Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123



  YOSH DAVRLAR PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA 
VAZIFALARI 
Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to„g„risida fikr yuritilayotganda 
inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o„sishiga va psixik 
taraqqiyotga ta‟sir ko„rsatuvchi omillar, turli ta‟sirlar tufayli turlicha tarzda ro„y 
beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh 
davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, 
o„quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug„ilgandan umrining 
oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o„zaro
munosabati qonuniyatlarini o„rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi 
insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o„ziga xos xususiyatlarini, uning 
har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson 
shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. 
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik 
rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o„ziga xos omillari, mezonlari
hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi
insonlarning Yosh o„zgarishi bilan bog„liq bo„lgan o„ziga xos xususiyatlarini 
ham o„rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta‟lim-tarbiya jarayonida, 
guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh 
davrlari psixologiyasi alohida o„rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va 
bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining
rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo„lmaydi. 
SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. 
Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va 
xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va amaliy 
jihatdan tadqiq etadi. 
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi
qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik
faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o„zaro ta‟siri xususiyatlarini aniqlashdan 
iboratdir. 
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy 
maqsadlarni ruyobga chiqaradi. Ta‟lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga
yordam beradi. Moddiy ne‟matlar ishlab chiqarishning samaradorligini
oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni
to„g„ri yo„naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr 
ko„rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga 
ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, YUsuf 
Xos Xojib, A.Navoiy va boshqa bir qator allomalar Yosh davrlari psixologiyasi 
mavzusiga doir o„z qarashlarini bildirganlar.
Abu Nasr Farobiyning inson psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy fikrlari 
“Hikmat ma‟nolari”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va 
aksidensiyalarning shakllariga qarab bo„linishi” kabi asarlarida o„z aksini 
topgan.
Abu Rayxon Beruniy kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-
qisqaligi kabilarning umumiy hayot xususiyatlaridagi ahamiyati haqida o„zining 


“O„tmish yodgorliklari” deb nomlangan asarida bayon qilgan. Allomaning 
fikricha, inson uzoq umr ko„rishining sabablari biologik va irsiy omillar bilan 
bog„liq bo„ladi. 
Ibn Sino inson umri va Yosh o„sishi bilan bog„liq xolda kechadigan 
psixik taraqqiyot masalalari xususida hamda inson shaxsini shakllantirish 
muammolarini “Odob haqida” risolasi orqali bayon qilgan. SHuningdek Ibn Sino 
“Tib qonunlari” nomli asarida inson organizmining tuzilishi, undagi nerv tolalari 
va nerv yo„llari, fiziologik jarayonlar bilan bog„liq psixik jarayonlar xususida bir 
qancha ma‟lumotlar keltirgan.
Ilmiy psixologik adabiyotlarda qayd etilishiga ko„ra Yosh davrlari
psixologiyasi fani 19-asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi
qadimgi YUnon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari
to„g„risida jaxon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud.
Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V.SHtern), sotsiogenetik (K.Levin) 
bixevioristik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. SHuningdek,
mazkur fan metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda 
ko„p. Ilmiy psixologik adabiyotlarda keltirilgan emperik ma‟lumotlar asosida 
Yosh davrlari psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator 
omillar va xolatlar sabab bo„lgan degan xulosaga kelish mumkin. Quyida ana 
shu omillar haqida bayon qilamiz: 
1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyusiya g„oyasining 
(CH.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o„rganish zarurligi; 
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar 
xatti xarakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o„sishiga biror bir
faoliyatning ta‟sirini aniqlash uchun etarli emasligini e‟tirof etish; 
3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug„ilganidan umrining 
oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan
olinganligi;
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab 
o„quvchilari, o„rta va oliy o„quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar
qariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab 
chikarish, ijtimoiy ta‟minot muassasalari, etimxonalar, bolalar uylari, 
koloniyalar, maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, 
qariyalar uylari, shifoxonalar, va boshqalar)ning extiyojlari ortib 
borayotganligi; 
5.Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, 
psixonevrologiya, 
psixogigiena, 
neyroxirurgiya, 
bolalar 
va 
kattalar
potologiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va xokozolar bo„yicha kopleks 
tadqiqotlarning vujudga kelishi hamda psixologiya biologiya, meditsina, 
sotsiologiya fanlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi; 
6.YUridik psixologiya va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda
sezilarli o„rin egallayotganligi hamda yoshlar o„rtasida qonunbuzarlikning 
ortib borayotganligi (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, voyaga 
etmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi); 
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotganligi va
turmushning xar bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek o„z o„rnini


topayotganligi (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar auto va sotsial 
treninglar, ishbilarmonlik o„yinlari, professiogramma, psixodiagnostika va 
xokozolarga talabning ortishi); 
8.Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o„zgarishlariga 
doir, bilimlarga extiyoji va talabi ortayotganligi (harbiy, sport, savdo, mehnat, 
kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya) psixologiyaga aniq ma‟lumotlarning 
zarurligi; 
9.Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etologiya vazifalari, 
millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g„oyalarini
turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi; 
10. Moddiy ishlab chiqarishni ko„paytirish, sanoatda va qishlok 
xo„jaligida kishilarning xaqiqiy xo„jayinlik tuyg„usini uyg„otish, aqliy va 
jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chikarish samaradorligini oshirish, 
“inson-inson”, “inson-texnika”, “er-inson”, munosabatlarini izchil o„rganish 
zarurligi; 
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish.
Inoq oila yaratish, yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash, o„z joniga qasd qilish
xollarini bartaraf etish, oilada teng xuquqlilikni qaror toptirish va bolalar 
tarbiyasini yaxshilish vazifalari; 
12.Inson uzoq umr ko„rishining sirlarini – gerontopsixologik
qonuniyatlarni ochish va targ„ib qilish, davlat muassasalarida psixologik 
bilimlarlardan o„z o„rnida foydalanish, uzoq umr ko„rishga zamin tayyorlash,
qariyalar uylarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda 
bo„lish kerakligi Yosh davrlari psixologiyasi fanini rivojlantirishni taqozo
etmokda. 
Yosh davrlari psixologiyasi fanini o„rganish nazariy va amaliy 
jihatdan muhim ahamiyatga ega. Yosh davrlar psixologiyasi fani boshqa fanlar
bilan bog„liq xolda rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, 
meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta bo„ldi. Yosh davrlari va 
differensial psixologiya fani dialektika prinsiplariga, oliy nerv faoliyati 
qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar 
to„plagan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, 
o„zgarishi yuzasidan baxs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi 
amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi. 
Mazkur fan soxasi o„zining predmeti hamda vazifasini umumiy 
psixologiyaning asosiy tamoyillari va qoidalariga tayangan xolda belgilaydi.
Yosh davrlar psixologiyasi quyidagi tamoyillarga rioya qiladi: 
1. Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va 
yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari
orqali insonning miyasiga bevosita ta‟sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, 
idrok, tassavur, xotira tafakkur, nutk xayol kabi bilish jarayonlarida , shuningdek 
shaxsning xususiyatlari va xolatlarida diqqati xis-tuyg„usi va xarakter 
xislatlarida, qizikishi va ehtiyojlarida o„z ifodasini topadi. 
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi 
dunyodan kirib keladigan qo„zg„atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar 
javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga 


keladigan muvaqqat nerv bog„lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari 
xisoblanadi va ular tashqi ta‟sirning natijasida xosil bo„ladi. Bosh miya 
po„stlog„ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog„lanishlari I.P.Pavlovning 
nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda o„zaro induksiyasi 
qonunlari zamirida ruy beradi. Bu qonunlar turli yo„sinda muvaqqat 
bog„lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda 
tormozlanish va qo„zgalish sodir bo„lishini, muvaqqat nerv bog„lanishlarining 
yo„qolayotgani yoki paydo bo„layotganini tushuntirish imkonini beradi. 
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat 
nerv bog„lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati 
mexanizmlari ta‟sirida xosil bo„ladi. YUqoridagi ta‟limotga ko„ra har ikkala 
mexanizm xayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. SHuning 
uchun psixik faoliyat vokelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi 
olamni timsollar sifatida ifodalanishidan iboratdir.
3.Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini - uning
nazariy hamda amaliy hayot faoliyatini o„rganishdan iboratdir. Odam zotining 
ongliligi uning turli tuman faoliyatida, hatti-harakatlarida namoyon bo„ladi. 
Inson shaxsi xar xil shakl va mazmunga ega bo„lgan nazariy va amaliy faoliyat 
jarayonida tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy 
omillar xisoblanadi. 
Inson o„zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-
siyosiy muhit ta‟siri ostida bilimlarni o„zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan 
o„zgaradi. Ontogenezda uning his-tuygulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, 
tafakkuri, extiyojlari, e‟tiqodlari, uni faollikka da‟vat qiluvchi harakat motivlari,
xoxishlari, pozitsiyasi ham asta-sekin o„zgarib boradi. 
4.Insoning bilish faoliyati rivojlanishi unga o„zini qurshab turgan
borliqni yanada chuqurroq, to„g„riroq, to„larok va aniqrok aks ettirish 
imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl moxiyatini, turli yo„sindagi o„zaro 
bog„lanishlari, murakkab munosabatlair va aloqalarini tabora aniqrok yoritadi. 
SHu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqka, 
vokelikka, jismlarga, kishilarga va o„ziga munosabati vujudga keladi. 
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda 
namoyon bo„ladi. Tarixiy materializm ta‟limotiga ko„ra, insoning moddiy 
turmushi, u xayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni
qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, 
extikodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy vokelikka munosabatlari, intilishlari, 
faoliyatlari, ijod maxsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir. 
6. Insoninng borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma‟lumki, inson
zotining rivojlanishi ob‟ektiv borliqka va o„ziga faol ta‟sir ko„rsatishida sodir 
bo„ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati,
masalan uyini, kuzatishi, mexnati, o„qishi, adabiy asarni mutoala qilishi hamda 
qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashishi va boshqalar uning 
psixik rivojlanishini ifodalaydi. 
Psixologiyada psixik taraqqiyot inson shaxsining tarkib topishi jarayoni 
sifatida qaraladi. Psixik taraqqiyot bir-biri bilan o„zaro uzviy bog„liq qator 
bosqichlarda amalga oshadi. Jumladan, bola aql-zakovatining ko„rsatkichi, 


sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan o„zaro kundalik munosabatlari va 
u bajaradigan amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladi. Bunday o„zaro ta‟sirlar 
natijasida bolada turli sifatlar tarkib topa boradi. Masalan, savol-javob, baxs-
munozara ta‟sirida aqlning ijodiy maxsuldorligi, tezligi va teranligi orta boradi. 
Kun sayin rivojlanib borayotgan xozirgi davrda shaxs psixik taraqqiyotini 
yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud. SHu tufayli bolalarning aqliy o„sish 
darajasini turli darajadagi murakkablikda tuzilgan testlar bilan aniqlash mumkin. 
Yosh davrlari psixologiyasi predmeti ta‟lim va psixik taraqqiyot 
muammosining o„zaro munosabatini ilmiy asosda talqin etib, bu ikki jarayon bir-
biri bilan uzviy bog„liq ekanligini e‟tirof etadi. Mazkur muammo yuzasidan 
tadqiqotlar olib borgan olimlarning fikricha, ta‟lim bolaning psixik 
taraqqiyotidan oldinda borib, uni o„z ortidan ergashtirishi lozim (L.S.Vыgotskiy, 
B.G.Anan‟ev va boshqalar). Ammo xozirgi davr nuqtai nazaridan tahlil 
qilganimizda ta‟limning yuqori bosqichlarida o„quvchi va talabalarning o„z bilim 
va ko„nikmalarini mustaqil rivojlantirish imkoniyatlarini ishga solishi 
muammoga nisbatan boshqacha qarashlarni ham vujudga keltirmoqda. 
 Ontogenez-(yunoncha, ontos-mavjudot, jonzot; genezis-kelib chiqish, 
paydo bo„lish)-individning paydo bo„lishidan umrining oxirigacha psixik 
rivojlanish jarayoni. 
YOshning ulg„ayib borishi, psixik jarayonlarining rivojlanishidagi 
qonuniyatlar, undagi etakchi omillar hamda inson hayot yo„lining turli 
bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar-Yosh psixologiya fanining 
tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma‟lumki shaxs tarkib topishi jarayonining 
psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, 
ta‟lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib 
bo„lmaydi. Yosh psixologiyasi fani ham o„z navbatida o„ziga tegishli 
masalalarni tor eksperimental ravishda o„rganish bilangina cheklanib qolmay, 
balki o„z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga 
beriladigan ta‟lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda 
o„rganilsa yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi tabiiydir.
Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi 
rivojlanishining ham o„z qonunlari mavjud. Bu qonunlar Yosh psixologiyasi 
fanining turli tarmoqlarida o„rganiladi. Bular: bolalar psixologiyasi, kichik 
maktab yoshidagi o„quvchilar psixologiyasi, o„smirlar psixologiyasi, o„spirinlar 
psixologiyasi, 
katta 
yoshdagi 
kishilar 
psixologiyasi 
va 
qariyalar 
(
gerontopsixologiya) psixologiyasidir. 
 Yosh psixologiyasi fanining vazifalarni mazmuniga ko„ra ikki guruhga ajratish 
mumkin. Yosh psixologiyasi fanining nazariy vazifalari g„oyat muhim va 
murakkab bo„lib, u shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh 
davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-
sharoitlarining o„zaro ta‟siri xususiyatlarini o„rganishdan iboratdir. 
Yosh psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning 
namoyon bo„lishi va taraqqiy etishi hamda inson shaxsi psixologik 
xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o„rganishda qo„lga kiritilgan 
ilmiy dalillarni ta‟lim-tarbiya sohalariga tadbiq qilish tashkil etadi. 


Jamiyat a‟zosi bo„lgan bolaning rivojlanishi qonuniyatlarini, uning 
psixikasini, ongining rivojlanishini, umuman, bolaning tug„ilganidan boshlab 
voyaga etgunicha bo„lgan psixik rivojlanishini psixologiyaning alohida sohasi 
bo„lgan bolalar psixologiyasi fani o„rganadi.
Tabiat va jamiyat qonuniyatlari ichida bola psixikasining rivojlanishi 
qonuniyatlari, o„sib kelayotgan bola shaxsining rivojlanishi qonuniyatlari ham 
mavjuddir. Mana shu qonuniyatlar umumiy psixologiyaning maxsus tarmog„i 
bo„lgan bolalar psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Yosh psixologiyasi, 
bolaning psixik xususiyatlari miqdor jihatidangina emas, sifat jihatidan ham 
rivojlanadi va o„zgaradi, degan qoidaga asoslanadi.shu tufayli Yosh 
psixologiyasi bolaning psixik rivojlanishi qonuniyatlari va psixikaning namoyon 
bo„lishi xususiyatlarini taraqqiyotning turli Yosh bosqichlardagi xolatini tadqiq 
etadi.
SHunday qilib, Yosh psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol 
topishi qonunlarini va turli Yosh bosqichlaridagi bolaning rivojlanishida vujudga 
keladigan psixik faoliyat xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. 
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta‟lim to„g„risidagi qonun» va «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» hamda barkamol shaxsni tarbiyalash xususidagi davlat 
xujjatlari ta‟limning turli bosqichlarida ta‟lim-tarbiya jarayoni samaradorligini 
oshirishga, barkamol shaxsni kamol toptirishga qaratilgan. Bu dolzarb vazifani 
amalga oshirish, ta‟lim muassasalarida ta‟lim-tarbiya jarayonini to„g„ri, ilmiy 
asosda tashkil etishni talab qiladi. Buning uchun esa talim jarayoni va bola 
shaxsi taraqqiyotining o„ziga xos psixologik qonuniyatlarini yaxshi bilish kerak 
bo„ladi. 
Bola jamiyatning a‟zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy 
muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari o„ziga xos 
xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi ham rivojlanadi. Ana shu rivojlanish 
natijasida uning ongi go„dakning dastlabki oddiy aks ettirish (in‟ikos) tarzdagi 
sodda ongidan balog„atga etgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, 
odamlarni aniq, yaqqol to„la va anglab aks ettirish darajasigacha rivojlanadi. 
Xulosa sifatida aytish joizki, agar umumiy psixologiya psixika haqidagi, 
psixikaning zohir bo„lish va taraqqiyot qonuniyatlari haqidagi fan bo„lsa, Yosh 
davrlar va differensial psixologiya turli yoshdagi bolalarning o„qish faoliyatini,
ularning psixik taraqqiyoti va psixologik xususiyatlari haqidagi fan bo„lib,
Yosh psixologiyasi va differensial psixologiya shaxsning kamol topishi 
jarayonida psixik faoliyatning individual xususiyatlari taraqqiyoti, fe‟l-
atvorlarini va umuman shaxsni kamol toptiradigan shart-sharoitlarini ham 
o„rganadi desak mubolag„a bo„lmaydi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin