Yangi asrda umumiy tabiiy geografiya. Abdurahmonova Gulzoda aitimi geografiya fani o'qituvchisi Annotatsiya



Yüklə 23,08 Kb.
tarix08.06.2022
ölçüsü23,08 Kb.
#61017
Abdurahmonova Gulzoda geografiya


YANGI ASRDA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA.
Abdurahmonova Gulzoda AITIMI geografiya fani o'qituvchisi
Annotatsiya. Geografiya — eng qadimgi, shu bilan birga, eng yosh fan hisoblanadi. Eng qadimgi ekanligi shundaki, miloddan awalgi III — II asrlarda yashagan Eratosfen geografiya faniga zamin yaratgan. Davr talabiga mos ravishda, yangi ma’lumotlar asosida doimo ham mazmunan, ham mohiyatiga ko‘ra boyib borishi geografiyaning yosh fan ekanligiga dalil bo‘la oladi. Ayrim olimlar endilikda,geograflar uchun ish qolmadi deb hisoblashyapti.
Kalit so’zlar. Gidrologiya, paleogeografiya, glasiologiya, geomorfologiya, qazilma boyliklari, kosmik tasvirlar, okean, Eratosfen.
Materiklar va okeanlar kashf etib bo’lindi. Quruqlik yuzasida odam qadami yetmagan joy qolmadi, hatto okean tublari ham suv osti kemalari, maxsus apparatlar yordamida tekshirib bo‘lindi. Ayni paytda kosmik tasvirlar tahlili asosida nafaqat quruqlik (materik, orollar), balki okean tublari, yer osti qazilma boyliklari haqida mukammal ilmiy va amaliy ahamiyatga molik ma’lumotlar to‘plangan. Aniq geografik xaritalar tuzib bo‘lindi. Endilikda xohlagan obyekt (tog‘, daryo, ko‘l, g‘or, shahar, davlat va b.) haqida qomusnomalardan yoki maxsus adabiyotlardan va internet orqali xonada (kutubxona, uyda) o‘tirib bilib olish mumkin. Go‘yo Yer haqidagi fanlar orasida geografiyaga o‘rin qolmagandek. Ko‘pchilik olimlar bunday noto‘g‘ri qarashlarga murosasiz kurash olib bordilar. Geografiya fanining yechishi mumkin bo’lgan yangi maqsad va vazifalarini yoritib bordilar. Darhaqiqat geografiya dunyo tarixining, sivilizatsiya taraqqiyotining yorqin sahifasini namoyon qiladi, kishilarning dunyoqarashini shakllantirishda eng muhim o‘rinda turadi. Haqiqatan ham o’tgan asrlarda geografiya o‘ziga xos qomusiy fan bo’lgan. Keyinchalik, undan yangi fan tarmoqlari — geomorfologiya (relyef haqidagi fan), geologiya (tog‘ jinslari, yerning ichki va tashqi qismida sodir bo’ladigan jarayonlar, paleogeografiya rivojlanishi haqidagi fan), gidrologiya (gidrosfera, suv haqidagi fan), glasiologiya (muz haqidagi fan), iqlimshunoslik (atmosfera, havo massalari, iqlim haqidagi fan), tuproqshunoslik, botanika, zoologiya kabi fanlar ajralib chiqdi. Bu boshqa fanlar singari geografiya fanining ham tabaqalanishi (differensiatsiyalanishi) edi. Aslida barcha fanlar tarixi shunday. M asalan, fizika fanini qattiq jismlar mexanikasi, yadro fizikasi, akustika, optika, past harakatlar fizikasi, elektrofizika va h. k. tashkil etadi. Hozirgi davr umumiy tabiiy geografiyasi tabiatni o‘rganish va undagi sodir bo‘layotgan jarayonlarni ilmiy asosda bilish uchun barcha tabiat komponentlarini har tomonlama tahlil qilib chiqishi lozim. Negaki komponentlar to‘g‘risidagi birorta fan bunday vazifalarni bajara olmaydi. Tabiat kompleksi (landshaft) bilan uning komponentlari o‘rtasidagi, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni faqat keng qamrovli mushohada qilish orqali, majmuali (kompleks) yondashuv orqali yechish mumkin. Bu umumiy tabiiy geografiyaning yangi asrdagi ustuvor yo‘nalishidir. Umumiy tabiiy geografiya keng ma’noda geografik qobiq (landshaft qobig‘i)dagi jarayonlarni ham o’rganadi. Geografik qobiq litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalarning o‘zaro ta’siri va o‘zaro uzviy aloqasining hosilasi. U Yerning yaxlit, qonuniy takomillashgan qobig‘i bo‘lib, tabiiy geografiyaning o’rganish obyekti hisoblanadi. Yangi asrning dolzarb muammolaridan biri — tabiat bilan jamiyat o ‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hosilasi bo‘lgan geoekologik muammolar ham tabiiy geografiyaning tekshirish obyektiga aylandi. Shuni hisobga olsak, insonlarning xo‘jalik faoliyatini tabiatda sodir bo’layotgan narsa va hodisalarning asosiy omili (faktori) tariqasida tadqiq etish ham umumiy tabiiy geografiyaning asosiy vazifalaridandir. Negaki Yer tabiatining bundan buyongi taraqqiyoti, uning taqdiri insonlarning faoliyati bilan bog’liq bo’lib qoldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. P.Baratov, A. Soatov. Umumiy tabiiy geografiya. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv qo’llanma. „ О‘qituvchi “ nashriyot- matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2005y.

  2. Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. 
    -T.: O‘qituvchi, 2002. 

  3. www.ziyouz.com

Yüklə 23,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin