YADRO QUROLINING ZARARLOVCHI OMILLARI 1945- yil 6-avgust kuni saharda V-29 "Enola Gay" amerika bombardirovshigi (ekipaj sardori — polkovnik Pol Tibbets) Yaponiyaning Xirosima shahriga "Kichkintoy" (Little Boy) uran atom bombasini tashlab yuborgan. Portlash kuchi trotil ekvivalenti bo‘yicha turli manbalarning baholashlari bo‘yicha 13 dan 18 kilotonnagacha bo‘lgan.
Uch kundan keiyn, 1945- yilning 9-avgust kuni, "Baqaloq" plutoniy atom bombasi (Fat Man) Charlz Suini ismli uchuvchi tomonidan Nagasaki shahriga tashlangan. Uning portlash kuchi ancha kattaroq bo‘lgan va tahminan 15-22 kilotonnani tashkil etgan. Bu atom bombasining ancha mukammalroq qurilishiga bog‘liq bo‘lgan.
Xujumlardan ko‘rilgan insoniy yo‘qotishlarni baholanishi ancha murakkablashib ketgan. Hirosimada portlash va uning oqibatlari natijasida 140000 dan ortiqroq odam halok bo‘lgan, deb hisoblanadi; Nagasaki uchun bu ko‘rsatkich 74000 kishidan ortiqrog‘ini tashkil etadi. 1946 yilning fevral oyida Yaponiyadagi Amerika okkupasion armiyasining shtabi tomonidan chop etilgan bu raqamlarda 1946- yildan keyin portlashlar natijasida nurlanish oqibatida nur kasalligidan o‘lganlar hisobga olinmagan.
Bombardimon qilinish bilan ko‘rsatilgan yadro qurolining misli ko‘rilmagan vayronagarchiliklarni vujudga keltiruvchi noyob xususiyatlari, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi yadroviy qurollanish poygasining boshlanish nuqtasi bo‘lib qolgan. Keyinchalik bu poygaga bir necha boshqa mamlakatlar ham qo‘shilib ketgan.
Sovuq urush
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyingi dastlabki yillarda AQSh dunyodagi yagona "yadroviy davlat" bo‘lib qolgan edi. AQSh rahbariyati Sovet Ittifoqi o‘z atom bombasini yaratishdan ancha uzoq deya tahmin qilgan. Shu bilan birga AQSh o‘zining vaqtinchalik ustunligidan iloji bor qadar ko‘proq foydachiqarishga uringan. Xususan, Berlin va Chexoslovakiya masalalari bo‘yicha Stalinga bosim o‘tkazishga urinishlar bo‘lgan. Bunday holllarda sovet rahbari AQSh faqat shularni deb sovet davlatiga qarshi yangi urush ochishga jur’at qila olmaydi degan xulosaga kelgan.
Shu vaqtning o‘zida SSSRda eng jadal sur’atlarda o‘z atom bombasini yaratishbo‘yicha ishlar olib borilayotgan edi. Urush paytida tadqiqotlar uran yetishmovchiligi tufayli cheklangan edi, biroq endi Sharqiy Yevropadan yetkazib berishlar bu muammoni hal etish imkonini yaratgan edi. Ishlar sur’atini ilojibor qadar tezlashtirish maqsadida fizik olimlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan edi. 1944 yilning 3 dekabrida Sovet Ittifoqi Mudofaa ishlaribo‘yicha Davlat Komitetining qaroriga asosan "uran bo‘yicha ishlarni nazorat qilish" Mudofaa Davlat Komiteti raisi o‘rinbosari Lavrentiy Beriya zimmasiga yuklatilgan.
AQShda Sovet Ittifoqi eng kamida 50-chi yillarning yarmigacha atom quroliga ega bo‘lish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida tahmin qilinar edi. Biroq 1949 yilning 29-avgust kuni sovet yadro fizikasi olimlarining ishlari muvaffaqiyat bilan yakunlangan edi. Shu kuni portlatilgan RDS-1 atom bombasini, G‘arbda Stalinning sharafiga: "Djo-1" deb atashgan. Yadro poygasi boshlangan edi.
1949-yilning 29- avgustida sinash uchun atom bombasidan tashqari 1949-yilning oxiriga kelib yana ikkita RDS-1 atom bombasi yaratilgan, 1950- yilda esa — yana to‘qqizta bomba yaratilgan. Biroq bu bombalarning hammasi tajribaviy qurilmalar bo‘lgan, o‘sha paytda esa SSSRda yetkazib berish vositasi bo‘lmagan. 1951-yilning yanvar-fevral oylarida yana to‘rt nafar atom bombasi yaratilgan. Shunday qilib, 1951-yilning 1 martiga kelib Sovet Ittifoqining RDS-1 turidagi 15 atom bombasi bo‘lgan. 1951- yilning oxiriga kelib umumiy hisobda 29 nafar RDS-1 atom bombasi, shu jumladan dastlabki uchta seriyali ishlab chiqarilgan atom bombasi bo‘lgan.
1951-yilning 24 sentyabrida "502-M" sovet atom zaryadi (RDS-2)ning muvaffaqiyatli sinovi o‘tkazilganidan keyin 1951-yilning oxiriga kelib RDS-2 atom bombasini ishlab chiqarilishi to‘liq o‘zlashtirilib bo‘lgan. 1952-yilning 1-yanvar holatiga Sovet Ittifoqida 35 nafar atom bombasi, ulardan 29 nafari RDS-1 va 6 nafari RDS-2 bo‘lgan. Nazariy jihatdan bu bombalarni Sovet Ittifoqi AQShgacha yetkaza olar edi.
1951-yilning 29-avgustida Birinchi qo‘shinlar omborxonalari - atom bombalarini saqlash va ishlatilishiga tayyorlash bo‘yicha yadro quroli bazalarini tashkil etilishi bo‘yicha SSSR Ministrlar Kengashining qarori qabul qilingan. Bunday bazalar atigi to‘rtta: Qrim yarim orolining Shimolida, Ukrainaning g‘arbiy qismida, Belorussiyada va Rossiyaning shimoliy-g‘arbiy qismida bo‘lgan. Dastlabki ikki nafar yadro qurolini saqlash bazalari 1955-yilda yakunlangan. 1956-yilda yadro qurolini saqlash bo‘yicha markaziy baza ishga tushirilgan.
1951-yilning 18-oktyabrida birinchi sovet aviasion bombasi ("501- M" yadroviy zaryadga ega bo‘lgan RDS-3) ilk bor samolyotdan (Tu-4) tashlab yuborish yo‘li bilan sinovdan o‘tkazilgan. Bu bomba qurollanishga qabul qilish uchun tayyorlana boshlangan (1954-yilda qabul qilingan). 1952- va 1953- yillarda RDS-3 aviatsion bombasining muvaffaqiyatli uchuvchilik nazorat sinovlari o‘tkazilgan.
Yadroviy qurol sifatini takomillashtirish va miqdorini oshirishga mislsiz katta mablag‘lar sarflanar edi. Endi ikkala davlat ham termoyadroviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan edi. AQSh bunday qurilmani 1952-yilning 1 noyabrida portlatgan. Hammani yana hayratda qoldirib Sovet ittifoqi termoyadroviy portlatishni atigi 8 oydan keyin amalga oshirgan. RDS-6s sovet vodorod bombasi to‘lig‘icha o‘zining ishlab chiqarishi bo‘lgan, chunki AQShdagi josuslik harakatlari hech qanday natijalarga olib kelmagan. Eng muhimi esa — bu AQShdagi kabi ikki qavatli uyga teng stasionar qurilma emas aynan samolyotning bombaga mo‘ljallangan bo‘limi o‘lchovlariga mos keladigan birinchi aviatsion termoyadroviy bomba bo‘lgan.
Yadro qurolini yetkazish vositalari bo‘yicha ishlar ham juda jadal ravishda olib borilgan. Bular birinchi navbatda strategik bombardirovshiklar bo‘lgan. Bu sohada AQSh ancha jadal ishlar olib borgan, biroq reaktiv tutuvchi samolyotlarning paydo bo‘lishi amerikaliklarning ustunligini yo‘qqa chiqardi, qo‘ydi. 50- yillarning boshlarida AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan Sovet Ittifoqining havo bo‘shlig‘iga kira oladigan B-47 i B-52 reaktiv bombardirovshiklari taqdim etilgan.
50-yillarning ikkinchi yarmida Sovet Ittifoqida birinchi (MBR) R-7 qit’alararo ballistik raketa ishlab chiqarilgan. 1957-yilning 4 oktyabr kuni ushbu raketa Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan edi. Amerikaning birinchi qit’alararo ballistik raketasi 1959-yilning 31-oktyabr kuni uchirilgan.