Ipakchilik va tutchilik



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə1/4
tarix11.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#153907
  1   2   3   4
Ochiq dars




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR
INSTITUTI
IPAKCHILIK VA TUTCHILIK” FAKULTETI
Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi assistentligiga davogar
Saydullayev Alisher Fayzullo o’g’lining
O‘zbekiston sharoitida baliqlarni qafaslarda yetishtirish” mavzusidagi
O
CHIQ DARS ISHLANMASI

Andijon-2023
MAVZU: O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BALIQLARNI QAFASLARDA YETISHTIRISH
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisi 1804-yilda birinchi milliardlik marrani zabt etgan bo‘lsa, 2022-yil 15 noyabr holatiga ko‘ra, yer yuzidagi jami aholi soni 8 034 300 000 ta kishini tashkil etgan. Aholi sonini jadal sur’atlarda o‘sishi, mos ravishda ularning oziq-ovqatga bo‘lgan kundalik ehtiyojlarini o‘sib borishiga ham olib keladi. Bu esa jahon miqyosida aholini oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlanishining ahamiyati kundan-kunga ortib borayotganidan dalolat beradi. Dunyo mamlakatlari o‘z aholisini sifatli va arzon oziq-ovqat bilan ta’minlash borasida bosh qotirayotgan bir vaqtda, Mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida, qishloq xo‘jaligini intensifikatsiya qilish, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, quyonchilik kabi qator sohalarni rivojlantirish bo‘yicha izchil siyosat olib borilmoqda. Mustaqil O‘zbekistonimizning so‘ngi yillarda qabul qilingan bir qancha qaror, loyiha va davlat dasturlari asosida sohadagi eng muhim muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarni jadal joriy etish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish va sifatini oshirish yanada ilg‘or uslub va vositalarini ishlab chiqish va joriy etilishiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda qishloq xo‘jaligining chorvachilik va parrandachilik tarmoqlari bilan bir qatorda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Baliq go‘shti yuqori biologik qiymatga ega bo‘lib, parhez xususiyati afzalliklariga ega bo‘lganligi uchun insonlar hayotida yaxshi oziqa hisoblanadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Yaponiya, G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliyada aholi jon boshiga bir yilda iste’mol qilinadigan baliq go‘shti o‘rtacha 25-45 kg ni tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha bu raqam 22 kg dir. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko‘ra, har bir inson bir yilda o‘rtacha 12-16 kg baliq go‘shti iste’mol qilishi lozim. Afsuski, mamlakatimizda bir kishi bir yilda o‘rtacha 7 kg dan baliq go‘shtini iste’mol qilmoqda (1-rasm). Shu bois respublikamizda intensiv akvakulturani rivojlantirish bugungi kunning eng muhim masalasiga aylangan.
Intensiv usul - suvni qisqa muddatlarda almashinishiga va ortiqcha isrofsiz irrigatsiya tizimiga qaytarilishiga asoslangan moslamalarda baliq yetishtirish -intensiv baliq yetishtirish usuli deb ataladi. Intensiv baliq yetishtirish qafas va yopiq suv ta’minoti qurilmalarida amalga oshiriladi.
T

abiiy suv havzalaridan oqilona foydalanishning yana bir yo‘nalishi bu baliqlarni qafaslarda (sadokda) yetishtirish. Bunda suv resurslaridan samarali foydalangan holda qimmatbaho turdagi baliqlarni intensiv usulda yetishtirish imkoni yaratiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin