XODIMLARNI RAG’BATLANTIRISH
Reja:
1. Korxona faoliyatida xodimlarni rag’batlantirishning mazmun, mohiyati
2. Rag’bat turlari
3. Rag’batlarni sinflashuvi
Korxona faoliyatida xodimlarni rag’batlantirishning mazmun, mohiyati
Zamonaviy menejmentda inson - boshqaruvning bosh subyektidir.
Ushbu
yondashuvga muvofiq inson korxona uchun emas,
balki korxona inson uchun
zarurdir. Inson qobiliyati uning jismoniy va bilim imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Bu imkoniyatlar bilan birga mehnat sharoiti hamda ishlashga tayyorgarlik ham
samaradorlikni ta’minlaydi. Ishlashga tayyorlik esa shaxsning
ishga qiziqishi va
undan qanoatlanishi, ehtiyojlari, mehnat natijalariga muvofiq rag’batlantirilishi
bilan belgilanadi. Ishga qiziqishni tahlil etishda qiziqtirish omillari - ehtiyoj, qiziqish
sabablari (motivlari) va rag’batiga alohida e’tibor
qaratish lozim
Korxona maqsadiga erishish - ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikni
ta’minlash personal o’z xizmat
vazifasini sidqidildan, tashabbuskorlik ko’rsatib
bajarishiga bog’liq. Buning uchun xodimlarni o’z ishlariga chinakamiga qiziqtirish
kerak. Qiziqtirish (motiv) - “motiv” fransuzcha atama hisoblanib, lotincha “moveo”
(“ harakat qildiraman”) so’zidan olingan. Bu insonni muayyan faoliyatga undovchi
ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir. Qiziqish insonga uning ehtiyojlarini
qondirish uchun nima qilish va buni qanday qilish kerakligini belgilaydi. Rag’bat -
insonga uning mehnat faoliyati natijalarini munosib ko’rish sifatida taklif etiladi.
«Rag’bat – bu tashkilot maqsadlariga erishishning umumiy rejasiga binoan korxona
xodimlarida ularga topshirilgan vazifalarga muvofiq holda harakat qilishga intilish
yaratishdir».
Rag’bat turlari.
Rag’batlantirish chora -
tadbirlari muayyan shaxslar
ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi darkor. Xodimning ishga
qiziqishini tegishli rag’batlantirish usuli orqali o’zgartirish mumkin.
Rahbarlar
uchun bu rag’batlantirishlar bir xil shaklda emas,
balki xodimlarning shaxsiy
ehtiyojlariga muvofiq ishlatilishi kerak, degan ma’noni anglatadi.
Mehnatni
rag’batlantirish - oldindan belgilab qo’yilgan natijalarga erishish imkonini beradigan
jo’shqin mehnat faoliyati xodimning muhim ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, unda
mehnatga qiziqish (motiv)ni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni
ko’zda tutadi. Mehnatga qiziqtirish va rag’batlantirish tizimi muayyan asos —
mehnat faoliyatining me’yoriy darajasiga tayanishi kerak. Xodimning mehnat
munosabatlariga jalb etilishining o’zi uning oldindan kelishilgan, muayyan ish haqi
hisobiga muayyan vazifalarni bajarishini nazarda tutadi.
Mehnatni rag’batlantirishning bir necha funksiyalari mavjud: