Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – milliy hisoblar tizimining muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, u muayyan mamlakat hududidagi rezidentlar va norezidentlar tomonidan o’rganilayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan pirovard tovar va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatini ifodalaydi.
YAIMni aniqlashda ikki xil yondoshuv mavjud:
tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlarining yig’indisi bo’yicha = shaxsiy iste’mol xarajatlari + yalpi xususiy ichki investitsiyalar (sof xususiy ichki investitsiya
kapital iste’moli uchun ajratmalar) + tovar va xizmatlarning davlat xaridi + sof eksport(eksport - import).
tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida hosil etilgan daromadlar yig’indisi bo’yicha = arenda haqi + amortizatsiya + foiz stavkasi + mulkdan kelgan daromadlar + dividendlar + yollangan xodimlarning ish haqi + biznesga egri soliqlar
korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydalari + korporatsiyalar foydasiga soliq. Yalpi ishlab chiqarish(YAICH) –hisobot davrida ishlab chiqargan mahsulot va
xizmatlarning umumiy qiymatini ifodalaydi va YAIMni ishlab chiqarish bosqichida hisoblash uchun dastlabki ko’rsatkich hisoblanadi.
Oraliq iste’moli(OI)-hisobot davri mobaynida boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadida barcha iste’mol qilingan moddiy ne’matlar (asosiy fondlar iste’molisiz) va bozor xizmatlari qiymatini ifodalaydi.
Oraliq iste’moli quyidagi unsurlardan tashkil topadi:
moddiy xarajatlar (xomashyo, material, yoqilg’i va h.k.);
boshqa tashkilotlarning xizmatlari haqi;
oraliq iste’molining boshqa unsurlari (tovarlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan sarflar, ilmiy-texnika laboratoriya va byurolarini saqlash xarajatlari, mehmonlarni qabul qilish xarajatlari, xodimlarni ishga olib kelish va ishdan olib borib qo’yish sarflari, xodimlarni ishga taklif qilish bo’yicha sarflar, xizmat safari sarflari va sh.k.).
Yalpi qo’shilgan qiymat(YAQQ)-yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli o’rtasidagi farq ko’rinishida aniqlanadi.
YAQQ=YAICH–OI
YAIM takror ishlab chiqarish siklining uchta bosqichiga mos keladigan usullarda aniqlanishi mumkin. Bu uch usulning barchasi YAIM hajmi bo’yicha bir xil natijani bersada, ammo ularning har biri iqtisodiy tahlil uchun mustaqil ahamiyat kasb etadi.
1. YAIMni aniqlashning ishlab chiqarish usuli:
YAIM=YAICH–OI+MSS+ISS,
bu yerda: MSS–mahsulotga sof soliqlar, ISS–importga sof soliqlar. Umumiy holda sof soliqni aniqlash uchun soliq summasidan subsidiya summasini ayirish zarur.
Tarmoq darajasida YAIM quyidagicha aniqlanadi va yalpi qo’shilgan qiymat (YAQQ), deb ataladi:
YAIM=YAICH–OI=YAQQ
Agar YAQQdan asosiy kapital iste’moli (ACI)ni ayirsak, sof qo’shilgan qiymat (SQQ), deb nomlanadigan ko’rsatkich hosil bo’ladi:
SQQ=YAQQ–ACI
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM, har bir tarmoqning YAIM umumiy hajmiga qo’shgan ulushini aniqlash imkoniyatini beradi.
YAIMni aniqlashning taqsimlash usuli: YAIM=MH+ICHSS+ISS+YAF+YAAD,
bu yerda: MH–yollangan xodimlarning mehnat haqi; ICHSS–ishlab chiqarishga sof soliqlar; YAF–yalpi foyda; YAAD–yalpi aralash daromadlar. Ushbu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
YAAD=YAQQ–MH–ICHIS,
bu yerda: ICHIS–ishlab chiqarish va importga soliqlar.
YAIMni bu usulda hisoblashdan uning qiymat strukturasini va birlamchi daromadlarning taqsimlanishini tahlil qilishda foydalaniladi.
3. Pirovard foydalanish usuli:
YAIM=YAJ+PI+(EC–IM)+STF,
bu yerda: YAJ–yalpi jamg’arma(asosiy fondlar jamg’armasi, moddiy aylanma vositalar zaxirasining o’zgarishi, sof xarid qilingan qimmatbaho buyumlar); PI–uy xo’jaliklarining, davlat muassasalarining va ijtimoiy tashkilotlarning pirovard iste’moli; EC – eksport hajmi; IM-import hajmi; STF-statistik farq.
YAIM va milliy daromad hajmini uchta usulda hisoblash sxemasini quyidagi shartli misolda ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |