Xodimlarni boshqarish uslublari. Reja



Yüklə 14,94 Kb.
tarix03.10.2023
ölçüsü14,94 Kb.
#151760
Xodimlarni boshqarish uslublari sem


Xodimlarni boshqarish uslublari.
Reja:

  1. Xodimlarni boshqarishdagi madaniyat

  2. Xodimlarni boshqarish me’yorlari.

“Madaniyat” tushunchasi rivojlanishi darajasining umumlashtiruvchi ko`rsatkichi bo`lib, bir qancha ma`noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati xaqida so`z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma`naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo`linadi. SHu sababli, moddiy va ma`naviy madaniyat farq qilinadi.


Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bo`ysundirish darajasi ko`rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari kiradi. Ma`naviy madaniyatga fan, aholi ma`lumot darajasi, tibbiyot xizmati darajasi, san`at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma`naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. SHunday qilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, ham ma`naviy xayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bo`lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi. Insoniyat madaniyati o`suvchan, o`zgaruvchan, chunki xozirgi avlod avvalni avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin.
O`zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib, uni saqlash, rivojlantirish ko`p millatli respublikaning yuqori ma`lumotli insonlari -fan, adabiyot, san`at arboblari vazifasidir.Inson xayoti faoliyatining muhim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan jamlangan madaniy boylikka ega bo`lishi, shu jumladan boshqaruv madaniyatini egallashdir.
Menejment madjaniyati juda muhimdir. Insoniyat o`z rivojlanish jarayonida juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog`liqdir. chunki, menejment yo`llari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho berish yo`li bilan, ularning eng yaxshilari jaxon tajribasida qo`lanishi uchun ajratib olindi.
Menejment madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo`lish bilan birga qator o`ziga xos xususiyatlarga ham ega. Madaniyatga ega bo`lish menejer uchun faqat zarur emas, balki shartdir, chunki har bir tashkilotning har bir bo`linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo`lishlari kerak.
Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejerlar madaniyatini, menejmentjarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko`rsatkichlar bo`yicha baholanadi. menejment madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman meyorlarga, jumladan, axloqiy, xuquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik meyorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Axloqiy meyorlar insonning axloq va odob sohasidagi xulqini tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to`g`ri tushunish, kishi o`rtasida insoniy munosabat va o`zaro xurmat, vijdonlilik, xaqiqatgo`ylik, kamtarlik va x.k.lar kiradi. Boshqaruv jaaryonida axloqiy meyorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan dalolat beradi.
Menejmentda xuquqiy meyorlar davlat-xuquqiy va tashkiliy-xuquqiy meyoriy xujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga davlat korxonasi to`g`risida qonun, tadbirkorlik xaqida, mulk to`g`risida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar xar bir korxonaning o`ziga xos xususiyatlarini xisobga ololmaydi. SHu sababli, har bir korxona, qonunga asoslangan xolda, korxonada ishlab chiqarishning o`ziga xos xususiyatlarini xisobga oluvchi meyoriy qoidalar o`rnatiladi. Iqtisodiy me`yorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim bo`lgan iqtisodiy ko`rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya-kredit meyorlari, ssudalar olish tartibi, amortizatsiya meyorlari, mahsulotning xisoblangan bahosi, foyda meyori, rentabellik meyori, fondlar uchun to`lovlar, byudjetga to`lovlar, iqtisodiy rag`batlantirish meyorlari kiradi. Tashkiliy meyorlar tashkilot tarkibini, alohida bo`linma va shaxslar faoliyati tarkibi va tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni qayta ishlash va foydalanish jarayonini belgilaydi.
Texnikaviy meyorlar korxonaning va uning bo`linmalarining boshqaruv uchun zarur uskuna, texnika va transport vositalari, asboblar bilan qurollanganlik darajasini bildiradi.
Estetik talablar va meyorlar ham boshqaruv jarayonida qo`llaniladigan texnika vositalari va uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o`rab turuvchi tashqi muhit uchun belgilanadi.
Boshqaruv xodimlari madaniyatini ta`minlashning asosiy yo`llari - boshqaruv ilmini chuqur egallash, umumiy madaniy darajasi va malakasini muntazam oshirib borish, o`z faoliyati natijalarini taxlil etish va tushunish, ijobiy shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdan iborat.
Yüklə 14,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin