Xvii asrning o’rtasida – XX asrning boshida Xitoy



Yüklə 48,85 Kb.
səhifə1/5
tarix12.05.2022
ölçüsü48,85 Kb.
#57738
  1   2   3   4   5
Jahon tarixi m talim 15


XVII asrning o’rtasida – XX asrning boshida Xitoy

I.Kirish.

II.Asosiy qism

1.XVII asr o’rtalarida Xitoydagi davlat tuzumi va iqtisodiy ahvol.

2.XVII asr o’rtasi – XVIII asr boshlarida Sinlarning tashqi siyosati.

3.XIX asr boshidagi Xitoydagi siyosiy inqiroz va Xitoyning G’arb mamlakatlari uchun yarimmustamlakaga aylanishining boshlanishi.

4.Taypinlar harakati va “O’z-o’zini kuchaytirish” siyosati.

5.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xitoy.

III.Xulosa.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.

XVI asr boshlarida hozirgi Xitoyning shimoli-sharqiy hududida XII asr boshlaridayoq Szin Imperiyasi koʼrinishidagi oʼz davlatlarini qurgan, chjurchjenlar avlodi hisoblanuvchi manchjur qabilalari yashardilar. Bu hududning yuz yilga yaqin Xitoy sivilizatsiyasi doirasiga kirganligi manchjurlarga xitoy madaniyatini qisman oʼzlashtirish imkonini berdi.

1609-yildan boshlab manchjurlar Minlar imperatoriga oʼlpon toʼlamay qoʼydi. Bu jarayonlarning natijasi oʼlaroq 1616 yili 16 ta manchjur qabilalarining kengashida Xou-Tszin (keyinroq Szin imperiyasi) davlati dunyoga keldi. Bu bilan avvalgi Szin davlatiga daxldorligi taʼkidlangandi. Yangi davlatning fuqarolarini manchjurlar deb atay boshladilar.

1618 yildan boshlab manchjurlar bir necha marta Koreya hududiga bostirib kirishdi. 1636 yilning oxirlarida ularning 140 ming kishilik qoʼshini Seulni egalladi.

1643 yili Аbaxay vafot etdi va uning kichik yoshdagi oʼgʼli Shun-chji bogdixon boʼldi. Bu voqea Manchjuriya tarixida yangi davrni – hududi va aholi soni jihatidan uncha katta boʼlmagan davlatning Xitoy imperiyasidagi eng imtiyozli qismga aylanishi, uning hukmdori esa – Xitoy taxtidagi birinchi manchjur-imperator boʼlishi davrini boshlab berdi.

Manchjur zodagonlaridan eng qudratlisi Durgan (Dorgon, Juyvan) Shunchjini Xitoy imperatori deb eʼlon qilishning tashabbuskori boʼldi, oʼzi esa uga regent boʼlib oldi. Аna shu paytdan to 1911 yilgacha Xitoyda chet ellik manchjurlarning Sinlar sulolasi hukmronlik qildi. Shu tariqa XVII asr o’rtalarida Xitoyda manjurlarning Sin sulolasi hukumronlik qilayotgan edi.





Yüklə 48,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin