Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti



Yüklə 1,92 Mb.
tarix12.06.2022
ölçüsü1,92 Mb.
#61296
ijtimoiy iqtisodiy

Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Ijtimoiy hayotning o'ziga xos xususiyati


Xiva xonligining ijtimoiy hayotida Buxoro xonligidagidek sokinlik hukm surardi. Bu sokinlikning sababi-xonlikning jahon taraqqiyotidan deyarli uzilib qolganligida edi.

Xonlik aholisi


XIX asrning 20-yillari boshlaridagi ma'lumotlarga ko'ra Xiva aholisining soni 300 ming kishini tashkil etgan.
Bu raqam qat'iy bo'lmasdan xonlik hududining kengaya borishi bilan xonlik fuqaroligini qabul qilganlarning soni ko'payib borgan.

Xonlik poytaxti Xiva shahrida 4 ming aholi yashagan. Aholining katta qismi o'zbeklardan iborat bo'lgan.


Undan keyingi o'rinlarni turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan.
O'zbeklar, asosan, qo'ng'irot, nayman, qiyot, uyg'ur, nukuz, qang'li, xitoy, qipchoq kabi qabilalariga mansub bo'lgan.

Ularning har biri, asosan, o'zlariga ajratilgan yerlarda joylashgan. Har biri alohida-alohida kanalga ega bo'lishgan. Har bir qabila o'zlariga qarashli sug'orish inshootlari tiklash va ta'mirlash ishlarida qatnashgan. Har bir qabilaning kanali ham shu qabila nomi bilan atalgan.

Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi


Xonlik mutlaq monarxiya bo'lib, oliy hukmdor-xon davlat boshlig'i edi. Ma'muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo'shko'pir, G'azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko'hna Urganch, Xo'jayli, Chumanoy va Qo'ng'irot) va 2 ta noiblikka (Beshariq va Qiyot-Qo'ng'irot), shuningdek, xonning bevosita o'ziga bo'ysundirilgan tumanlarga bo'lingan edi.

Davlat boshlig'i-xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o'tgan, Xondan keyingi o'rinda dastlabki asrlarda inoq turgan. XIX asrning birinchi yarmidan boshlab esa inoqning mavqeyi pasaya borgan.

Muhammad Rahimxon I davrida nufuzli amaldorlardan iborat Devon tuziladi.


U xonning birinchi yordamchisiga aylandi. Xonning barcha yorliq va farmonlari uning qo'lidan o'tgan.
Devon davlat hayotiga oid masalalarni hal etgan. Devonda xondan keyingi o'rinda qo'shbegi turadigan bo'ldi.
Muhammad Rahimxon I

Xonga sadoqat bilan xizmat qilganlarning lavozimlari ba'zan o'g'illariga meros qilib berilgan. Viloyatlarni beklar, noibliklarni xon tayinlagan noiblar boshqargan. Ular, asosan, moliya va mirshablik vazifalarini bajarganlar.

Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o'zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan. Ularning lavozimlari nasldan naslga meros bo'lib o'tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart bo'lgan.

Yer egaligi


Egalik shakliga ko'ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo'lingan.
Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug'oriladigan (axya) va sug'orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi.
1. Davlat yerlari (podshohi).
2. Xususiy mulk (xususiy yerlar).
3. Vaqf yerlari.

Soliq va majburiyatlar


Ko'rinib turibdiki, mehnatkash xalq 18 ta soliq va boshqa to'lovlar to'lagan. Hunarmandlar, tashqi savdo bilan shug'ullanuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to'lashgan.

Mehnatkash xalq 18 ta soliq va boshqa to'lovlar to'lagan.


Hunarmandlar, tashqi savdo bilan shug'ullanuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to'lashgan.
Bundan tashqari, mehnatkash xalq tinkasini qurituvchi quyidagi bir qancha majburiyatlarni ham o'taganlar:

Bundan tashqari, mehnatkash xalq tinkasini qurituvchi quyidagi bir qancha majburiyatlarni ham o'taganlar:

4. Hachi-himoya dambalari qurish va ularni mustahkamlashda qatnashish majburiyati.


1. Begar-rasman 12 kunlik davlat majburiyati; unga ko'ra, qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odamlarni to'plashardi. Ular har yili turli qurilish ishlarida, kanal qazishda, yo'llarni tuzatishda, xon saroylari qurilishida ishlar edilar.
Begarning muddati 12 kun deb belgilangan bo'lsa-da, aslida u bir oy, undan ko'proqqa ham cho'zilar edi.
2. Qazu-butun qishloq aholisini katta va kichik kanallarni tozalashga safarbar etish majburiyati.
3. Ichki va obxo'ra qazu har yili kanallarning suv taqsimlagichini tozalash majburiyati.
5. Otlanuv-xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish.
Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin