Otasi vafotidan so‘ng Andijon taxtiga Bobur o‘tiradi. 12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so‘ng Boboquli Boboalibek, Qosim Qavchin kabi beklar yordamida hokimiyatni idora qilishga kirishadi. U taxt uchun tinimsiz kurashib, 1497, 1500 yillarda Samarqandni, 1502 - 1503 yillarda O’sh va uning atroflarini egallab oladi, ammo Ahmad Tanbaldan yengiladi.
Bobur (arabcha, «sher») 1483 yil 14 fevradda Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx 1494 yil 9 iyunda Axsi qo‘rg‘onida jardan kabutarxonasi bilan qulab, halok bo‘ladi
Bobur ijodi.
Bobur 16-17 yoshidan boshlab badiiy ijod bilan shug‘ullanadi, o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozadi. U o‘zbekcha she’rlarini to‘plab 1519 yilda Qobulda («Qobul devoni»), 1528 - 29 yilda Hindistonda («Hind devoni») devonlar tuzgan. Bizgacha yetib kelgan she’rlarining umumiy soni 400 dan oshadi. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiydir. Bobur lirikasining asosiy janrlari g‘azal, ruboiy va tuyuq bo‘lib, shoir qit’a, fard kabi janrlarda ham ijod qilgan.
Shoir she’rlarida Vatan ishqi mavzusi yetakchilik qiladi. Z. M. Bobur 20 yoshida «Xatti Boburiy» yozuvini kashf etgan, Xo‘ja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo‘l bilan tarjima qilgan.