Yo'l xo'jalidi korxonalarida mehnat resusrlari va mehnatga haq to'lash xususiyatlari



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#117202
  1   2
Yo\'l xo\'jalidi korxonalarida mehnat resusrlari va mehnatga haq to\'lash xususiyatlari

Mavzu: Yo'l xo'jalidi korxonalarida mehnat resusrlari va mehnatga haq to'lash xususiyatlari

Reja:



1. Yo’l xojaligi xodimlari (kadrlari).
2. Mehnat unumdorligi.
3. Ish haqi.


Asosiy atamalar va tushunchalar: Ishchilar, hizmatchilar, muxandis – texnik xodimlar va mutaxassislar, rahbarlar, talab, oquvchanlik, ihtisoslik, mehnat unumdorligi, mehnat talablik, omillar, ish haki, tarif stavkalari, tarif setkalari, tarif ixtisoslik ma’lumotnomalari, razryad, ishbay, mukofotli-ishbay, vaqtbay, mukofotli vaqtbay, mehnat haqi, ustama haqlar va qoshimcha tolovlar, YeТS (yagona tarif tizimi).
Ilmiy-texnik progressi natijalarining dadil joriy etilishi va shu asosida ishlab chiqarish intensivligining ortib borishi yo’l xojaligini yuqori ixtisosli ishchilar va muxandis-texnik xodimlarga bolgan talablarini qondirishga alohida e’tibor talab qiladi. Mehnatning texnik jihatdan qurollanganligi, zamonaviy texnika va texnologiyaning osish saviyasi bilan xodimlar (kadrlar) tayyorlash ortasidagi nomutanosiblik mehnat unumdorligi osish tempining pasayishiga, ishlab chiqarish quvvatlaridan toliq foydalanilmaslikka va ishlar sifatining pasayishiga olib keladi.
Hozirgi kunda avtomobil yo’llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlab turish bilan shugullanuvchi tashkilotlarda ishlovchilarning 70% ni ishchilar, 22-25% ni rahbar xodimlar, mutaxassislar va 5-8% ni xizmatchilar tashkil etadi.
Yo’l xojaligi tashkilotlari funksiyalarining oziga xosligi va birinchi navbatda, yo’l qurilish materiallarini qazib olish va qayta ishlash, yarimfabrikatlar tayyorlash bilan shugullanuvchi rivojlangan kop maqsadli yordamchi ishlab chiqarishni tashkil etish zaruriyati shunga olib keladiki, bevosita qurilish montaj ishlarida band bolgan ishchilar soni taxminan 50% ni tashkil etadi. qolgan ishchilr esa «noasosiy» ishlab chiqarish bilan banddirlar. Хizmat korsatuvchi xojaliklardagi ishchilar salmogi umumiy ishlovchilar sonining anchagina qismini, ya’ni 20% gachasini tashkil etib, ular asosan transport ishlarini bajarishda, remont-mexanika ustaxonalarida, MТТ omborxonalari va bazalarida faoliyat korsatadilar.
Тexnik progress natijasida avtomobil yo’llari qurilishi va ta’mirlashidagi ishlovchilarning sifat tarkibida muhim ozgarishlar yuz bermoqda-xodimlarning malakalari ortmoqda, ishchilar qoshimcha mutaxassislarni egallashmoqda, keng profili mexanizator xodimlar asosiy rolga ega bolib bormoqdalar.
Yo’l xojaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish boyicha amalga oshirayotgan tadbirlar ta’sirida rahbar xodimlar va mutaxassislar soni bilan ishchilar soni ortasidagi nisbat ham ozgarib bormoqda.
Хodimlarga bolgan talabni aniqlash va ishchi xodimlar malakasini oshirib borish rejalangan tartibda yuqori malakali mutaxassis xodimlarga boladigan talabning balanslangan hisob-kitobi asosida, bu talabni qondirish manbaalari belgilangan holda amalga oshiriladi. Balanslangan hisob-kitob, yangi yo’l qurilish va ta’mirlash tashkilotlarining paydo bolishi, ishchilarning ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy oquv yurtlari va kolledjlarga oqishga ketishlari, qurolli kuchlar safiga chaqirilishlari, nafaqaga chiqishlari, oliy yoki orta maxsus oquv yurtlarini tugatishlari munosabiti bilan mutaxassilarning boshqa mansablarga otkazishlari natijasida qoshimcha ravishda malakali xodimlar tayyorlashga boladigan ehtiyojini aniqlash imkonini yaratadi.
Yuqori malakali ishchilar tayyorlashga boladigan talabning balanslangan hisob-kitobini bajarishdan oldin ishchilarning mutaxassisliklar boyicha tarkibiy tuzilishida sodir bolgan barcha ozgarishlar chuqur tahlil qilib chiqilishi kerak, bundan kozda tutiladigan maqsad ilmiy-texnika ta’sirida ishchi xodimlar strukturasida yuz berayotgan ozgarishlarning asosiy tendensiyalarini aniqlashdir (Yangi mutaxassisliklar va ixtisoslarning paydo bolishi, alohida mutaxassisliklarga talabning kamayishi yoki ortishi va hokazo). Malakali ishchilarga boladigan qoshimcha talabni qondirishning ratsional manbaalari nisbatlarini belgilashda rejalashtirilayotgan ozgarishlar hisobga olinishi kerak.
Ma’lum bir hudud boyicha mehnat resurslari va ish joylari balansini ishlab chiqish, birlashma, korxona va tashkilotlarda kop smenali ishlashni tashkil etish, ish joylarining yuklanganligini oshirish maqsadida ish joylaridan foydalanishni tahlil qilish, kasaba uyushmasi organlari bilan birgalikda qayta taqsimlanish, ishga joylashish va boshagan ishlovchilarni qayta tayyorlashni nazorat qilish maqsadlari uchun kerak.
Yo’l xojaligining mehnat resurslariga bolgan talablarini qondirish asosan tashkiliy ravishda ishga qabul qilish, ishchi xodimlarni kasb – hunar kolledjlarida oqitib tayyorlash, aholining mehnatga qobiliyatli ishlamayotgan qismini jalb etish orqali amalga oshiriladi.
Тashkiliy ravishda ishga olinishi kerak boladigan ishchilar sonining rejaviy miqdori, qoshimcha ravishda ishchilarga boladigan talab bilan reja boyicha kolledjlarni tugatgan shaxslar, umumiy ta’lim maktablarini bitirganlar, zahiraga boshatilgan askarlar, uylarida yordamchi xojaliklarda band bolgan mahalliy aholining bir qismi va bevosita yo’l tashkilotlari joylashgan hududlardan ishga olinadigan nafaqaxorlar orasidagi farqga teng boladi.
Yo’l xojaligi uchun rahbar va mutaxassis xodimlar tayyorlash avtomobil yo’llar, qurilish va politexnika oliy oquv yurtlari tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yo’l xojaligini malakali xodimlar bilan ta’minlashda muhim omillardan biri xodimlar hnimsiz bilan kurash olib borishdir. Хodimlar oquvchanligi yo’l ishlarining mavsumiy xarakterga ega ekanligi, ijtimoiy-maishiy sharoitlarning yaxshi emasligi va boshqa sabablar bilan bogliq xodimlar oquvchanligi, oquvchanlik koeffitsiyenti orqali xarakterlanib, uning qiymati yil mobaynida oz xohishiga kora hamda mehnat intizomini buzganligi uchun boshatilganlar sonining ishlovchilarning yillik ortacha soniga nisbatidan iborat.
Хodimlar oquvchanligi ta’sirida mehnat unumdorligi pasayadi, brak hisobiga yoqotishlar miqdori ortadi, yangi texnikani ozlashtirish susayadi. Хodimlar oquvchanligi ishlab chiqarishda mayib bolishlarning osib borishiga imkon yaratadi.
Хodimlar oquvchanligini keltirib chiqaruvchi sabablarni organish uchun boshovchilarga anketa sorovi otkazish tizimidan foydalaniladi. Bunday sorov natijasida olingan ma’lumotlar mutaxassisliklar boyicha boshayotganlarning sabablari strukturasini, mutaxassisliklar va sabablar boyicha boshaganlar tarkibini, sezonlar boyicha xodimlar hnimsiz aniqlash imkonini beradi. Ushbu tahlilga asoslanib xodimlar oquvchanligining sabablarni yoqotish tadbirlari ishlab chiqiladi. Хodimlarni saqlab qolish muhim ishlab qolishlarni ta’minlash uchun, har bir ishlovchiga yaxshi ishlab chiqarish, uy-joy va madaniy-maishiy sharoitlar yaratish kerak.
Ilmiy-texnika progressining tezlashuvi asosida ishlab chiqarishning intensivlashtirishning eng muhim shartlaridan biri uzluksiz ravishda xodimlar malakasini oshirib borishdir. Malaka deyilganda, ma’lum bir murakkablik, aniqlik va javobgarlik darajasidagi ishlarni bajarish uchun zarur bolgan kasbiy bilimlar va maxsus ishlab chiqarish tajribalari majmui tushuniladi.
Malaka darajasining ozgarishi malakali va yuqori malakali ishchilar salmogining ozgarishi bilan xarakterlanadi. Ortacha malaka darajasi ishchilarning ortacha razryadi orqali aniqlanadi va turli ishchilar guruhlarining (brigada, uchastka, qurilish tashkiloti) malaka darajasini solishtirish va uning dinamikasini kuzatib borish imkonin beradi.
Ishchi xodimlarining malakalarini oshirish individual brigada yoki kurslarda oqitish usullarida bevosita ish joylarida yoki maxsus oquv punktlari yoki markazlarida amalga oshiriladi.
Ishchilar oz malakalarini oshirish jarayonida mehnatning ilgor usullarini oqib organadilar va egallaydilar, ishlab chiqarish ilgorlarining tajribalarini organadilar, yangi texnikani va ishlab chiqarish texnikasi va ishlab chiqarish texnologiyasini ozlashtiradilar.
Rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarning malakalarini oshirish tarmoq va tarmoqlararo kurslar tizimi, malaka oshirish institutlari va markazlarida amalga oshiriladi.
Mehnat unumdorligi mehnat jarayonining samaradorligini xarakterlaydi va ish vaqtiga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorida aniqlanadi. Mehnat unumdorligining osishi jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini aks ettirib, yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan intensiv foydalanish asosidir. Mehnat unumdorligining osishi – xalq farovonligini yanada oritishining bosh manbaasi bolib, pirovard natijada, ish haqining ortishi, moddiy ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga yonaltiriladigan ijtimoiy fondlarning osishi, mamlakat iqtisodiy potensialining mustahkamlanishiga olib keladi. Mehnat unumdorligini oshirish mamlakat va regionlardagi strategik ahamiyatga ega bolgan ijtimoiy – iqtisodiy masalalar yechimini tezlashtiruvchi muhim manbaa sanaladi.
Iqtisodiy nazariya boyicha individual va ijtimoiy mehnat unumdorliklari mavjud. Individual mehnat unumdorligi konkret tirik mehnatning unumdorligini aniqlaydi va u vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan ish vaqti miqdori bilan olchanadi. Vaqt birligi ichida qanchalik kop mahsulot ishlab chiqarilayotgan yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun qanchalik kam ish vaqti sarflanayotgan bolsa, individual mehnat unumdorligi shunchalik yuqori boladi.
Ammo ishlab chiqarishning umumiy samaradorligini xarakterlash uchun bu korsatkich yetarli emas, chunki korxonada yoki tarmoqda individual mehnat unumdorligining osishi har doim ham mahsulot birligini ishlab chiqarish uchung mehnat sarfi kamayayotganligini bildirmaydi. Bu korsatkich korxona yoki tarmoqqa bogliq bolmagan sabablarga kora ham kotarilishi mumkin. Shu sababli xalq xojaligi uchun ijtimoiy mehnat samaradorligini xarakterlovchi, ya’ni jonli mehnat va ishlab chiqarish vositalarida (materiallar, yarimfabrikatlar, konstruksiyalar, mehnat buyumlari va vositalari) buyumlashgan avvalgi mehnatning birgalikdagi samaradorligini ifodalovchi ijtimoiy mehnat unumdorligi korsatkichi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy mehnat unumdorligining osishi jonli va buyumlashgan mehnat sarfining birgalikdagi tejamini bildirib, bunda mahsulotdagi jonli mehnat sarfining kamayib borishida, buyumlashgan mehnat salmogining ortib borishida, lekin umumiy mehnat sarfi miqdorining kamayib borishida oz ifodasini topadi. qurilishda individual mehnat unumdorligi korsatkichi bu ish mahsuli bolib, bitta ishlovchi tomonidan ma’lum bir vaqtda ishlab chiqarilgan (smena, oy, yil) mahsulot miqdoridir.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi esa yil mobaynida ishlab topilgan milliy daromad miqdorini moddiy ishlab chiqarish sohasida band bolgan ishlovchilar soniga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi xalq xojaligi strukturasi, fan va texnikaning rivojlanishi va boshqa omillarga bogliq. Individual mehnat unumdorligi – yangi texnikaning joriy etilishiga, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomobillashtirish mehnati, ishlab chiqarishni va boshqaruvni korxona va butun tarmoq miqyosida tashkil etilishining yaxshilanishiga bogliq boladi.
Yo’l xojaligida mehnat unumdorligi kop jihatdan avtomobil yo’llari tizimining rivojlanishini va ularning transport tasarruf holatlarini aniqlaydi, bu degan soz, yuklar va yo’lovchilarni tashish uchun boladigan harajatlar darajasini belgilaydi.
Mehnat unumdorligini rejalashtirish, hisobga olish va uning osishini nazorat qilish, dinamikasini aniqlashning eng muhim shartlari qatorida mehnat unumdorligini olchash uslubini takomillashtirish turadi.
Mehnat unumdorligini olchash uslublari xojalik boshqaruvining barcha bosqichlarida mehnat unumdorligini tahlil qilish, turli tashkilot va korxonalar faoliyatlarining natijalarini solishtirish imkoniyatlarini ta’minlashi zarur.
Modomiki, mehnat unumdorligi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (yoki bajarilgan ishlar) va ish vaqt sarfi nisbatlaridan iborat ekan, mehnat unumdorligini olchash mahsulot miqdorini hisoblash uslubiga bogliq boladi va u natural yoki qiymat korsatkichlarida olchanishi mumkin.
Mehnat unumdorligi natural korsatkichlarida olchanishining mazmuni vaqt birligi ichida natural korinishida ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini aniqlashdan iborat boladi.
yoki
Bu yerda Vnat – tegishli turdagi qurilish montaj ishlarining fizik olchov birliklaridagi hajmi (M2, M3,M,Т)
Тz- bajarilgan qurilish montaj ishlariga bolgan mehnat sarfi (ishchi-kun)
Chr-tegishli davr mobaynida ishlarni bajarishda band bolgan ishlovchilarni ortacha royxat soni (Sr. spis. chisl)
Тeskari nisbat alohida turdagi qurilish montaj ishlarining mehnat sigimdorligini (ishchi-kun; ishchi-soat) aniqlaydi, ya’ni alohida turdagi mahsulot birligiga yoki yiriklashtirilgan ishlar kompleksiga togri keladigan mehnat sarfi.
Mehnat unumdorligini natural korinishda olchash uslubi eng ishonchli, lekin qollanish sohalari chegaralangan, chunki alohida turdagi ishlar hamda har xil ishlarni bajaruvchi tashkilotlar boyicha mehnat unumdorligini solishtirish imkoniyatini berolmaydi. Natural uslub asosan brigadalar, zvenolar alohida ishchilar mehnat unumdorligini solishtirishda, agar ular bir xil ishlarni yoki ish komplekslarini bajarsalar qollaniladi. Undan tashqari loyiha yechimlarining va ishlarini tashkil etish uslublarining tejamliligini solishtirishda ham qollaniladi.
+qurilishda va ta’mirlash - qurilish ishlab chiqarishida mehnat unumdorligining eng universal olchagichi qiymat korsatgichlarida ifodalash bolib, u ma’lum muddat uchun (oy, kvartal, yil) bir ishlovchiga togri keladigan qurilish mahsuloti smeta (narxlari) qiymatini aniqlashga asoslangan
Bu yerda V-qurilish tashkilotining oz kuchi bilan mehnat unumdorligi hisoblanayotgan davrda bajarilgan qurilish - montaj ishlari hajmi, som
Ch-hisob qilinayotgan davr uchun ishlovchilarning ortacha royxat soni, ishchi.
Mehnat unumdorligini qiymat korsatgichlarida olchash uslubi bitta korsatkichda qurilish ishlab chiqarishining turli mahsulotlari boyicha mehnat unumdorligini alohida tashkilotlar va butun tarmoq miqiyosida umumlashtirish imkonini beradi.
Bir ishlovchiga pul korinishida togri keladigan yillik ish mahsuli mehnat unumdorligi osishining reja va hisobot miqdorlarini hisoblashda asosiy korsatkich sanaladi. Ammo ish mahsulini qiymat korinishidagi korsatkichi bajarilgan ish xodimlarini pul korinishda olchanganligi sababli oxirigacha mukammal emas.
Bu korsatgichga avtomabil yo’llari qurilishi keng kolamda olib borilganda materiallar sigimdorligi (materialo yomkost) katta ta’sir otkazadi, natijada bir xil sharoitda qimmatroq materiallardan foydalanayotgan qurilish tashkilotlartda uning qiymati yuqori boladi. Bjariladigan ishlar strukturasidagi sodir boladigan ozgarishlar, uning ozgarishi hatto bitta qurilish tashliloti miqyosida ham ob’ektiv tarzda mehnat unumdorligi korsatgichining pasayishiga sababchi bolishi mumkin.
Undan tashqari materiallar narxi, yuklarni tashish tariflari mashinalardan foydalanish narxlari ustama xarajatlar me’yorlarida sodir bolgan ozgarishlar ta’sirida qurilish-montaj ishlarining smeta qiymatlarida boladigan ozgarishlar qiymat korsatgichlarida aniqlashgan mehnat unumdorligining ozgarishiga olib keladi.
Bajarilgan ishlar hajmining qiymat korsatgichiga material sigimdorligining korsatadigan ta’sirini yoqotish maqsadida turli davrlarda turlicha xildagi material sigimdorligining notogri aks ettiruvchi ta’siridan xalos etilgan mehnat unumdorligi korsatgichlarini kiritishga harakat qilingan.
Mehnat unumdorligiga baho berish uchun normativ uslubi deb ataluvchi normativ me’yorlarni amalda sarflangan vaqt Тf bilan solishtirishga asoslangan usuldan foydalaniladi. Bu uslubni qollash normativ vaqtining nisbatan qisqarishi yoki ishchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishini aniqlash imkonini beradi.
Normativ uslubininng asosiy kamchiligi uning nisbiyligidir, chunki u brigada ishlab chiqarish uchastkasi, yo’l tashlilotidagi mehnat unumdorligining absalyut qiymati togrisida ma’lumot bermaydi va foydalanilayotgan ishlab chiqarish me’yorlarining progressivligi va texnik jihatdan asoslanganligi darajasiga bogliq boladi. Bir yillik tayyor qurilish mahsuloti ishlab chiqarishga joriy etish va uslubni qollanish doirasini kengaytirishga muhim shart - sharoitlar yaratadi.
Yo’l xojaligida qiymat usulida hisoblangan mehnat unumdorligi tabora osib bormoqda va uning osish templari ortacha ish haqi tempining osishiga nisbatan oldinda borish koeffitsenti 1,10-1,15 ni tashkil etmoqda.
Oldinda borish koeffitsenti quyidagi formula yordamida aniqlanadi

Bu yerda Jpr, mr-mehnat unumdorligi indeksi (bir ishlovchiga ortacha mehnat mahsuli)
Jer.zgp-ortacha ish haqi indeksi.
Mehnat unumdorligining osishi qator omillar ta’sirida yuz beradi. Ularning bir qismi individual mehnat unumdorligining osishiga shart sharoit yaratib sub’ektiv xarakterga ega, ya’ni asosan ishchiga bogliq; ishchining kasb madaniy darajasi, malakaliligi, ish staji va hakazo. Boshqa ob’ektiv omillar-ishlab chiqarish texnik saviyasining osishini, yangi texnika va texnologiyani joriy etilishini, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning yaxshilanishini, ishlab chiqarishda konsentratsiyalashuvning osishini, maxsuslashtirishning chuqurlashuvini, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etilishining takomillashuvini aks ettirib, ham jonli, ham buyumlashgan mehnatni tejashni ta’minlaydi.
Umuman mehnat unumdorligini osishini ta’minlovchi barcha oilma oil omillrni shartli ravishda 3 ta guruhga ajratish mumkin:
-ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik saviyasi hamda ulardan foydalanish darajasini aniqlovchi moddiy texnik omillar;
-ishlab chikarishni va mehnatni tashkil etilishi saviyasini aks etuvchi tashkiliy omillar;
-ishchi kadrlarning tarkibi, ularning malaka saviyasi hamda ishlovchilarning mehnatga munosabatlariga bogliq bolgan ijtimoiy - iqtisodiy omillar.
Moddiy - texnik omillar ichida eng muhimlaridan biri konstruksiya yigma bolishligidan tobora kuchaytirish, effektiv qurilish materiallaridan foydalanish, yo’l qurilish va ta’mirlash ishlarida mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish yuqori unumdorlikka ega bolgan mashinalar bilan uskunalash hisobiga yordamchi ishlab chiqarishni rivojlantirishdir. +qurilishga texnik uskunalanganligining ortib borishi texnikalardan foydalanishni yaxshilashi, ya’ni smenalik koeffitsentining osishi, bekor turib olishlar va ish vatining unumsiz sarflanishining šisšarishi (hozirgi kunda u 25-30%ni tashkil etadi) bilan birga olib borilishi kerak qurilish tashkilotlarini yuori unumdorlikka ega bolgan texnikalar bilan uskunalash barobarida ishchilarini kichik mexanizatsiya vositalari va mexanizatsiyalashgan asbob uskunalar bilan ta’minlashni ham unutmaslik kerak, bu esa oz navbatida ular tomonidan qol kuchi bilan bajariladigan ishlarga mehnat sarfini kamaytirada.
Yo’l qurilish va ta’mirlash ishlab chiqarishni boshqaruvini yanada takomillashuvi konsetratsiyalashuvini kengaytirish, ishlab chiqarishni tashkil etishini yaxshilash bilan bogliq bolgan tashkiliy omillar mehnat unumdorligini osishiga katta ta’sir etadi.
Undan tashqari mehnat unumdorliginig osishi bajariladigan ishlarning stukturasiga ham bogliq (masalan, yillik ishlar hajmi dasturida joriy ta’mirlash salmogining ortishi mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir etadi, chunki bu ishlar kop mehnat talab etadi hamda hududiy jihatdan tarqoq holda boladi). +qurilish montaj ishlarida band bolgan ishchilar bilan xizmat korsatuvchi yordamchi ishlab chiqarishdan ishchilar soni bilan rahbar xodimlar va mutaxassislar soni ortasidagi nisbatlar ham mehnat unumdorligiga ta’sir etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi: sotsialistik musobaqa turlarining rivojlanganligi, moddiy va ma’naviy ragbatlantirish usullari va turlarining takomillashganligi, ishlovchilarning madaniy texnik saviyasi, xodimlar malakasi va xodimlar oquvchanligi (tekuchest kadrov).
Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar turkumi shu bilan toliq tugadi deb bolmaydi. Тahlil qilishdan kozda tutilayotgan maqsadga qarab mehnat unumdorligi saviyasini aniqlovchi boshqa guruh omillar ham belgilanishi mumkin. Mehnat unumdorligiga alohida omillarning korsatadigan ta’siri korelatsion-regresion tahlil asosida aniqlanishi mumkin.
Avtomobil yo’llarining qurish va ta’mirlashda mehnat unumdorligi osishini ta’minlash imkoniyatlaridan toliq foydalanish maqsadida, ishlab chiqarish rejalarini tuzish bilan bir qatorda yo’l tashkilotlari tashkiliy-texnikaviy tadbirkor rejasini ham ishlab chiqaradi. Mehnat unumdorligini oshirish boyicha tadbirkorni loyihalshtirish mehnat vositalari va predmetlarini takomillashtirish, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish yonalishlari boyicha olib boriladi.
Yo’l xojaligida mehnat unumdorligini oshirishning asosiy yonalishlari quyidagilardan iborat:
-avtomobil yo’llarini qurish va ta’mirlash loyihalarini ishlab chiqarishning sifatini kotarish ob’ektlarini loyihalashtirish bosqichida yo’l qoplamalari, sun’iy inshootlar, yo’l elementlarining progressiv va texnologik turlarini qollashni kozda tutish kerak. Loyiha ishlanmalarida fan va texnikaning qol mehnatini keskin kamaytiruvchi eng oxirigi yutuqlarini qollash kerak;
-ishlab chiiqarishning texnik saviyasini sezilarli darajada ozgarish. ishlab chiqarishga yangi texnikani joriy etilishi natijasida mehnatning mexanizatsiyalashish darajasi ortadi bu esa oz navbatida yo’l mehnatini qisqartirish va ishlab chiqarishni intensivlashtirish ob’ektiv shart - sharoitlarini yaratadi. Yana shuni ham hisobga olmoq kerakki hududiy jihatdan tarqoq holda bajariladigan yo’llarni joriy ta’mirlash ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkonini beradigan yo’l texnikalarini yaratilishini ta’minlash kerak;
-xodimlar malakasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash va ishlovchilarning ijodiy faolligini oshirish.
Ish haqi bu ishlovchiga uning sarflagan mehnatining miqdori va sifatiga mos ravishda tolanadigan ishtimoiy mahsulot ulushining pul korinishidagi ifodasidir. Bunday taqsimot mehnat unumdorligini oshirishga ishlovchilarning ham individual, ham butun jamoa mehnati natijalaridan moddiy manfaatdorligiga sharoit yaratadi.
Ish haqining tashkil etish asosida ishchilarning ish haqilarini diferensiya va tartibga soluvchi normativlar majmuasidan iborat bolgan tarif tizimi yotadi. Mehnatga haq tolash tarif tizimining asosiy elementlari tarif stavkalari, tarif setkasi va tarif kvalifikatsiya ma’lumotnomasidir. Mehnatga haq tolash tarif tizimini faqat Vazirlar mahkamasi belgilashi va ozgartirishi mumkin.
Тarif stafkalari har xil ishchilar guruhlar uchun ish vaqti birligiga mehnatlari uchun yo’llanadigan absolyut haq miqdorini pul korinishida ifodalaydi, qabul qilingan vaqtining olchov birligiga muvofiq ravishda soatlik, kunlik va oylik tarif stafkalari belgilanadi. Тarif stavkalari barcha kategoriya ishchilarning mehnatiga tolanadigan haq miqdorini aniqlovchi asosiy normativ qiymatdir. Ular mazkur tarmoqda ishlovchi ishchilarning mehnat sharoiti va intensifligini hamda tarmoqning xalq xojaligidagi tutgan ornini hisobga oladi.
Тarif setkasi mehnatning murakkablik darajasi, qiyinligi va javobgarligini xarakterlovchi tarif razryadlari majmuidan hamda har bir razryadga togri keladigan tarif koeffitsentlaridan iborat. Тarif koeffitsiyentlari biron bir razryadning tarif stavkasi 1 razryadning tarif stavkasidan necha marta ortiq ekanligini korsatadi, ya’ni

bu yerda Тi-i razryadning tarif stavkasi
Т -1 razryadning tarif stavkasi
Тarif kvalifikatsiya ma’lumotnomasi ma’lum bir razryad va kasbga tegishli ishchining kasbi boyicha zaruriy bilimlar hajmi va malakasini aniqlash boyicha korsatmalardan iborat.
Тarif kvalifikatsiya ma’lumotnomasi asosida ishchilar tarifikatsiya qilinadi, ya’ni ishlarni qaysi tarif razryadiga tegishliligi aniqlanadi yoki ishchining malaka darajasiga kora uning tarif razryadi belginadi.
Ishchining razryadi uning malakasini aniqlaydi, ish razryadi esa ushbu ishni bajarishi kerak bolgan ishchining malaka darajasi belgilaydi. Ishchilar guruhining ortacha malakasini aniqlash uchun ishchilarning ortacha razryadi, ishlar guruhi uchun esa ishlarning ortacha razryadi hisoblanadi.
+qurilishda va ta’mirlash qurilish ishlab chiqarishda olti razryaddan iborat bolgan yagona tarif setkasi amal qiladi. Unda qurilish va ta’mirlash qurilish ishlarida ogir va zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi ishchilarning soat tarif stavkalari ham belgilangan.
Ishlab chiqarish topshiriqlarini doimiy ravishda yuqori sifat bilan bajaruvchi, yangi kasb hunar ozlashtirgan ishchilarga ish haqi fondi tejami hisobidan qoshimcha haqlar belganadi va tolanadi. Ish sifati pasaysa yoki brak mahsulot ishlab chiqarilsa qoshimcha haq tolanmaydi.
Mehnat unumdorligining osishi, mehnat sarfining kamayishi, ishlovchilar soning qisqarishi, ish vaqti yoqolishiga chek qoyilishi ish hajmining ortishi hisobiga ish haqi fondining tejalishi yuqorilashtirilgan razryadni amalga kiritish uchun mablag ta’minotining muhim manbaalari hisoblanadi. Avtomobil yo’llari quruvchi va ularni ta’mirlovchi yo’l tashkilotlarining faoliyatlari samaradorligini oshirish ishlovchilar mehnatiga haq tolash tizimi va uning progressivligiga kop jihatdan bogliq.
Mehnatga hak tolashning turlari va tizimlari ishchilarda mehnatning ilmiy asoslangan uslublari va usullarini qollashga, ish vaqtidan mashina va uskunalaridan samarali foydalanishga va pirovard natijada, mahsulot ishlab chiqarishni hamda uni sifatini oshirishga manfaatdorlik uygotishi kerak. Хojalik islohoti ishchilar mehnatiga haq tolashning eng samarali turlari va tizimlarini aniqlashda korxonalarga keng mustaqilliklar berilishini kozda tutadi.
Yo’l xojaligida hozirgi kunda mehnatga haq tolashning ikki turi mavjud: ishbay va vaqtbay. Ishchining malakasi va bajarilgan ishining miqdoriga muvofiq ravishda ish haqi hisoblanadigan mehnatga ishbay haq tolash, idividual zvenoga yoki brigadaga nisbatan qollanilishi mumkin.
Mehnat unumdorligi individual ishchi (zveno, brigada) ning ish sharoitiga malakasi va mehnati intensivligiga bogliq bolgan hollarda mehnatga haq tolashning ishbay turini qollash maqsadga muvofiq. Undan tashqari mahsulot ishlab chiqarishning belgilangan me’yoriy, qat’i hisob kitobi va bajarilgan ishlari sifatini nazorat qilishning mavjud bolishi mehnatga haq tolashning ishbay turini qollashning zarur shartlari hisoblanadi.
Mehnatga haq tolashning ishbay turi togridan togri ishbay, mukofotli ishbay, arkkord va mukofotli arkkod turlariga bolinadi.
Тogridan togri ishbay tizim bir birlik mahsulotga tolanadigan haq (rassenka) asosida hamma bajarilgan ish hajmiga ish haqi tolanishini kozda tutadi. Тogridan togri ishbay tolashning yana bir turi arkkord haq tolash bolib, bunda ish haqi tugallangan ish kompleksi uchun tolanadi. Brigada (zveno)ga beriladigan arkkord naryadda ishning boshlanish va tugatilish muddatlari, kalkulyatsiya boyicha aniqlangan ish haqining miqdori korsatiladi.
Mukofotli ishbay tizimda, ishbay tolanadigan haqdan tashqari erishilgan ma’lum bir miqdorda yoki sifat korsatkichlari uchun mukofotlar ham tolanadi. Mahsulot ishlab chiqarishiga ishchi oz ta’sirini otkazolmaydigan, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniq nazorat qilib bolmaydigan hamda mahsulot ishshlab chiqarishning belgilangan me’yorlari mavjud bolmagan hollarda mehnatga haq tolashning vaqtbay turi qollaniladi.
Mehnatga haq tolashning vaqtbay turida ishchining ish haqi bajarilgan ishlar hajmiga bogliq bolmaydi va uning miqdori ishchining razryadiga muvofiq tarif setkasi asosida hisob kitob qilinayotgan davrda ishchining ishlagan vaqtiga kora aniqlanadi.
Mehnatga haq tolashning vaqtbay turi oddiy vaqtbay va mukofotli vaqtbay turlariga bolinadi.
Mukofotli vaqtbay haq tolash qurilish mashinalariga hizmat korsatuvchi ishchilar mehnatiga haq tolashda qollaniladi. Bu tizimda mashina va mexanizmlarni boshqarish va ta’mirlash, elektr, issiqlik uskunalari, suv otkazish tarmoqlarini ta’mirlovchi ishchilarga oylik tarif stavkasidan 20-60% miqdorida mukofotlar tolanadi. Ish rejaning bajarilishiga bevosita ta’sir etadigan mashina va mexanizmlarga xizmat korsatish va ta’mirlash, uskunalarga xizmat korsatuvchi va boshqa ishchilarga oylik tarif stavkasining 20% miqdorida mukofot tolanadi.
Mukofotlar tolanishi uchun zaruriy shart uchastka tomonidan oylik qurilish - montaj ishlari rejasining bajarilishi, vaqtbay ishlovchilar aybi bilan bekor turib qolishlar va avariyalar sodir etilmasligi sanaladi.
Inshootlarning mustahkamligi va uzoq muddat ishlashni ta’minlash uchun mas’uliyatli ishlarda band bolgan ishchilar uchun ham mukofotli vaqtbay tizim boyicha tarif stavkasidan 30-40% miqdorida mukofot tolanadi.
Ishchilar mehnatini tashkil etish va unga haq tolashning yanada rivojlangan progressiv turi brigada pudratidir. Brigada pudratining iqtisodiy asosida, brigada faoliyatiga bogliq ravishda ozgaradigan, rejalashtirlgan va amalda sarflangan mehnat hamda moddiy texnik resurslar miqdorini solishtirish yotadi. Ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarish muddatlariga amal qilingan va ish sifati ta’minlanganda brigadaning ish haqi ishbay rostenkalar boyicha tolanadigan xat va rejalashtirilgan harajatlarning kamayishi tufayli erishilgan tejam uchun tolanadigan mukofotdan iborat boladi. Ish hajmining bajarish uchun rejalashtirilgan harajatlarni kamaytirish hisobiga erishilgan tejam uchun quyidagi miqdorlarda mukofotlar tolanadi: materiallar tejami uchun 60% gacha, qurilish mashinalarini tasarruf etish va ustama harajatlar tejami uchun 40%gacha, tegishli modda boyicha tejalgan summadan mukofot tolanadi. Umumiy tolov summasining 80% ishchilarga, 20% rahbar xodimlar va mutaxassislarga tolanadi. Bu mukofotlar ishlovchilarga mukofotlarning yuqori chegarasidan tashqari tolanadi.
Rahbar xodimlar, mutaxassislar va xizmatchilar mehnatiga haq tolash belgilangan mansab oyliklari asosida, ulardan talab etilayotgan malaka, javobgarlik darajasi va yo’l tashkiloti tomonidan bajariladigan yillik ish hajmiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda barcha qurilish tashkilotlari rahbar xodimlar mehnatiga haq tolash boyicha guruhlarga diferetsiyalangan.
Bajarilgan ishlarning murakkabligini hisobga olish va tashkilotlar faoliyatlari sharoitlarini solishtirishni ta’minlash maqsadida qurilish montaj ishlari hajmiga togrilash (ponrovochniy) koeffitsentlari belgilangan, masalan, avtomobil yo’llari va kopriklar qurishda tashlilotning tasdiqlangan yillik rejasida shu turdagi ishlar asosiy profil boyicha kamida 75% ni tashkil etishi kerak.
Oylik maoshlarda mutaxassislik, bajariladigan ishlarning murakkabligi va javobgarligini tolaroq hisobga olish, mutaxasisliklar va ayniqsa injenerlar va iqtisodchilar mehnatining qadrini kotarish maqsadida malaka kategoriyalari kiritilgan (injener, II kategoriya injeneri , I kategoriya injeneri, yetakchi injeneri) bu oz navbatida minimal va maksimal maoshlar ortasidagi farqni hosil qiladi.
Mansab maoshlari tizimi har bir ishlovchi uchun bosqichma bosqich maosh miqdori boyicha ilgarilab borish imkonini beradi, undan tashqari uning maoshi malaka kategoriyasi boyicha siljish hisobiga ham ortib borishi mumkin (oddiy injenerdan yetakchi injener darajasigacha).
Malaka kategoriyasi har bir mutaxassis uchun alohida berilib, u mutaxassis mehnatining natijalariga, sifatiga va erishgan muvaffaqiyatlariga berilgan baho sanaladi.
Mansab maoshlarini belgilashda mutaxassislar va xizmatchilar mansablarini bajariladigan ishlarning mazmuni va ularning yuklanganlik darajalarini hisobga olgan holda birgalashtirish (sovmesheniye) imkoniyatlari hisobga olinadi. Bolim rahbarlari, mutaxassislar va xizmatchilar uchun qoshimcha tolovlar belgilanishi mumkin.
Barcha turdagi mutaxassis injenerlar, iqtisodchilar, konstruktorlar, texnologlar geodezistlar, masterlar, katta ish bajaruvchilar va boshqa mutaxassislarning mansab maoshlari tashkilotning ish haqi toshlash boyicha qaysi guruhga mansubligidan qat’iy nazar belgilanadi. Bunda katta ish bajaruvchilar va ish bajaruvchilarning maoshlari ular ishlayotgan tashkilot va xojalik hisobidagi uchastkalarning bosh muxandislari va boshlilari maoshlaridan yuqori bolmasligi kerak.
Yo’l xojaligi ishlovchilari mehnatlariga haq tolashni takomillashtirish tadbirlari tizimida har bir ishlovchining butun jamoa mehnatining eng yaxshi natijalaridan manfaatdorlikni taqilovchi mukofotlashga katta ahamiyat beriladi, bunda eng kam ishlab chiqarish harajatlari bilan eng yuqori sifat korsatgichlariga erishish asosiy omil sanaladi. Yo’l xojaligi xodimlari ishlab chiqarish quvvatlarini oz vaqtida topshirilganligi, qurilish ob’ektlarini oz vaqtida topshirilganligi, asosiy faoliyatlari natijalari, yangi texnikalarni ishlab chiqish intensivligini va samaradorligini oshirish boyicha erishilgan natijalarga kora mukofotlanadilar.
Birlashma, korxona va tashkilotlarning oziga xos funksiyalarini tola hisobga olish maqsadida ularning rahbarlariga kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda ishlovchilarni mukofotlash togrisida nizomlar ishlab chišish va tasdiqlash huquqi berilgan.
Mukofotlash tizimlari avtomobil yo’llari rivojlnishining konkret korsatgichlari, ularning transport tasarruf saviyasini yaxshilashi, mehnat unumdorligining osishi, qurilish-montaj, yo’llar va yo’l inshootlarini ta’mirlash ishlari tannarxining pasayishi, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning tejalishi yo’lida alohida ishlovchilar guruhi va har bir ishlovchining real imkoniyatlaridan toliq foydalanishga yonaltirilgan.



Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin