Geomorfologiya va geologiya faniga kirish. Geomorfologiya va geologiya fani tarmoqlari va bog‘liqligi



Yüklə 31,97 Kb.
səhifə1/4
tarix17.05.2023
ölçüsü31,97 Kb.
#114873
  1   2   3   4
Geomorfologiya va geologiya faniga kirish


Geomorfologiya va geologiya faniga kirish.
Geomorfologiya va geologiya fani tarmoqlari va bog‘liqligi
REJA:
1. Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar.
1.2. Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar.
1.3. Geologiya fani tarixi.
1.4. Geomorfologiya fani tarixi.
1.5 Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar
1.6 Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar
1.7 Xulosa qism
1.8 Foydalanilgan adabiyotlar

1. Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar.
Geografiya fani ikki asosiy qismga bo’linadi: tabiiy geografiya va inson geografiyasi. Bu ikki qism o’xshash bo’lib, ikkalasi ham fazoviy manzaradan (ko’rinish) foydalanadi hamda ikkalasi ham hududni o’rganish va bir hududni boshqasi bilan solishtirishni o’rganadi. Tabiiy geografiya atrof-muhit xarakteri, daryolar, tog’lar, relef shakllari, ob-havo, iqlim, tuproqlar, o’simliklar kabi tabiat hodisalarini hamda yer yuzasining boshqa tabiiy jihatlarini o’rganadi. Tabiiy geografiya geografiyada yer fanlarini bir yo’nalishga qaratadi. U yerning tabiiy qismlariga – litosfera (ustki qatlam), atmosfera (havo), gidrosfera (suv) va biosfera (tirik organizmlar)ga hamda bu qismlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikka urg’u beradi. Tabiiy geografiya doirasida keyingi paytlardagi muhim yo’nalishlar quyidagilar: - Geomorfologiya (erning tashqi xususiyatlarini o’rganadi) - Glyatsiologiya ( muzliklarni o’rganadi) - Qirg’oqlar geografiyasi (qirg’oqbo’yi regionlarni tadqiq qiladi) - Iqlimshunoslik (iqlim va iqlim o’zgarishlarini o’rganadi) - Biogeografiya (turlar tarqalishini o’rganadi). Ba’zi tabiiy geograflar quyosh sistemasida yerning joylashishini o’rganadilar. Boshqalari esa atrof-muhit geograflari bo’lib, ularning bir qismi tabiiy muhitning fazoviy jihatlari va madaniy qarashlarni o’rganish sohasini paydo qildi. Atrof-muhit geografiyasi tabiiy va inson geografiyasi ikkalasidan ham shuni talab qiladiki, insonlar o’z atrof-muhitlarini va tabiiy landshaftlarni yaxshi tushunishlari kerak. Tabiiy landshaft sayyoradagi istalgan bir joy tabiiy relefini tasvirlab berishda qo’llaniladigan ibora hisoblanadi. Eroziya, ob-havo, tektonik harakatlar ta’siri va suv kabi tabiiy kuchlar yerning tabiiy xususiyatini shakllantirgan

Yüklə 31,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin