17-mavzu. Ontogenizning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 21,5 Kb.
səhifə1/2
tarix08.04.2023
ölçüsü21,5 Kb.
#94871
  1   2
17-mavzu


17-mavzu. Ontogenizning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar.
Reja:
1. Yosh davrlari klassifikasiyasi
2. Har bir yosh davrining o’zigaxos psixologik rivojlanishi
3. Yosh davrlari krizislari va psixologik o’zgarishlar
4. Har bir yosh davridagi shaxslarni to’g’ri shakllantirishda ma’rifiy tadbirlar va bilimdonlikning o’rni

«Farzandlaringizni ilm va odobini, o’zingizning ilm va odobingiz bilan cheklamang, ularni kelgusi zamon uchun tayyorlang, chunki ular sizning zamonangizga tegishli emas, ular kelgusi odamlardir».
(Aflotun)
Yosh psixologiyasi muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda o’rganish maqsadida o’tgan allomalarmizning asaralarida yoritilgan shaxsning psixik holati rivojlanishi va ijtimoiy hayot o’zgarishlari jarayonida ruhiy holatining taraqqiyoti to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan, jumladan ushbu masalalar to’rt xil manbada yoritilganligi bizgacha ma’lum:
1. xalq ijodiyoti: - rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar;
2. maxsus ijodkor kishilar (hukmdorlar) muayyan shaxsga bag’ishlab yozgan o’git- nasixatlar va hikoyatlar;
3. – qomusiy, O’rta Osiyo ilmiy nazariy qarashlarida;
4. turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodida o’z aksini topgan. Masalan, Abu Nosir Farobiyning inosn va uning psixikasi haqidagi axloqi-falsafiy mushohadalari “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar” va boshqa asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o’zining “O’tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarini keltiradi. Inb Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizimning tuzilishi, undan nervlar va nerv yo’llari, fizologik jarayonlar bilan bog’liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Shu jumladan; Yusuf Xos Xojibning “Qutadig’i bilig”, A.Jomiyning “Silsilatuz zahob”, Davoniyning “Axloqi Jaloliy”, A.Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub” asarlarida insonning murkkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farg’oniy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqumiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvori, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan.
Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda K.D.Ushinskiy, N.F.Kapterev, I.A.Sikorskiy, A.P.Nachayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft kabi olimlar katta hissa qo’shganlar. K.D.Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeti”, N.F.Kapterevning “Pedagogik psixologiya”, I.A.Sikorskiyning “Bola ruhi”, A.P.Nechayevning “Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab ta’limiga munosabati” va boshqa ko’pgina asarlarda psixologik ilmiy tadqiqotni jadallashtirishgaxizmat qiladi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamalkatlari va AQSh da yosh psixologiyasi va pedagogik-psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems “O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat” (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni chuqur tahlil qiladi.
2. Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining “davrlarini” taklif etavergan. Bu tushunarli, zero, insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish – “davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan). Masalan, juz’iy klassifikasiyaga Shveysariyalik psixolog J.Piaje (1896-1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o’rganishni tavsiya qiladi:
1. Bola – tashqi muhit – ma’lumotlarni qayta ishlash.
2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimioiy davr.
3. Intellekt: a) sensomotor – 2 yoshgacha; b) operasional davrgacha – 2-7 (8); v) yaqqol davri – 7 (8) – 11 (12)yoshgacha; g) rasman (formal) operasiya davri – 11 (12) – 15 yoshgacha.bu davrda bola nafaqat bevosita ko’rib turgan narsasi, balki mavhum tushunchalar va so’zlar vositasida ham fikr yurita oladi.
D.B.El’koninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning taraqqiyotini davrlarga bo’lish tamoyillariga asoslanadi. Bu klassifikasiyalarda bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart-sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talabalari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi.
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Xalqaro Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. Psixolog B.G.Ananyev, E.Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga asoslangan bo’lib, umumlashtirilgan toifalashdir.


Yüklə 21,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin