Yoqilg’i qabul qiluvchi va uzatuvchi moslamalarning texnologik chizmalari



Yüklə 43,55 Kb.
tarix15.12.2022
ölçüsü43,55 Kb.
#75002
Yoqilg’i qabul qiluvchi va uzatuvchi moslamalarning texnologik


Yoqilg’i qabul qiluvchi va uzatuvchi moslamalarning texnologik
chizmalari
Reja:
1. Pechlar
2. Pechning asosiy qismi
3. Qaynovchi qatlamli pechlar

Pechlar. Ko'pgina nokatalitik jarayonlar pechlarda yuqori haroratlarda olib boriladi. Fosfatlar va sulfatlarning qaytarilishi, karbonatlar va gidroksidlarning parchalanishi, oltingugurt kolchedanining, oltingugurtning yondirilishi va h.k. ana shunday jarayonlar jumlasidandir. Pechlar bir qancha tasnifiy belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi. Chunonchi issiqlik-texnik xususiyatlari bo‘yicha, quyidagi pechlar bofiadi: 1) jarayonlarning issiqlik effekti bo‘yicha ekzotermik (kerakli harorat kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga ushlab turiladi) va endotermik (reaksiya ketadigan haroratni ushlab turish uchun tashqaridan issiqlik kiritiladi); 2) pechga issiqlik beriiish usuliga qarab icliki. tomonidan qizdiriladigan (issiqlik reaksiya ketadigan sohaga uzatiladi), tashqi tomonidan qizdiriladigan (issiqlik devor orqali beriladi); 3) issiqlik manbayining turiga qarab: yoqilg'i bilan ishlaydigan (gazsimon, suyuq va qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan); reaksion (issiqlik kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadi); elektr (elektr energiyasi bilan isliJaydigan); ular jumlasiga yoyli, induksion, plazmali va qarshilikka asoslangan pechlar kiradi. Tuzilishi jihatidan pechlar quyidagi turlarga bo‘linadi: shaxtali, rotorli, kamerali, tokchali, tigelli, mufelli, quvursimon, aylanma (karusel), barabanli, tunelli, vannali Va qaynovchi qatlamli pechlar. Quyida keng tarqalgan pechlar bilan tanishib chiqamiz. Barabanli aylanma pechlar (GOST 11875-73) oksidlash, qaytarilish, kalsinatlash, ftorsizlantirish, parchalash jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Ular juda ishorichli bo‘lib, ularda yoqilg'ining har qanday turini qo‘llash va har qanday mayinlikka (disperslikka) ega bo'lgan materiallarga ishlov berish mumkin. Barabanli pechlar materiallarni quritish, donalash, kuydirish, kristallashtirish va tashish uchun yaroqlidirlar. Barabanli pechlarning burchak aylana tezligi 0,1— 0,3 rad/s, barabanlarining uzunligi L —8 dan 70 m gacha, diametri D =1 dan 3,5 m gacha bo‘ladi. Ularning asosiy kamchiligi quwat va metall ko‘p sarflanadi va ish unumi past.



Pechning asosiy qismi — ikki-uchta tayanchga tayangan aylanuvchi barabanlardir (34-rasm). Uning ustki qobig‘i kavsharlangan silindr shakliga ega bo‘lib, belbog' (bandaj) bilan mahkamlangan joylari bilan roliklarga tayanib turadi. Pech qiya o'rnatiladi va reduktorli elektr yuritgich orqali harakatga keltiriladi, issiqlik tashuvchi sifatida tabiiy, generator gazlari, ko‘mir va mazutni yoqishdan hosil bo'lgan issiqlikdan foydalaniladi. Pechning ichi olovbardosh g‘ishtlar bilan qoplangan. Qizdirish uchun yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan gazlar alohida o‘txonalardan keltiriladi yoki pechning ichida yondirib hosil qilinadi. Issiqlik pechning ichida hosil qilinganda uning silliqlangan kallagida yoqilg‘i purkagich yoki o‘t yondirgich kallagi o'matiladi. Mahsulotni pechdan tushirib olish uchun pechning silliqlab tekislangan kallagida rtiaxsus teshik mavjud. Pechning silliqlangan kallagi uning korpusiga havo kirmaydigan qilib zichlab mahkamlanadi. Yaxshilab zichlash energiya sarfini kamaytiradi. Uzluksiz ishlaydigan pechlarda ishlov beriladigan material va issiqlik tashuvchi ikki xil: bir tomonga va qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Xomashyo barabanli pechga uning ta’minlagichiga me’yorlagich (dozator)lardan beriladi. Kuydirilgan material pech bo'ylab aylanib harakatlanib quritiladi va parchalanadi, so‘ngra maxsus moslamalar orqali pechdan chiqarib ollnadi. Shaxtali pechlar (35-rasm) balandligi 6,04 m bo'lgan tikka o‘matilgan silindrsimon shaxtadan iborat bo‘lib, bo‘g‘iz qobig‘ining diametri 1,74 m ni, balandligi 0,74 m ni tashkil etadi. Bunday pechlar xomashyoni qayta kuydirish uchun mo'ljallangan bo‘lib, havosi siyraklangan (6—9 kPa) sharoitda ishlaydi, shuning uchun havo o‘tmaydigan qilib yaxshilab zichlangan bo'lishi lozim. Issiqlik almashinuvi qarama-qarshi oqimda olib boriladi: sovuq shixta ko‘tarilayotgan issiq gazlar ustidan pastga tushiriladi. Bu pechlarning afzalligi quyidagilardan iborat: jarayon uzluksiz va yuqori sur’atda olib boriladi, suyuqlanma bo‘g‘izdan o‘z-o‘zidan chiqadi, yoqilg‘i va qaytaruvchini tejab ishlatilish imkoni mavjud; pechga bo‘laklangan material solish shart emas. 0 ‘n ikkita seksiyali tirqishli shaxtali pechlar maydalangan fosforitlami rudaga termik ishlov beruvchi pechlarga berishdan awal kuydirish uchun mo‘ljallangan (36-rasm). Bu pechlar ham siyraklangan havo ostida ishlaydi. Qatlamosti bo‘shlig‘idagi bosim 5—6 kPa, issiqlik uzatish teshiklarida 50—90 Pa, o‘txonalarda esa 50—80 Pa ni tashkil etadi. Pech kamerasi to‘rtta quritish (550°C), qizdirish (1000—1050°C), pishirib olish (kerakli haroratda ma’lum vaqt ushlab turish) va sovitish zonalariga bo'lingan. Har bir kameraning hajmi 29,1 m2 ni tashkil etadi. Pech ichki tom ondan shamot g ‘ishtlar (A turkumdagi) bilan qoplangan bo‘lib, issiqlikdan izolatsiyalangan. Uning ichki yon tomonida har xil balandlikda ikki tom onda o ‘txona joylashgan bo‘lib, bu pechning butun balandligi bo‘yicha haroratni bir xilda ushlab turish imkonini beradi. Fosforli pechda tepadan pastga birin-ketin quritish, kuydirish, meyyorlash va harorat 130°C ga tushguncha sovitish bosqichlaridan o‘tadi. So‘ngra suv bilan sovitiladigan novlarga tushadi. Bu pechda soatiga 85 t fosforitni quritish mumkin. Ohaktoshni kuydiruvchi shaxtali pech shaxta, yukni ortuvchi va tushiruvchi moslamadan iborat. Shaxtaning eni 2,3—8 m, balandligi esa 12,3—35 m ga teng. Ko'pincha diametri 6,2 m, balandligi 22,6 m bo‘lgan pechlardan foydalaniladi. Ularda harorat 1100—1250°C, ish unumi sutkasiga 300—3101 ni tashkil qiladi. Ayrim hollarda shaxtaning yuqori va pastki qismlari kesilgan konus shaklda ishlanadi. Bu pechga berilayotgan ohaktosh va havoning bir tekis taqsimlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, materialning kesim bo'yicha bir tekis taqsimlanishiga materialning har gal ortilgandan keyin avtomatik tarzda 60° ga buriladigan konussimon taqsimlagich yordamida erishiladi. Ohaktoshni kuydirish uchun gazsimon va qattiq yoqilg‘idan foydalaniladi.

Qaynovchi qatlamli pechlar (QQ) kolchedanni (masalan, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda) kuydirishda ishlatiladi (37-rasm). Ularning ish unumi sutkasiga 100—400 tonnani tashkil etadi. Ular oltingugurtning yonib chiqish darajasini va jarayon sur'atining yuqori bo'lishini ta’minlaydi, uni boshqarish va nazorat qilish oson, lekin tuzilishi murakkab. Pech gazi bilan birga uchib chiqadigan ko‘p miqdorda chiqindi hosil boMishi uning kamchiligi boMib, bu changni tozalashni murakkablashtiradi. Bunday pechlar turkumiga qaynovchi ikki qatlamli pechlar ham kiradi. Bunday pechlarda kolchedanni kuydirish pastki qatlamda, kuyindi gazlarni sovitish esa yuqori qatlamda yuz beradi. Bu pechlarning QQ pechlaridan afzalligi shundan iboratki, kolchedan yonganda chiqqan issiqlikdan jadal foydalaniladi, chiqindi changlarni sulfatlanishiga olib keluvchi hamda kuyindi gazlarning tozalanishini qiyinlashtiruvchi oltingugurt uch oksidining hosil boMishi kamayadi. Bu pechlarda oltingugurtning kuyib chiqish darajasi 96,8% ni, ish unumi sutkasiga 130 tonnani tashkil etadi. Chang aralash gaz yuqori qatlamdan siklonga yo'naladi, qoldiq changlar yuqori qatlamga qaytariladi, changdan tozalangan gaz esa oxirigacha tozalanish uchun elektr changtutgichlarga yuboriladi. Oltingugurtni kamerali pechlarda yondirish keng qoMlaniladi (38- rasm). Ular vertikal va gorizontal holatda tayyorlanib, bitta yoki ikkita kamerali. Ulardan eng ko‘p tarqalgani ikki kamerali pech bo‘lib, u olovbardosh g'isht bilan qoplangan ichiga teshikli to‘siq o'rnatilgan po‘lat silindrdan iborat. To‘siqlar pechni 2 ta: yonish va yonishni oxiriga yetkazish kameralariga bo'Iadi. Bu pechlaming ish unumi yondirilayotgan oltingugurt bo‘yicha sutkasiga 30 dan ikkita kamerali. Ulardan eng ko‘p tarqalgani ikki kamerali pech bo‘lib, u olovbardosh g'isht bilan qoplangan ichiga teshikli to‘siq o'rnatilgan po‘lat silindrdan iborat. To‘siqlar pechni 2 ta: yonish va yonishni oxiriga yetkazish kameralariga bo'Iadi. Bu pechlaming ish unumi yondirilayotgan oltingugurt bo‘yicha sutkasiga 30 dan ortiqcha bosim ushlab turiladi. Pechdan chiqayotgan gazlarning harorati 300—500°C ga teng. .Har 700—900 ming kW • soat energiya sarflangandan keyin fosfor, undan awal esa hosil boflgan toshqol chiqarib olinadi. Zamonaviy pechlarning quwati 72 kW gacha, ish unumi esa fosfor bo‘yicha yiliga 40—45 ming tonnagacha yetadi. 7.2. Chang va tomchilarni gazlardan ajratish apparatlari Kimyo sanoatida ko‘pgina jarayonlar qattiq yoki suyuq muallaq zarrachalari bo‘lgan gaz muhitdan iborat aerozollar—kolloid sistemalar hosil boflishi bilan kechadi. Changlar, tutunlar (gaz+qattiq zarrachalar) va tumanlar (gaz + suyuq zarrachalar) aerozollarga kiradi. Muhandislik amaliyotida muallaq zarrachalarnigina emas, balki turlicha, jumladan, cho'kkan chang zarrachalari ham chang deb aytiladi. Chang zarrachalarining o'lchamlari 5—100 mkm, tutun tarkibidagilarniki 0,001—5 mkm, tumandagilarniki 0,3—3 mkm atrofida bo‘ladi. Gaz sistemalarida o‘lchami 0,1 mkm va undan kichik bo‘lgan zarralar broun harakatida bo‘ladi va og‘irlik kuchi ta'sirida cho‘kmaydi. Bir jinslimas gaz sistemasining fizik holatiga qarab uni ajratish uchun turli usullarni, ayrim hollarda esa bir necha usulni qo'shib qo'llash mumkin. Chunonchi tuman diffuziya, hajm bo‘ylab shimilish (absorbsiya) va boshqa usullar bilan ajratiladi. Portlashdan xavfli issiq gazlarni tozalash uchun tovush yordamida zarrachalarni qo‘shib yiriklashtirish (aglomeratsiya) usuli qo‘llanadi. Bu usul turli xil tarkxbli gaz sistemasiga jadal tovush to‘lqinlarini ta’sir ettirishga asoslangan. Bunda qattiq zarrachalar to'qnashishi natijasida yiriklashadi va ularni tutish osonlashadi. Bir jinslimas gaz sistemasini tozalovchf qurilmalar quyidagilarga bo‘linadi: quruqlayin tozalovchi— filtrlovchi apparatlar (matodan, tiqma va g‘ovak filtrlar), cho‘ktiruvchi apparatlar (cho‘ktirish kameralari, markazdan qochma apparatlar — aerosiklonlar, inersiya bilan cho‘ktirgichlar, elektr yordamida cho‘ktirgichlar); ho‘l holda tozalagichlar (statistik, havo bilan ko'pirtiruvchi (barbotaj) va ko‘pikli apparatlar, dinamik gazyuvgichlar, inersion, oqimli va markazdan qochma changtutgichlar). Apparatlar turining ko‘pligi texnologik jarayonlarning, gaz aralashmalari va ulardan foydalanish sharoitlarining turli-tumanligi bilan tushuniladi. Changtutish qurilmalari turli rusumdagi bir nechta apparatlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Jumladan, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda pech gazlari awal CK-U,H-34 rusum li siklonlarda, so‘ngra YHT 1-20-3 rusumli elektr filtrlarda tozalanadi. Bunda tozalanish darajasi 99,2—99,9% ni tashkil etadi. Quruqlayin tozalash apparatlari Ajratilayotgan sistemani namlash mumkin boTmaganda quruqlayin tozalash apparatlaridan foydalaniladi. Yengli filtrlar gaz oqimi va qattiq aralashmalarni g‘ovak to ‘siq orqali o‘tkazib ajratish uchun moTjallangan (41-rasm) Filtrda qattiq fazaning ajratilishi uning egri-bugri kanallarda kinetik energiyasini yo‘qotishi va kanal devorlarida ushlanib qolishi (labirint effekti) yoki zarrachalar oTchami kanal kesimidan katta boTgan hollarda kanalga kirish kesimida ushlanib qolishi (elak effekti) hisobiga ro‘y beradi. Filtr uzoq muddat foydalanilganda uning yuzasida chang qatlam i