Yarim o’tkazgichli asboblar. Umumiy takrorlash. Reja



Yüklə 341 Kb.
səhifə1/4
tarix27.04.2023
ölçüsü341 Kb.
#103320
  1   2   3   4
Yarim o’tkazgichli asboblar. Umumiy takrorlash. Reja



Yarim o’tkazgichli asboblar. Umumiy takrorlash .
Reja:

1. Yarim o’tkazgichli asboblarning sanoatda va ishlab chiqarishda ishlatilishi.


2. O’tilgan yarim yillik o’quv yiliga xulosalar qilish va yakuniy nazorat testini o’tkazish
Mavzuning maqsadi: Yarim o’tkazgichli asboblar haqida ma’lumotlar berish. Va o’tilgan mavzuni takrorlab yakuniy nazorat testini olish.


Mavzuning bayoni:


Diod. Ikkita yarim o`tkazgich kontaktining bir tomonlama o`tkazish xususiyatiga ega ekanligi ularni o`zgaruvchan tokni to`g`rilash uchun ishlatilishiga imkon beradi. Bitta p-n o`tish mavjud bo`lgan yarimo`tkazgichli asbobga yarimo`tkazgichli diod deyiladi.



Diodning ish prinsipini tushunish uchun p-n kontaktni o`rganaylik p va n tipdagi o`tkazuvchanlikli yarim o`tkazgichlar bip-birlariga tekkizilsa, elektronlari ko`p bo`lgan n sohadan p – sohaga elektronlarning, teshiklar ko`p bo`lgan p-sohadan n-sohaga teshiklarning o`tishi (diffuziyasi) ro`y beradi. Tashqi maydonning yopuvchi qatlamni kengaytiradigan yo`nalishiga yopuvchi yoki teskari yo`nalish deyiladi. Elektronlarning va teshiklarning harakat yo`nalishi o`zgaradi. p-n o`tish joyida ular rekombinatsiyalanadi, ya’ni bip-birlarini neytrallashadi va natijada yopuvchi qatlam yupqalashib uning qarshiligi kamayadi. Demak bu yo`nalishda, ya’ni p-yarim o`tkazgichdan, n-yarimo`tkazgich tomonga tok o`tadi. SHuning uchun ham bu yo`nalishga o`tkazuvchi yoki to`g`ri yo`nalish deyiladi. SHunday qilib p-n o`tish bir tomonlama o`tkazuvchanlikka ega bo`lib, bunday yarim o`tkazgichli diod to`g`rilagichlar sifatida ishlatiladi va uning shartli belgisi 149 g-rasmda ko`rsatilgan. YArim o`tkazgichli diodlar lampali diodlarga nisbatan qulay, ishonchli va hajmi kichkina bo`lganligi uchun ularni radiotexnikadan qariyib to`la siqib chiqardi. YArim o`tkazgichli diodlar na faqat to`g`rilagich va balki detektor (qayd etgich) sifatida ham ishlatilishlari mumkin.





Yüklə 341 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin