1-mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy holati Reja



Yüklə 149,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix02.06.2023
ölçüsü149,33 Kb.
#122672
  1   2   3   4
1-mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy holati Re



1-mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy holati 
Reja: 
1.1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari. 
1.2. Menejmentning ilmiy maktablari. 
1.3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi. 
1.4. Menejmentning xorijiy modellari. 
Mavzu bo’yicha xulosa 
 
Boshqarish insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga mas’uliyatliligini 
nazorat qilish, ularning bilim va ko’nikmalarini faoliyatga ijobiy ta’sir ko’rsatishini ta’minlash, 
rag’batlantirish tashkil etishdir. Fanning predmeti xo’jalik yuritishning barcha bo’g’inlarida 
boshqaruvni tashkil etish shakllari va uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar 
majmuidan iborat. Boshqarish usullarini puxta egallagan, qo’llay biladigan rahbar nafaqat ishlab 
chiqarish faoliyatini samarali boshqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta 
ta’sir ko’rsatadi. 
Menejment fani - ob’ekt-sub’ekt munosabatlarining barcha jihatlarini boshqarishni 
egallash, shuningdek, samarali faoliyat negizida foydani yanada ko’paytirish haqidagi nazariy va 
amaliy bilimlar majmuasini o’rganadi. 
“Menejment” kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarish, menejment tizimlari va uni 
tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy mexanizmi va menejment uslublari, menejmnt texnika va 
texnologiyasining nazariy va uslubiy asoslarini o’rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv 
faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, menejment tizimiga ta’sir usullarini 
shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o’zini tutish hollarini 
umumlashtiradi, iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va maliy tomonlarini o’rgatadi. Menejment 
nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va 
mantiqiy uslub asosida, boshqaruvning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi. 
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni bozor 
munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy 
himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir. 
Uning nazariy tomonlarining asosiy vazifalari quyidagilar: 
- menejmentning nazariy asoslarini o’rganish; 
- bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning asosiy usullarini o’rganish va amaliyotga 
tadbiq etish; 
- menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egallash; 
- menejment tamoyillari, funktsiyalari haqida tushuncha berish; 
- menejment jarayonida kommunikatsiyalar va ulardan foydalanish ko’nikmalarini hosil 
qilish; 
- rahbarlik faoliyati bo’yicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati haqida bilim berish; 
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida menejment tizimini o’rganish va tahlil qilish; 
- xorijiy tajribalarni o’rganish, ularni taqqoslash asosida o’qitish, o’rgatish va b. 

Yüklə 149,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin