Xudoyberganova Nilufar



Yüklə 1,38 Mb.
tarix01.01.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#50297
nervustrigeminus

Xudoyberganova

Nilufar


Mavzu: Uch shoxli nerv(N.Trigeminus)

Reja:


1.N.Trigeminus tuzilishi

2.N. Ophtalmicus

3.N. Maxillaris

4.N. Mandibularis

Uch shoxli nerv murakkab tuzilishga ega bo'lib, uning tarkibini:

1) nerv o'zaklari;

2) sezuvchi va harakat tolalari;

3) uch shoxli nerv tuguni;

4) nerv poyasi (stvoli);

5) nervning uch shoxi (ko'z nervi; yuqori

jag‘ nervi; pastki jag‘ nervi) tashkil etadi.

Uch shoxli nerv aralash nerv bo'lib, sezuvchi

va harakat tolalaridan tashkil topadi. Nervda 3ta

sezuv va 1 ta harakat o'zaklari bo'ladi.

Sezuv o'zaklari:

1) yuqorigi sezuv o'zagi - nucleus sensorius

superior;

2) orqa miyaga yo'naluvchi o 'za k - nucleus

tractus spinalis;

3) o'rta miya sohasiga yo'naluvchi o'zak -

nucleus tractus mesencephalis.

Nervning harakat o'zagi - nucleus motorius

trigemini Voroliy ко’prigi icnida joylashadi.

Bu o'zakdan chiquvchi neyrit tutamlari uch

shoxli nervning harakat tutamlari - radix motoria ni tashkil etadi

Bosh miya so'g'onida joylashgan sezuv o'zaklaridan tashqari, uch shoxli nervning sezuvchi hujayralari bo'lib, ular nerv tuguni - gangl. trigemini ni tashkil etadi. Bu tugun chakka suyagi piramida qismining oldingi yuzasidagi chuqurcha - impressio trigeminale da, qattiq pardadan hosil topgan bo'shliq - cavum trigeminale ichida joylashadi. Bu tugun hujayralaridan markazga va periferik tarafga yo'naluvchi ikki xil tolalar ajraladi. Markazga yo'naluvchi tolalar nervning sezuv ildizi - radix sensoria ni tashkil etib, miya so'g'oni ichiga (Voroliy ko'prigi ichiga) kiradi va uch shoxli nervning bosh miya ichidagi uchta sezuv o'zaklarida yakunlanadi. Nerv tuguni hujayralarining periferik tolalari uch shoxli nerv poyasini tashkil etib, uch shoxga: ko'z, yuqori jag', pastki jag‘ nerviga ajraladi. Nervning harakatlantiruvchi tolalari pastki jag' nerviga qo'shiladi.

N.Ophtalmicus

Bu nerv sezuvchi tolalardan tashkil topib, ko'z kosasining yuqori tirqishi - fissura orbitalis

superior orqali ko'z kosasi bo'shlig'iga o'tadi va quyidagi tarmoqlarga ajraladi:

1) ko'z yoshi tarmog'i- n . lacrimalis;

2) peshona tarmog'i - n„ frontalis;

3) burun-kiprik tarmog‘i - n. nasocilliaris;

4) R. meningeus recurrens - bosh miya qattiq pardasini innervatsiyasi uchun qaytuvchi shox.

1. Ko‘z yoshi nervi - n. lacrimalis ko‘z kosasining lateral devori sohasida tarqalib, ko‘z yoshi bezi, yuqori qovoq terisini innervatsiya etadi. N.lacrimalis ning tarmog'i shox - n. maxillaris dan ajraladigan yonoq nervi - n.zygomoticus bilan qo'shiladigan shox - r. communicanc cum nervo zygamatico ni chiqaradi.

2. Peshona tarmog'i - a. frontalis ko'z kosasining yuqori devori bo'ylab yo'nalib, ikkiga ajraladi. Uning bir tarmog'i ko'z kosasining yuqori o'ymasi - incisura supraorbitalis orqali peshona sohasiga o'tib terida tarqaladi va n. supraorbitalis deyiladi. Bu nerv peshona sohasida lateral shox - r. lateralis va medial shox - r. medialis ga ajraladi.

Peshona nervining ikkinchi tarmog'i - g'altak usti nervi - n.supratrochlearis ko'z kosasining ichki burchagi sohasida tarqalib, yuqori qovoq terisini innervatsiya qiladi.

3. Burun-kiprik tarmog'i - n. nasocilliaris ko'z kosasining medial yuzasida joylashib, ko'z yoshi xaltachasi, konunktivani innervatsiya etadi.

Bu tarmoqdan quyidagi tolalar chiqadi:

a) ko'z soqqasiga - uzun kipriksimon nervlar —n. ciliares longi;

b) orqa g'alvirsimon nervlar- n.n. ethmoidales posteriores - g'alvirsimon katakchalar va asosiy suyak ichidagi havo saqlaydigan bo'shliq shilliq qavatlarini innervatsiya etadi. Bu nerv shoxchasi bosh miya qattiq pardasining innervatsiyasi uchun ajralib, r. meningeus anterior deyiladi;

d) oldingi g'alvirsimon nerv - n. ethmoidales anteriores peshona suyagi ichidagi havo saqlaydigan bo'shliq shilliq qavati, burun bo'shlig'i - rami nasales medialis et lateralis va burun terisi - rami nasaiis externus ni innervatsiya etadi;

e) burun-kiprik tarmog'i kipriksimon tugun - ganglion cilliare ni tashkil etish uchun tarmoq chiqaradi va bu tarmoq r. communicans cum ganglio ciliare deyiladi;

f) g'altak osti nervi - n. infratrochlearis pastki qovoq terisini innervatsiya etuvchi r.r. palpebrales shoxlar chiqaradi

N.Maxillaris

N. maxillaris tarkibida faqat sezuvchi tolalar bo'ladi.

Bu nerv kalla ichi bo'shlig'idan yumaloq teshik - foramen ratundum orqali chiqib, qanot tanglay chuqurchasi - fossa pterygopalatinum da quyidagi tarmoqlarga ajraladi:

1) R. meningeus - bosh miya qattiq pardasini innervatsiya etadi;

2) R.r. ganglionares ad ganglion pterygopalatinum - qanot-tanglay chuqurchasi sohasidagi ganglion pterygopalatinum tugunini hosil etishda qatnashadigan shoxlar.

3) R.r. orbitales - ko'z kosasini innervatsiya qilish uchun fissura orbitalis inferior tirqishidan ko'z kosasiga yo'naladi. G'alvirsimon suyak katakchalari, asosiy suyak ichidagi havo saqlaydigan bo'shliq shilliq qavatlarini innervatsiya qiladi.

4) R.r. nasales posteriores superiores laterales - bumn bo'shlig'ining ustki orqa lateral nervi. Burun bo'shlig'iga foramen spenopalatinum teshigi orqali o'tadi. Yuqorigi va o'rta havo yo'llari,g'alvirsimon kataklaming orqa sohasi, xoanalaming ustki yuzasini innervatsiya etadi.5) R.r. nasales posteriores superiores mediates - burun bo'shlig'ining ustki orqa medial nervi. Burun bo'shlig'iga foramen sphenopalatinum teshigi orqali o'tadi. Burun b o 'sh lig 'ining o'rta to'sig'ini innervatsiya qiladi.

6) N. nasopalatinus - burun-tanglay nervi. Bu nerv foramen spenopalatinum teshigi orqali burun bo'shlig'iga o'tadi. So'ngra foramen incisivum teshigi orqali kesuv tishlari orasida, qattiq tanglay shilliq qavatida paydo bo'ladi. Qattiq tanglayning oldingi 1/3 qismini innervatsiya etadi.

7) N. pharyngeus - halqum nervi halqumning burun qismi shilliq qavatini innervatsiya etadi.

8) N. palatinus major - katta tanglay nervi.

Tanglay kanali canalis palatinum orqali yo'nalib, og'iz bo'shlig'iga foramen palatinus major teshigi orqali chiqadi va qattiq tanglay shilliq qavatining qoziq tishlari sohasi bilan yumshoq tanglay orasidagi qismini (orqa 2/3 qismini) innervatsiya qiladi.

Kanal ichida katta tanglay nervidan burun bo'shlig'ining pastki nervlari - r.r.nasales posteriors inferiores shoxlari ajraladi. Bu tarmoqlar burunning pastki chig'anog'i sohasidagi teshiklar orqali o' tadi va pastki chig'anoq shilliq qavati, o'rta va pastki burun havo yo'llari sohasidagi shilliq qavat, yuqori jag' havo bo'shlig'i - sinus maxillaris ni innervatsiya qiladi.

9) N.palatini minores - kichik tanglay nervlari. Bu nerv tanglay kanali - canalis palatinus orqali yo'nalib, og'iz bo'shlig'ida kichik tanglay teshigi - foramen palatinus minor orqali paydo bo'ladi. Kichik tanglay nervi yumshoq tanglay shilliq qavatini innervatsiya etadi. Bu nervdan tanglay murtagiga r.r. tonsillares shoxlari ajraydi.

10) N. alveolares superiores - ustki alveolar nerv.

Bu nervdan quyidagi tarmoqlar ajraladi:

a) R.r. alveolares superiores posteriores-yuqori jag'dagi orqa alveolar shoxlar. Qanot-tanglay chuqurchasi sohasidan ajraladi. Yuqori jag' suyagi do'ngiligi (tuber maxillae) sohasidagi teshiklarforamina alveolaria posteriora orqali yo'nalib, yuqori jag'dagi katta oziq tishlar va lunj tarafidagi milkni innervatsiya qiladi;

b) R. alveolaris superior medius - yuqori jag'ning o'rta aleveolar shoxi. Bu nerv ko'z kosasiga uning ostki tirqishi - fissura orbitalis inferior orqali o'tadi.

Ko'z kosasining ostki devori bo'ylab yo'nalishi jarayonida yuqori jag' suyagining ichiga o'tadi va kichik oziq tishlami hamda shu sohaning lunj tarafidagi milkni innervatsiya etadi;

d) R.r. alveolares superiores anteriores - yuqori jag'ning oldingi alveolar shoxlari. Bu nerv ham ko'z kosasiga uning ostki tirqishi - fissura orbitalis inferior orqali o'tadi. Ko'z kosasining ostki devori bo'ylab yo'nalib, uning oldingi qirrasiga yaqin qolganda, yuqori jag' suyagining ichiga kirib ketadi va yuqori jag'ning kesuv va qoziq tishlari, shu sohadagi yuqori lablarga qaragan milklami innervatsiya etadi.

Yuqori jag' nervining orqa, o'rta va oldingi alveolar shoxlari tish ildizlari uchida o'zaro birlashib, yuqori jag' tishlari chigali - plexus dentalis superiores ni hosil qiladi. Bu chigaldan yuqori jag‘ tishlarining shoxlari - r.r. dentalis superiores va og'iz dahlizi sohasidagi yuqori jag' milkiariga shoxlar - r.r. gingivales superiores ajraladi.

11) N. zygomoticus. Yuqori jag' nervining yana bir tarmog'i - yonoq nervi - n. zygomaticus qanot-tanglay chuqurchasi sohasidan ajralib, avvalgi nerv bilan birga ko'z kosasiga pastki tirqishfissura orbitalis inferior orqali o'tadi. Ko'z kosasining tashqi devori bo'ylab yo'nalib, foramen zygomaticoorbitale teshigi orqali yonoq suyagining ichiga o'tadi. Bu suyak ichida nerv ikki tarmoqqa bo'linadi:

a) ramus zygomaticofacialis - shu nomli teshik (foramen zygomaticofaciale) orqali yonoq sohasining oldingi yuzasida paydo bo'ladi. Bu tarmoqlar lunj terisida, ko'zning tashqi burchak sohasida tarqaladi;

b) ramus zygomaticotemporalis - shu nomli teshik (foramen zygomaticotemporalis) orqali chiqib, chakka mushagini teshib o'tgan holda chakkaning oldingi terisida va peshonaning orqa sohasida tarqaladi

12) N. infraorbitalis - ko'z kosasining pastki nervi. Bu nerv ko'z kosasiga ko’z kosasining pastki tirqishi - fissura orbitalis inferior orqali o'tib, ko'z kosasining pastki devorida egat va kanal - sulcus et canaiis infraorbitalis orqali yo'nalib, ko'z kosasining ostki teshigi - foramen ifraorbitalae orqali yuz sohasiga chiqadi va quyidagi tarmoqlarga ajraladi.

a) r.r.palpebrales inferiores - pastki qovoq terisini innervatsiya etadi;

b) r.r. nasales externi - buruning tashqi yuzasini innervatsiya etadi;

d) r.r. nasales interni - burunning ichki yuzasini innervatsiya etadi;

d) r.r. labiaies superiores - yuqori lab terisini va shilliq qavatini innervatsiya etadi.

N.Mandibularis

Pastki jag' nervi - n. mandibularis uch shoxli nervning uchinchi tarmog'i bo'lib, aralash

nerv hisoblanadi. Uning tarkibida uch shoxli nerv tugunidan chiqayotgan sezuvchi tolalar va V juft nervning harakat o'zaklaridan boshlanuvchi harakat tolalari bo'ladi. Bu nerv kalladan oval teshik -foramen ovale orqali chiqadi.

Pastki jag' nervining sezuvchi tolalari:

1. Bosh miya pardalari nervi - ramus meningeus foramen spinosum teshigi orqali kalla

bo'shlig'iga qaytib kirib, miya qattiq pardasining innervatsiyasida qatnashadi.

2. Lunj nervi - n. buccalis lunj shilliq qavati va terisini innervatsiya etadi.

3. Quloq-chakka nervi - n. auriculotemporalis bo'g'im sohasidan o'tib, quloq oldi so'lak bezi

orqali yo'naladi va chakka sohasi terisida oxirgi tarmoqlarga parchalanadi. Bu nervdan quyidagi sezuvchi tarmoqlar chiqadi:

a) chakka-pastki jag' bo'g'imiga - rami articulares;

b) quloq oldi so'lak beziga - rami parotoidei;

d) tashqi eshituv yo'li terisi va nog'ora bo'shlig'i shilliq qavatiga - n.meatus acustici externi;

e) quloq oldi tarmoqlari - n.n. auriculares anteriores quloq terisini innervatsiya etadi;

f) quloq tuguni - ganglion oticum ni hosil etishda qatnashadigan tarmoqlar - r.r. ganglionares

ad ganglion oticum;

g) R.r. membranae tympani - nog'ora pardani innervatsiya etadi;

h) R.r. communicantes cum nervo faciale - yuz nervi bilan qo'shiluvchi shoxlar;

i) R.r, temporales superficiales - chakkaning yuza shoxlari; chakka terisida tarqaladi.

4. Tilning sezuvchi nervi - n. lingualis quyidagi tarmoqlarga bo'linadi:

a) til uchi va tanasida tarqaladigan sezgi tarmoqlari - rami Iinguales;

b) og'iz bo'shlig'ining halqumga o'tish sohasini (bo'g'iz sohasi) innervatsiya etuvchi tarmoqlar - rami isthmi faucium;

d) til osti sohasining sezuv tolalari - n. sublingualis

R.r. communicantes cum nervo hypoglosso - til osti nervi bilan qo‘shiluvchi shoxlar;

f) Chorda tympani - nog'ora tori nervi til so'rg'ichlarini innervatsiya etadi;

g) R.r. ganglionares ad ganglion submandibulare - jag' osti tuguni uchun shoxlar;

h) R.r. ganglionares ad ganglion sublinguale - til osti tuguni uchun shoxlar.

5. Pastki alveolar nervlar - n. alveolaris inferior pastki jag'dagi kanal - canaiis mandibularis ichidan yo'nalib, bu nervdan quyidagi tarmoqlar ajraladi:

a) n. mylohyoideus - harakatlantiruvchi nerv bo'lib, m. mylohyoideus va m. digastricus ning oldingi qorinchasini innervatsiya etadi.

b) plexus dentalis inferior - pastki jag' kanalining ichida tish ildizlari sohasida chigal hosil bo'lib, bu chigaldan tish ildizlariga r.r. dentales inferiores va pastki jag' milkiga r.r. gingivales inferiores shoxlari ajraladi.

6. N. mentalis - engak nervi. Bu nerv pastki jag'dagi kanal - canaiis mandibularis ichidan yo'nalib, engak sohasidagi teshik - foramen mentale dan chiqadi va quyidagi shoxchalarga bo'linadi.

a) r.r. mentales - engak sohasidagi terini innervatsiya etadi;

b) r.r. labiales - pastki lab terisini innervatsiya etadi;

d) r.r. gingivales - kesuv va qoziq tishlar sohasidagi milklami innervatsiya etadi.

Pastki jag' nervining harakat tarmoqlari:

1. Chaynov nervi n. massetericus - incisura mandibulae o'ymasi orqali o'tib, m. masseter mushagini innervatsiya etadi.

2. Chakkaning chuqur nervi - n. n. temporales profundi chakka mushagi - m. temporales innervatsiya etadi.

3. Yon qanotsimon nerv - n. pterygoideus lateralis shu nomli chaynov mushagini innervatsiya qiladi.

4. Ichki qanotsimon nerv—n. pterygoideus medialis shu nomli chaynov mushagini innervatsiya qilib, yumshoq tanglayni taranglovchi mushagiga tarmoq chiqaradi.

5. Jag'-til osti nervi - n. mylohyoideus - m. mylohyoideus va m. digastricus (oldingi qorinchasini) mushaklarini innervatsiya qiladi.6. N. musculi tensoris veli palatini - yumshoq

tanglayni taranglaydigan mushakni innervatsiya qiladi.

7. N. musculi tensoris tympani - nog‘ora pardani



taranglovchi mushakni innervatsiya qiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin