I bob. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni so’zlashuv nutqini rivojlanishining ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/5
tarix08.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#109669
  1   2   3   4   5
nutqni rivojlantirish



MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….…3
I BOB. ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI SO’ZLASHUV NUTQINI RIVOJLANISHINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
1.1.Zaif eshituvchi bolalarni so‘zlashuv nutqini rivojlantirishning ilmiy nazariy ahamiyati …………………………………………………………………………..5
1.2. Zaif eshituvchi bolalarni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish usullari.…..……..12
II BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI OG’ZAKI NUTQINI SHAKILLANTIRISHNING KOREKSION AHAMIYATI.
2.1. Zaif eshituvchi bolalarni og’zaki nutqini shakillantirishda o’yin metodlaridan foydalanish..………………………………………………………...…………….37
2.2. Zaif eshituvchi bolalarni so‘zlashuv nutqini o‘stirishda koreksion ishlarni rivojlantirish……………………………………………………………………....43
XULOSA ……………………………………………………………………..…..51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI………………………….52


KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikni qо‘lga kiritgan davrni sarhisob qilsak, hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini kо‘zlash va himoyalash jarayonida jamiyatimizning alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni boshqa barcha fuqarolar bilan teng imkoniyatlarga ega bо‘lishini ta’minlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish, tо‘laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, о‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish davlatimiz insonparvarlik siyosatining asosiy mazmunini tashkil etadi. 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qо‘llab –quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi nogironlarni davlat tomonidan qо‘llab – quvvatlash, ularni tо‘laqonli ta’lim olishi, jamiyat tomonidan qо‘llab – quvvatlanishi, ularni sog‘lomlar qatorida jamiyatga uyg‘unlashib, ijtimoiy hayotda moslashib ketishiga oid chora-tadbirlarni takomillashtirishni kо‘zda tutadi.
2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishni beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning tо‘rtinchi ustuvor yо‘nalishida “aholini ijtimoiy himoya qilish, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlanishi ”ni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi. Xususan eshitishda nuqsoni bо‘lgan shaxslarni og‘zaki nutqini muloqat quroli sifatida rivojlanitirish orqali ularni ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga qodir bо‘lgan yosh avlod sifatida tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng kо‘lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yо‘lda safarbar etish lozimligi bilan ifodalanadi. Zamonaviy maxsus ta’lim tizimining nazariy asoschisi L. S. Vigotskiy eshitishning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan soqovlik – insoniy nutqning mavjud bо‘lmasligini keltirib chiqarsa, о‘z navbatida, nutqni egallay olmaslik umumiy madaniy rivojlanishga katta salbiy ta’sir kо‘rsatishini alohida qayd etadi. Eshitishida muammoci bо‘lgan bolalarni atroflicha о‘rgangan R .M. Boskis eshitish analizatori funksiyasining nisbatan oz buzilishi – shivirlashni, idrok etish imkoniyatining chegaralanishi ham bola nutqining meyorda rivojlanishiga, buning oqibatida mantiqiy tafakkurining shakllanishiga tо‘sqinlik qilishini kо‘rsatib о‘tadi. 2 Malakali o‘qituvchi – surdopedagoglarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlarinnng defektologiya bo‘limlarida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin