Mavzu: Korxona kapitalning shakllanishining moloyaviy manbalari. Reja: Kirish 1.Kapital va uning tarkibi haqida tushuncha
2. O'zbekistondagi korxonalar kapitali tuzilishining joriy holati
3.Kompaniya kapitalini oshirish yo'llari va xorij tajribasi.
Xulosa Adabiyotlar ro’yxati
1.Kapital va uning tarkibi haqida tushuncha Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish,
iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh qilishning beshta tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta ro’l ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan 500 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo’lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi.O’zbekistonda
ko’plab kichik, va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og’ir sanoatdan yengil sanoatgacha, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. korxonaning belgilari, funktsiyalari va
vazifalarini ko’rib chiqamiz. Zamonaviy korxona-mustaqil xo’jalik yurituvchi
subyekt bo’lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari o’ziga
tegishli bo’ladi. Shu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko’ra, davlat va
nodavlat; tarmoq belgilariga ko’ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yengil sanoat, savdo; ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko’ra, yirik, mikrofirma va kichik; faoliyat yuritish muddatiga ko’ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo’linadi.Biroq ushbu belgilardan qat’iy nazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi organi va bu organning nomi, Nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo’linmalar ro’yxati, hisobot tartibi ko’rsatilgan bo’ladi. Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy funktsiyalari belgilangan bo’lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondlar, pul mablag’lari va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg’armasiga tayanadi. Nizom jamg’armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi.
Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg’armasi ko’paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg’armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi. Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar оchib bеradi.
Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik fоaliyatini tashkil qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda.
Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan chiqarildi va turli mulkchilik shaklida fоaliyat yuritayotgan kоrхоnalarga aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish, tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi. Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning, shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib, moliyaviy xo'jalik faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo'lgan ob'ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob'ektlaridan biri usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko'rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog'liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog'ozlar, daromad (foyda), dividend to'lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda buxgalteriya hisobining o'ziga xos bo'lgan hisob ob'yektlardir.
Ushbu ob'yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo'lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR
Bu tenglikdan ko'rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo'jalik yurituvchi
sub'yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 15
yanvaridagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-
shaklida xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko'rsatilgan:
ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda,
xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar .
2. O'zbekistondagi korxonalar kapitali tuzilishining joriy holati Ma'suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi
hammaning roziligi bilan hissa qo’shuvchilarning ko'payishi yoki kamayishi
bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o'z hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan
keyin bir yil davomida to’lashi lozim.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxona,tashkilot va jamiyatlarda rezerv
kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan
kam bo'lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o'tkazish
yo'li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi.
Rezerv kapitali korxona ko'rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun
dividend to'lash, aksiyadorlar talabiga ko'ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun
ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli
aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq
foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo'ljallangan.
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda
solig'i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo'li bilan yoki
o'tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo'yicha hisobda aks
ettiriladi.
Qo’shilgаn kаpitаl - аksiyalаrni nоminаl qiymаtidаn yuqоri bo’lgаn
nаrхlаr bo’yicha birinchi bоr sоtilishidа vujudgа kеlgаn emissiya dаrоmаdi
vа Ustav kаpitаlini shаkllаntirishdаgi kurs fаrqlаrini hisоbgа оlish uchun
mo’ljаllаngаn. Sоtib оlingаn хususiy aksiyalаrni jаmiyat o’z bаlаnsidа ushlаb turishi
yoki ulаrni jаmg’аrmа bоzоridа qаytаdаn sоtishi mumkin. Aksiya egаlаri
qаrоri bilаn ustav kаpitаli sоtib оlingаn хususiy aksiyalаr summasigа
kаmаytirilishi, aksiyalаrning o’zi esа bеkоr qilinishi mumkin. Lеkin,
O’zbekiston Respublikasining "Aksiyadоrlik jаmiyatlаri vа aksiyadоrlаr huquqini
himоya qilish to’g’risidа"gi Qоnunigа muvоfiq bundаy aksiyalаr hisоbdа
bir yildаn оrtiq bo’lgаn muddаtdа ushlаb turilishi mumkin emаs.
Taqsimlanmagan foyda – foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektning barcha yillar bo’yicha faoliyati va
hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasi bir –
biridan farq qiladi.
Foydani taqsimlash to’g’risidagi qarorni xo’jalik yurituvchi sub’yektning mulkdorlari (aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, MCHJishtirokshilarining yig’ilishi, xususiy korxona egasining qarori) qabul qiladi.
Taqsimlanmagan foyda quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
Ustav kapitalini ko’paytirishga;
Rezerv kapitalini yaratish va to’ldirishga;
Aksionerlarga dividend to’lashga;
Zararlarni qoplashga;
Mulkdorlarning qarori bo’yicha boshqa maqsadlarga.
Aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanishi lozim bo'lgan majburiy to'lovlar va
barcha soliqlar to'langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi
dividend hisoblanadi.
Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo'yicha hisoblanadi. Biroq
aksiyadorlik jamiyatlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat
ustavida taqiqlanmagan bo'lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo'yicha dividendlar
to'lash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to'lash sanasi
aksiyadorlik jamiyati ustavida yoki aksiyadorlar yig'ilishi qarori bilan
belgilanadi.korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish