O‘g‘itlar meyorini belgilash
Reja:
O‘g‘it meyori va dozasi. Mineral o‘g‘itlarning maqbul, oqilona va eng yuqori meyorlari haqida tushuncha.
O‘g‘it meyorini dala tajribalarining natijalari va agrokimyoviy xaritanoma ma’lumotlari asosida belgilash.
O‘g‘itlar meyorini balans usulida aniqlash.
Mineral o‘g‘itlar meyorini belgilashning uyg‘unlashtirilgan usuli.
Mavzuni o‘rganishda foydalaniladigan
tayanch iboralar.
O‘g‘it meyori va dozasi; mineral o‘g‘itlarining maqbul, oqilona va eng yuqori meyorlari qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itmeyorlarini aniqlash yo‘llari; o‘g‘itmeyorlarini belgilashda dala tajribalari va agrokimyoviy tekshi-rishlarning natijalaridan foydalanish; mineral o‘g‘itmeyorlarini hisoblash usuli-ma’lum birlikdagi hosil bilan oziq moddalarni o‘zlashtirilib ketishi, oziq elementlarini tuproqva o‘g‘itlar tarkibidan o‘zlash-tirilishi, ekin turi, go‘ng tarkibidan oziq elementlarini o‘zlashtirilishi; hisoblash yo‘li bilan o‘g‘itlar meyorini aniqlashning elementar, balans, normativ balans va qo‘shimcha hosilni hisobga olish usullar; rejalashtirilgan hosil, tuproqning oziq elementlari bilan ta’minlanganligi, bonitirovka balli, o‘tmishdosh ekin; mineral o‘g‘itmeyorlarini aniqlashning kompleks usuli va boshqa ko‘rsatkichlar.
1. Almashlab ekishda o‘g‘itlash tizimini ishlab chiqishda eng muhim va murakkab masalalardan biri o‘g‘itlash meyorini belgilashdir.
Respublikamizda yetishtiriladigan ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun qishloq xo‘jaligiga ko‘p miqdorda mineral va mahalliy o‘g‘itlar yetkazib berilmoqda. O‘g‘it meyorlarini to‘g‘ri belgilash agrokimyo va o‘g‘it qo‘llash tizmi fani va amaliyotining asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda.
O‘g‘itlarni qo‘llash tizimini tuzishda har bir ekin turi bo‘yicha o‘g‘itlar meyorini aniqlash juda muhimdir. O‘g‘itlar meyorini aniqlashda o‘simlik-tuproq-o‘g‘itlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilish zarur. Bu bog‘lanish qanchalik aniq bo‘lsa, ekinlardan olinadigan hosildorlik va har bir kilogramm o‘g‘ithisobiga yetishtiriladigan qo‘shimcha mahsulot miqdori ham aniqlaniladi. Har xil turdagi ekinlar uchun o‘g‘itmeyorini belgilashda mahalliy qishloq xo‘jaligi va ilmiy muassasalarning tavsiyalaridan yoki ma’lumotnoma adabiyot-larida ko‘rsatilgan miqdorlardan foydalanish mumkin.
Ilmiy tekshirish institutlarining ma’lumotiga ko‘ra mineral o‘g‘itlar meyoriga mos ravishda qo‘shimcha hosil shakllanadi. Meneral o‘g‘itning hosilga hissasi g‘alla ekinlariga 11,0-37,9 %, kartoshkada 18,5-26,8 %, qand lavlagidan 17,5-26,0 %, paxtada 22,8-51,8%, zig‘irda 20,4-25,0% ni tashkil etadi. Qo‘shimcha hosildagi NPK hissasi ham turlicha bo‘ladi. Iqlim sharoitiga qarab NRK ning hosildagi hissasi o‘zgarib turadi.
Dostları ilə paylaş: |