Axloqiy funksiya:
U mehnatni rag’batlantirish, faol hayotiy pozitsiyani,
jamiyatda sog’lom axloqiy-ijtimoiy muhitni shakllantiradi. Bunda rag’batlantirish
tizimini an’analar va tarixiy tajribani hisobga olgan holda shakllantirish katta
ahamiyatga ega.
Ijtimoiy funksiya.
U jamiyatning ijtimoiy tizimini
daromadlarning turli
darajasini hisobga olgan holda shakllantirish bilan ta’minlanadi. Ushbu daromadlar
esa rag’batlantirish omillarining turli insonlarga ta’siriga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Umuman olganda ehtiyojlarni shakllantirish pirovard darajada shaxsni rivojlantirish,
jamiyatda mehnatni tashkil etish va rag’batlantirishga bog’liqligi yaxshi ma’lum.
Ragbatlarning sinflashuvi.
Inson oldida turgan vaziyatga duch kelar ekan
uni hal etish uchun o’zini-o’zi qiziqtirishi mumkin. Bu insonning o’zida uning
irodasi bilan paydo bo’ladi. Ana shu qiziqish
muvaffaqiyatga erishishga, ishni
oxiriga
yetkazishga, bilimni egallashga, manfaatga intilish va hokazolar bo’lishi
mumkin. Shu bilan birga qiziqishni tashqi muhit, jumladan bevosita rahbar
rag’batlar orqali uyg’otishi mumkin. Xodimni rag’batlar orqali vazifani hal etishga
undash –ekstravert qiziqtirish deb nomlanadi.
Korxonada ishga qiziqtirish
jarayonlari, masalan mukofotlash, farmoyish chiqarish, ijtimoiy e’tirof etish va
hokazolar qiziqtirishning xuddi shu turiga taalluqlidir. Maqsadlarni oddiy ijrochilar
uchun
tushunarli holda yetkazish, bu xodimlarda ushbu maqsadlarga erishishda
o’zlarining rolini anglab etishlari, o’z kuch-g’ayratlarini iqtisodiy va texnik
vazifasini bajarishga yo’naltirish, topshiriq bilan maqsad o’rtasidagi bog’liqlikni
anglab yetishdan iborat personalning o’z-o’zini qiziqtirishlarini ta’minlash yuqori
bo’g’in rahbariyatining birinchi darajali vazifasi, deb hisoblanadi.
Inson oldida turgan vaziyatga duch kelar ekan uni hal etish uchun o’zini- o’zi
qiziqtirishi mumkin. Bu insonning o’zida uning irodasi bilan paydo bo’ladi. Ana shu
qiziqish muvaffaqiyatga erishishga, ishni oxiriga yetkazishga, bilimni egallashga,
manfaatga intilish va hokazolar bo’lishi mumkin. Shu bilan birga qiziqishni tashqi
muhit, jumladan bevosita rahbar rag’batlar orqali uyg’otishi mumkin. Xodimni
rag’batlar orqali vazifani hal etishga undash–ekstravert qiziqtirish deb nomlanadi.
Korxonada
ishga qiziqtirish jarayonlari, masalan mukofotlash, farmoyish chiqarish,
ijtimoiy e’tirof etish va hokazolar qiziqtirishning xuddi shu turiga taalluqlidir.
Maqsadlarni oddiy ijrochilar uchun tushunarli holda yetkazish, bu xodimlarda ushbu
maqsadlarga erishishda o’zlarining rolini anglab etishlari, o’z kuch-g’ayratlarini
iqtisodiy va texnik vazifasini bajarishga yo’naltirish, topshiriq bilan maqsad
o’rtasidagi bog’liqlikni anglab yetishdan iborat personalning o’z-o’zini
qiziqtirishlarini ta’minlash yuqori bo’g’in rahbariyatining birinchi darajali vazifasi,
deb hisoblanadi.
Xodimga nisbatan quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin
tashakkurnoma e’lon qilish (faxriy yorliq);
pul mukofoti berish;
qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;
davlat mukofotlariga taqdim etish.
Quyidagi to‘lovlar rag‘batlantirish turi hisoblanmaydi
ish haqi
mukofotlar;
qo‘shimcha to‘lovlar;
ustamalar.
180-modda. Mehnat uchun rag‘batlantirish
Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari
qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik
va imtiyozlar
berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va
boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va
nizomlarda belgilab qo‘yiladi.
Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari
uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida
nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida (183-modda)
xodimga
nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.