to‘planib qoladi va bu qatlamning o‘zi changtutgich vazifasini o ‘tay boshlaydi. Filtrlovchi to'siqlar egiluvchan, qisman bikir va bikir boTishi mumkin. Ular gazning xossalari, harorati, muallaq zarrachalarning oTchami, gazning talab etilayotgan tozalanish darajasiga qarab tanlanadi. Filtr-matolarni qayta tiklashning bir necha usuli mavjud: yenglarni silkitib qoqish, matoni orqa tomonidan havo bilan puflash, ikkala usulni birgalikda qoTlash. Sanoatda BC (so‘rib oluvchi changtutgichlar) rusumidagi yengli filtrlar ishlab chiqariladi. Ularning umumiy changtutish maydoni 30 dan 90 m2 gacha. Changyutish maydoni 25000 m2 gacha yetadigan filtrlar ham mavjud. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda changni tutish va atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlami sanitar jihatdan tozalash uchun gaz bo‘yicha ish unumi 30000 m3/ soatgacha, changni filtrlash maydoni 300 m2 bo‘lgan (10 ta seksiyali) POK-300 rusumli filtrlardan foydalaniladi. Yengli filtrlar quyidagi afzalliklarga ega: zarrachalarning konsentratsiyasidan qat’i nazar, tozalash darajasi yuqori; qanday bosim bo‘lishidan qat’i nazar, zarrachalar tutiladi; 300°C gacha haroratda ishlay oladi. Changtutuvchi matoni vaqt-vaqti bilan qayta tiklash yoki almashtirib turish zarurligi, qurilmalaming beso‘naqayligi, elektr quwati sarfming yuqoriligi yengli filtrlarning kamchiligi hisoblanadi. Elektr filtrlaming ishlash mohiyati quyidagicha: zaryad hosil qiluvchi elektrodlarga 10—100 kY li manfly qutbga ega bo‘lgan doimiy kuchlanish beriladi, cho‘ktiruvchi elektrodlar yerga ulanadi (42-rasm). Tarkibida zarrachalar bo‘lgan gaz elektr maydonida ionlanadi, zarrachalar elektr zaryadi oladi va shuning hisobiga qaramaqarshi zaryadlangan elektrod sari harakatlanib, unda o‘tirib qoladi.
Elektr filtrlarning tamg‘asida (masalan, Or-3-21; Or-4-16 rusumli) kameraning kesimi (21 va 16 m l) ko‘rsatilgan, 3 va 4 raqamlari esa ulaming 3 yoki 4 qutbli ekanligini ko‘rsatadi. Elektr flltrlar sulfat kislotasi ishlab chiqarishda kuydirish jarayonida ajralib chiqayotgan gazlarni chiqindi changlardan (quruq filtrlar) va sulfat kislota tumanidan (ho‘l filtr) tozalash uchun; soda, fosfor kislotasi, xromli tuzlar ishlab chiqarishda, ohak kuydirish pechlarida ajraladigan gazlarni va atmosferaga chiqib ketuvchi gazlarni tozalashda qo‘llaniladi. Elektr filtrlarning afzalligi ular ish unumining va tozalash darajasining yuqoriligi (99,9%); gidravlik qarshilikning kamligi, ho‘l va quruqlayin tozalashni 400°C gacha haroratda olib borish mumkinligi hisoblanadi. Elektr energiyasining ko‘p sarflanishi, konstruksiyasining qimmatligi, elektr jihatdan xavfliligi ularning kamchiligi hisoblanadi. Siklonlar—markazdan qochma kuchdan foydalanib tozalashga mofljallangan apparatlar. Sanoatda L(H, CK-U,H, QflK-LfH, JIHOT, BUHHHOT, U,HOT rusumli, gidravlik qarshiligi 1 kPa, havo sarfi soatiga 1800 m3 bo‘lganda tozalash darajasi 0,63—0,37 bo'lgan siklonlar ko‘p tarqalgan. Gaz sarfi katta bo'lganda (soatiga 5500 m3 dan ko‘proq) siklonlar guruhigan foydalaniladi. Changtutgichlar—havo (gaz) oqimidan chang va boshqa mexanik qo'shimchalarni tutib olish qurilmalari. Bu apparatlarning ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular changni ajratish uchun foydalaniladi, fizik effekti va tuzilishining o‘ziga xos belgilari bilan farqlanadilar. Changtutgichlar havoning changlanganlik darajasi va uni tozalashga qo‘yiladigan talablaiga bog‘liq ravishda tanlanadi. Sohiggi paytlarda quyunli changtutgichlar (BnY) keng tarqalmoqda. Bu apparatlaming ish unumi soatiga 330—30000 m3 bo‘lganda havoning tozalanish darajasi 0,98—0,99 ga teng boTadi (43-rasm). Oqimni halqali kuraklari bor aylantirgich 4 va atrofidan aylanib o'tgich 5bilan ta'minlangan quvur 2 orqali changlangan gaz kirib keladi. Ikkilamchi havo quvur 8 orqali halqali aylantirgich 6 dan o‘tib va tirgovich shayba 3 gacha uzatiladi. Chang korpus devorlariga irg'itiladi va bunkerga to‘kiladi.
Tozalanayotgan gaz nam va sovuq holda boTib, muallaq zarrachalar uncha ahamiyatga ega bohmasa yoki nam holicha ishlatilishi mumkin bo‘lgan hollarda ho‘l holda tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Quruqlayin tozalash qurilmalariga qaraganda ular ancha samaralidir. Lekin ular bilan ishlashda katta hajmda suv va quyqani chiqarib yuborib tozalangan suvni yana jarayonga qaytarish uchun moslama talab etilishi tufayli, bunday holda qurilmalarni iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan korxonalardagina qo‘llash maqsadga muvofiq. Changtutgichlar. Ishlash prinsipiga qarab ho‘l holda changtutgichlar shartli ravishda bir necha guruhga bo‘linadi. I. Ichi g‘ovak va uchlik skrubberlarda gazni yuvish oqim bo‘ylab, oqimga ko‘ndalang va zarrachalami olib uchayotgan gaz oqimiga qarshi suyuqlik sachratib amalga oshiriladi. Skmbberda gaz oqimining tezligi sekundiga 0,8— 1,25 m/sek ni tashkil qiladi. G ‘ovak skrubberlarda oqimnmg gidravlik qarshiligi 250 Pa dan oshmaydi, uchhk skrubberlarda esa uchlikning qalinligiga qarab 300— 800 Pa oralig‘ida bo‘ladi. Uchlik skrubberlarning kamchiligi ulaming uchligi tez-tez tiqilib qoladi. Sulfat kislotasi ishlab chiqarishda tumanlami texnik va sanitar tozalash uchun gaz bo‘yicha ish unumi 5000—15000 m3/soat bo‘lgan 2 bosqichli tolali tumantutgichlar ishlatiladi. Ularda tozalash darajasi 95—99% ni, gidravlik qarshilik 2—3 kPa ni tashkil etadi, filtrlar soni 1 dan 15 tagacha yetadi. II. Gaz oqimi suv pardasi bilan yuviladigan siklonlar. Bunday suv pardali siklonlarga suv sarfi 0,13—0,3 kg/m3 va gidravlik qarshilik 400— 800 Pa bo‘lganda ish unumi 1250—10000 m3/soat bo'lgan JIHOT msumli siklonni misol qilib ko‘rsatish mumkin. D,BM rusumidagi suv pardali siklonda silindr qismining diametri 315, 400, 500, 630, 800, 1000 mm ga, gidravlik qarshilik 400—2000 Pa ga teng bo‘lib, ish unumi soatiga 1 dan 20 ming m3 gacha. Agar bunday siklonning ikkitasi birga ishlatilsa, ish unumi soatiga 40 m3 ga yetadi. III. Shamol beruvchi (ventilatorli) ho‘llab changtutgichlar (BMfl) havo almashtirish yo‘li bilan chiqarib yuboriladigan gazlami turli xil: ao‘rg‘oshinli, qumtuproqli, ko‘mirli va boshqa ishlab chiqarish changlaridan tozalash uchun ishlatiladi. BM II-JIHQT rusumli changtutgichning gidravlik qarshiligi 400—600 Pa ni tashkil etadi. Bir kubometr havoda 5 g zarrachalar bo‘lsa, u holda dastlab havoni quruq changtutgichlardan o‘tkazish lozim. IV. Ko‘pikli changtutgichlarda zarrachalar harakatlanuvchi suv pardasida (ko‘pikda) tutilib qoladi. Bu changtutgichlarda gaz sekundiga 1,6—2,6 m tezlikda beriladi, gidravlik qarshiligi esa 300—1700 Pa ga teng. Ho‘l holda tozalaydigan elektr filtrlar tuman va kislotalarning sachragan mayda zarralarini tutish uchun (masalan, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda) ishlatiladi. Bu elektr filtrlarning ishlash prinsipi xuddi quruqlayin tozalaydigan elektr filtrlarnikiga o'xshash, faqat ular korroziyaga chidamli materiallardan yasaladi. Ho‘l holda tozalaydigan elektr filtrlaming afzalligi ular yordamida yuqori haroratda tozalash darajasining yuqoriligi, bir paytning o'zida gazni tozalash, zarralarni yuzaga shimdirish (adsorbsiyalash), kondensatlash (suyuqlikka aylantirish) va sovitish imkonining mayjudligi hisoblanadi. Changning erishi, changning tutgichlar va quvurlarda joylashib qotib qolishi; changtutgichlarning korroziyalanishi; hosil bo'lgan suspenziyadan muallaq zarrachalarni chiqarib tashlash zarurligi ularning kamchiligi hisoblanadi. Ko'pikli apparatlar, skmbberlar, elektr filtrlar parametrlarini hisoblash usullari maxsus adabiyotlarda berilgan. Quyida esa gazlarni chang va tumandan tozalash apparatlarining qiyosiy tavsiflari keltirilgan.
Tizim yoki qurulmaning ishonchliligi tushunchasi tizimga yoki qurulmaga ikki bosh yo‘nalish bo‘yicha qarashni taqazo etadi. Birinchisi, tizimning ehtimoliy ishga yaroqliligi. Ehtimoliy ishga layoqatlilikka bir qancha faktorlar ta’sir etadi. SHuning uchun ehtimoliy yaroqlilikni oldindan aytib bo‘lmaydi. Tizimning ishlash qobiliyatini ko‘rsatuvchi ikkinchi kattalik uning ishlash vaqti davomiyligi hisoblanadi. Ishonchlilik bu vaqt birligi ichida tizim elementlarining sifatini saqlashdan iboratdir. Ishonchlilikning asosiy kriteriyasi, berilgan vaqt ichida tizim elementlarining bexato ishlashidir. Davlat standarti tomonidan qo‘yilgan ishlash bo‘yicha ishonchlilik, berilgan vaqt ichida, tizimning birlamchi ishlash ko‘rsatkichlar bilan ishlashi demakdir. Issiqlik ta’minoti tizimlari uchun berilgan ko‘rsatgichlar bug‘ va suvning berilgan qiymatda, berilgan harorat va bosimda va ma’lum tozalikda saqlanishidir. 117 XI.2. Ishonchli tizim yaratishning yo‘llari Birinchisi, tizimni tashkil etgan elementlar sifatini oshirish bo‘lsa, ikkinchisi, elementlarni zaxiralashdir. Ikkinchi yo‘lga element sifatini oshirishning texnik jihatdan imkoni bo‘lmay qolganda yoki keyingi sifat oshirish iqtisodiy o‘zini oqlamaganda o‘tiladi. Ishonchlilikning ikkinchi yo‘li tizimni ishonchliligi uning elementlari ishonchliligidan zarur bo‘lganda ko‘laniladi. Tizimning ishonchliligi zaxiralash bilan amalga oshiriladi. Issiqlik bilan ta’mynlash tizimlari uchun dublyor qo‘llaniladi. Issiqlik tarmog‘ida esa dublyor, xalqalash yoki seksiyalash yo‘li bilan ishonchlilik oshiriladi. Issiqlik bilan ta’minlash tizimlari uzoq muddat ishlaydigan tizimga kiradi. Issiqlik bilan ta’minlash tizimlari ta’mirlanadigan tizimlardir. SHuning uchun bu tizim ta’mirlashga yaroqli hisoblanadi. Tizimga texnik hizmat ko‘rsatib va ta’mirlab tizimdagi ishlamay qolgan elementlarni ishlatib, tizim ishonchliligini oshirish mumkin. Tizimni ta’mirlashga yaroqliligining asosiy ko‘rsatkichi, ishdan chiqqan elementini tiklashga ketgan vaqt - t hisoblanadi. Qayta tiklashga ketgan vaqt tizimni zaxiralashda muxim rol o‘ynaydi. Zaxiralash asosan tarmoqning jihozlari, quvurning diametriga bog‘liq bo‘ladi. Tizimda kichik diametrlardagi quvurlar qo‘lanilganda ta’mirlash uchun sarflangan vaqt ruxsat etilgan tanaffus vaqtidan kichik bo‘lishi mumkin, bo‘nday xolarda tizimni zaxiralash shart emas. Tizimning ishonchliligini aniq baholash imkoniga ega bo‘lish uchun avval tizim elementi yoki tizimning ishlamay qolishi tushunchasini yaxshi tushunib olish kerak. Tizim elementi ishlamasligini aniqlashda ist’molchilarga issiqlik berilmasligi davomiyligi va bexosdanligini bilib olish kerak. Elementning birdan ishlamay qolishi shundan iboratki, bu vaqtda shu elementni, shu zaxoti o‘chirib qo‘yish kerak. Asta sekinlik bilan ishlamay qolishda esa avval ta’mirlash ishlarini olib borish va elementni tuzatib uni yana ishlatib yuborish mumkin bo‘ladi. Tizimni ishonchlilikka hisob qilinayotganda va zaxira qilish darajasini aniqlayotganda faqat birdan yuz beradigan ishdan chiqishni hisobga olinadi. 118 Element mustaxkamligiga zarar etqazuvchi ishdan chiqarishlarga, elementlarning unchalik mustaxkam bo‘lmagan bo‘laklariga ortiqcha kuchlanishlarning to‘g‘ri kelib qolishlari kiradi. Ishdan chiqishlar tabiati tekshirilganda ular xaqiqatdan ham bexosdan bo‘lishi kuzatiladi. Masalan: quvurlar emirilishi natijasida yuz beradigan tizim elementlarining birdan ishdan chiqishi va x. k. Issiqlik bilan ta’minlash tizimlarining vazifasi iste’molchilarga berilayotgan issiqlikni kerakli parametrlarda ushlab turishdan iboratdir. Tizimning ishlamay qolishi esa ana shu talabni bajara olmaydi. Bu esa o‘z o‘rnida kishilarning mehnat ko‘rsatish va yaxshi yashashi uchun xalaqit beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki tizimni ishlamay qolishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatodir. SHuning uchun iloji boricha tizimni ishonchli ishlashiga erishilishi kerak. Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek quvurlar bo‘limlarida yoki tizim jihozlarida yuz beradigan emirilish va boshqa ta’sirlar shu elementlarni o‘chirilishiga olib keladi va elementning ishlamay qolishiga olib keladi. Elementning ishdan chiqishga qo‘yidagi sabablar olib keladi: 1) quvurlarda: quvurlarning emirilishdan teshilishi va payvandlangan choklarning buzilishi; 2) zadvijkalarda: zadvijka korpusining emirilishi; flanetsli biriktirishlarning bo‘shligidan bo‘limlarning jips berkitilishiga ta’- sir qiluvchi tiqilib qolishlar va x.k.; 3) salnikli kompensatorlar stakanining emirilishi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha sabablar tizimni ishlatish davomida yuz beradi. Ba’zan esa qurilish defektlari ham bo‘lishi mumkin. Elementlardagi buzulishlarning yig‘indisiga ishdan chiqishlar yig‘indisi deb qarash mumkin.
Issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish Suvli issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish ularning qaytish magistral quvurini vodoprovod suvi bilan ta’minot nasosining siquvi ostida to‘ldirishdan boshlanadi. Yilning issiq davrida tarmoq sovuq suv bilan to‘ldiriladi. Tashqi havoning harorati +10 Sdan kam bo‘lgan hollarda suv muzlashining oldini olish uchun uni 500 S gacha qizdirish tavsiya etiladi. To‘ldirish vaqtida qaytish quvuridagi hamma suvni to‘kish va tarmoqlanish zulfinlari berkitiladi, faqat havo chiqarish moslamalari ochiq qoldiriladi. Havo chiqarish moslamalarida havo pufakchalarisiz suv paydo bo‘lishi bilan jumraklar berkitiladi, so‘ngra davriy ravishda (har 2-3 minutda) to‘plangan havo chiqarib turiladi. Qaytish quvuri to‘ldirilganidan so‘ng xuddi shu tartibda uzatish quvurlari suvga to‘ldiriladi, buning uchun ularni o‘zaro bog‘laydigan qisqa quvurlarda (peremichka) zulfinlar ochiladi. Suv to‘ldirilgandan so‘ng havoni to‘liq chiqib ketishi uchun yana ikki-uch soat kutiladi. Magistral quvurlar suvga to‘ldirilgandan keyin tarmoqlanish va kvartal quvurlari, so‘ngra binolargacha bo‘lgan quvurlar suvga to‘ldiriladi. Ish tushirishning keyingi bosqichlari: zichlika va mustahkamlikka sinovlardir. Kanallarda va kanalsiz tarzda er ostida yotqizilgan suv quvurlarini sinash 2 marta o‘tkaziladi. YA’ni u dastlabki va yakuniy sinovdan iborat bo‘ladi. Dastlabki sinov-salnikli kompensatorlarni o‘rnatgunga qadar ayrim uchastkalarda o‘tkaziladi. YAkuniy sinov-montaj yakunlanlanidan keyin o‘tkaziladi. Bosim –1,25Rishchi. Ammo 16kg/sm 2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar 10 daqiqa mobaynida bosim kamaymasa quvur sinovdan o‘tgan hisoblanadi. Qishki paytlarda sinov ayrim uchastkalarda bo‘lingan tarzda 5S haroradan past bo‘lmagan holda o‘tkazish zarur. Tarmoqlarni yuvish ikki bosqichda bajariladi: qora va toza. Qora yuvishda engil iflosliklar yuvib chiqariladi, buning uchun quvurlar 0,4 MPa bosimli vodoprovodga ulanadi. Ushbu bosim ostida mustaxkamlik sinovlaridan so‘ng qolgan 120 iflosliklar loyqalanadi va suvni to‘kish zulfinlaridan siqib chiqariladi. Toza yuvish shahar vodoprovodidan tarmoq nasoslari yordamida quvurlarga 3-7m/s tezligi bilan bosim ostida suvni berish orqali bajariladi. Bunda suvning yakuniy tozaligi laboratoriya tahlili bilan nazorat qilinadi. Toza yuvishdan so‘ng tarmoqlar kimyoviy tozalangan suv bilan to‘ldiriladi. Ochiq tizimli tarmoqlarga tarmoq suvi bilan to‘ldirishdan oldin bakterial ifloslanishga qarshi qo‘shimcha sanitar ishlov beriladi. Tarmoqning dezinfeksiyasi suvga 20- 40mg/l miqdorda faol xlor qo‘shish va 24 soat davomida ushlab turish yo‘li bilan bajariladi. So‘ngra suv to‘kilib, tarmoq 700 S gacha isitilgan ichimlik suvi bilan qo‘shimcha yuviladi. XI.4. Issiqlik ta’minoti tizimlarini sozlash Issiqlik ta’minoti tizimlarini sozlashdan maqsad uning barcha bo‘g‘inlarini bir maromda yuklanishi ishlab chiqilgan va iste’mol qilingan issiqlik sarflarini bir-biriga mos kelishi va tizimning barcha ishlash rejimlarini me’yorda ushlab turilishini ta’minlashdan iboratdir. Issiqlik berish rejimi sutkalik va yillik yuklanish grafiklari asosida rejalashtiriladi. Sutkalik grafiklarini issiqlik tarmog‘ining dispetcherlik xizmati obhavo sharoitiga ko‘ra bajarishdan bir sutka oldin issiqlik manbaiga beradi. Sutkalik grafik buyurtmali xujjat bo‘lib, unda tuman bo‘yicha issiqlik tashuvchisini sarfi va harorati, shuningdek issiqlik jihozlarning yuklanish me’yorlari ko‘rsatiladi. Ob-havo sharoitlari o‘zgarishi bilan bu ko‘rsatkichlar tezkor ravishda o‘zgartiriladi. XI.5. Issiqlik tarmoqlarini sinash Issiqlik tarmoqlarining sinovlari ishga tushirish va foydalanish (ishlatish) turlariga bo‘linadi. Hamma sinovlar mahsus tuzilgan sinov dasturlari bo‘yicha bajariladi. Sinovlar quyidagilarga bo‘linadi: a) katta bosim berib sinash (opressovka)-quvurlar va armaturalar zichligi va mexaniq mustahkamligini aniqlash uchun; b) gidravlik sinovlar - quvurlarning gidravlik tafsilotini aniqlash uchun; 121 c) issiqlik sinovlar - issiqlik tarmog‘ining amaldagi issiqlik yo‘qotishini aniqlash uchun; d) hisobiy haroratga sinash-tarmoqning kompensatsiyalovchi qurilmalarini tekshirish va ularning normal holatini aniqlash uchun. Katta bosim berib sinash dastlabki va yakuniy sinovlardan iborat bo‘ladi. Dastlabki sinov-salnikli kompensatorlarni o‘rnatgunga qadar ayrim uchastkalarda o‘tkaziladi. YAkuniy sinov-montaj yakunlanganidan keyin o‘tkaziladi. Bosim –1,25Rishchi. Ammo 16kd/sm 2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar 10 daqiqa mobaynida bosim kamaymasa quvur sinovdan o‘tgan hisoblanadi. Sinovlar mumkin qadar yilning issiq davrida o‘tqazilishi lozim, ya’ni tashqi havoning harorati +10 S dan past bo‘lmaganda, bunda suvning harorati +400 S gacha qabul qilinadi. Gidravlik sinovlarning asosiy maqsadi yangi tarmoqlarning amaldagi gidravlik tafsilotini aniqlash bo‘lganligi uchun, tarmoqning belgilangan nuqtalarida issiqlik tashuvchisining bosimi, sarfi va harorati o‘lchanadi. Uzatish va qaytish quvurlaridagi o‘lchangan bosimlar bo‘yicha haqiqiy pezometrik grafigi, o‘lchangan suv sarflari bo‘yicha esa hisobiy bosim grafigi quriladi. Hisobiy va haqiqiy pezometrik grafiklarni solishtirish yo‘li bilan tarmoq qismlaridagi ishqalanish koeffitsientini o‘zgarishi va tarmoqning ifloslangan joylari aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Боголовский B.H . Строительная теплофизика. Учебник для вузов. -2-е изд. -М .: Высш. шк. 1982. -415 с.
2. Боголовский В.Н., Сканави А.Н. Отопление. Учебник для вузов. -М .: Стройиздат, 1991. - 736 с.
3. Б обоев С .М . П рим енение м ал о эн ер го ём ки х м етодов испарительного охлаждения воздуха в системах кондиционирования (в животноводческих помещениях) -Т.: Фан, 1988. - 115 с.
4. Крупнов Б.А. Отопление приборы, производимые и в России и ближнем зарубеже. -М .: Изд. “Ассотсиация строительных вузов” 2 0 0 1 .-6 4 с .
5. Shukurov G‘. Sh., Boboyev S.M . Qurilish issiqlik fizikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2002. -195 b.
6. Shukurov G‘. Sh. Arxitektura fizikasi. I qism. Qurilish issiqlik fizikasi. - Т.: «Mehnat», 2005.
7. Shukurov G ‘. Sh., Boboyev S.M ., Q o‘chqorov R.A. Arxitektura fizikasi. II qism. Arxitektura akustikasi. - Т.: « 0 ‘qituvchi», 2004
8. Shukurov G‘. Sh., Mahmudov M .M ., Rafiqov S.A ., G‘aniyev Sh. Bino va inshootlar arxitekturasi. - Samarqand, 2007-y. - 344 s.
Yüklə 43,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin