bo'lishini taqazo qiladi. Tarmoqqa kirish to'siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to'xtatuvchi cheklanishlar.
Tarmoqqa kirish to'siqlaridan quyidagilarni ko'rsatish mumkin.

  1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko'rsatish, pochta xizmati ko'rsatish, kommunal xizmati ko'rsatish va aloqa xizmati ko'rsatish bo'yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to'siqlar yaratadi.

  2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma'lum muddatgacha kuchga ega bo'ladi. AQSH da patent qonuniga ko'ra ixtirochi o'z ixtirosiga 17 yil egalik qiladi.

  3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi.

Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish uchun to'siq bo'lishi mumkin. Masalan, avtomobil' zavodi ma'lum miqdorda avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal bo'ladi.

Yüklə 89,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin