Jamiat sotsial tizim sifatida sotsial munosabatlar



Yüklə 48,17 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü48,17 Kb.
#122370
Jamiat sotsial tizim sifatida sotsial munosabatlar


Jamiat sotsial tizim sifatida sotsial munosabatlar
Reja:
1. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi
2. Jamiat sotsial tizim

Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi bu ijtimoiy tizimlar va ularning elementlari ŏrtasidagi ijtimoiy aloQalar turini tashkil Qiladi. Ijtimoiy munosabatlar mafkurasini ifodalaydi hamda turli ijtimoiy guruhlar, mehnat taQsimoti, ijtimoiy institutlar xarakterini aks ettiradi.


Jamiyat, uning tizimlari ŏziga xos tarkibiy tuzilishga ega bŏlib, ularning asosiy komponenti inson hisoblanadi. Kishilar ijtimoiy hayotining turli sohalarida – iQtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, oila turmushda faoliyat kŏrsatadilar. Ularning asosida esa ijtimoiy tarkiblar tuziladi. Ijtimoiy tizimlarning murakkabligi, tarkibidagi elementlarning soni kŏpligi bilan emas, balki, asosan, bu elementlar ŏrtasidagi ŏzaro aloQa va munosabatlar xarakteri bilan belgilanadi.
Har Qanday ijtimoiy jarayonlar inson faoliyati bilan boG’liQ muayyan ijtimoiy birlik sifatida uyushgan kishilarning katta-katta guruhlari: (sinflar, millatlar, milliy-etnik, ijtimoiy-demografik; nisbatan kichik tizimlar: ŏQuv-tarbiyaviy, oila-turmush va boshQa guruhlar; ijtimoiy tashkilotlar, birlashmalar, ittifoQlar) – jamiyatning ijtimoiy tarkibini tashkil Qiladi. Ular tarixiy rivojlanish bosQichlarida turli ijtimoiy asoslarda shakllanadilar. Yashash sharoitiga, rivojlanish xususiyatlariga, ijtimoiy ehtiyojga, manfaatlarga va muayyan maQsadga ega bŏladi. Ijtimoiy tizimlar zanjirida turli ŏziga xos halQaga ega bŏladilar. Ichki tashkiliy tuzilishi, xarakteri, funktsional va rivojlanish darajasi, turmush tarzi, faoliyat shakli va usullari bilan Qadriyatlar tizimi, norma, G’oyalari, Qarashlari va boshQa jihatlari bilan farQ Qiladilar.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibini konkret – tarixiy davr kesimida olib Qarash talab Qilinadi. Chunki, turli tarixiy davrlar ijtimoiy tarkibi ŏzaro sifat va xususiyatlari bilan farQ Qiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini sotsiologik jihatdan ŏrganishda uni uch ma’noda: eng umumiy, maxsus keng va xususiy tor ma’noda olib Qarash zarur.
Umumiy ma’nodagi ijtimoiy tarkib – jamiyatning bir butun tarkibini tashkil Qiladi. Ikkinchi maxsus keng ma’nodagi ijtimoiy tarkibga ijtimoiy-tarixiy birlik majmuasi va ular ŏrtasidagi aloQa, munosabatlar kiradi. Bu tarkib milliy-etnik, ijtimoiy-demografik, mutaxassislik va boshQa shu kabi kishilar guruhlarini ŏz ichiga oladi. Tor, xususiy ma’nodagi ijtimoiy tarkib tushunchasiga mehnat jamoalari, hududiy birlik, nisbatan tez ŏzgaruvchan guruhlar kiradi.
«Sotsiologiyaning umunazariy muammolari» asarida amerikalik sotsiolog T.Parsons jamiyat tarkibiy tuzilishining funktsional modelini ishlab chiQdi. Unga muvofiQ, har Qanday ijtimoiy tizim Quyidagi tŏrtta tarkibiy ierarxik darajadan iborat: «Birlamchi» yoki «texnik» daraja ijtimoiy tizim elementlarining bevosita aloQadorligini ifodalaydi.
BoshQaruv yoki «menedjerial» daraja, birlamchi darajadagi ijtimoiy tizimlar elementlarining ŏzaro aloQadorligini tartibga solib turadi. Bu daraja tashQi tarkibiy aloQalar bŏG’inlari bilan munosabatlar ŏrtasida vositachilik rolini bajaradi. Ijtimoiy tartibni nazorat Qiladi, kuzatadi, kishilarning moddiy jihatdan ta’minotini boshQaradi.
«Institutli», daraja yanada umumiyroQ, masalalar bilan shuG’ullanadi. Bunga turli boshQaruv institutlari va rahbariyat, ma’muriy idora organlari, ularning vakillari kiradi.
Oliy darajadagi, umudavlat darajasidagi jamiyat tashkilotlari. Bunga davlat, hokimiyat, huQuQiy va boshQa tashkilotlar kiradi. Ular Quyi darajalar ustidan nazorat Qiladi va ularni tartibga keltiradi. Parsons sotsiologik maktabi Qarashicha, jamiyat hayotidagi funktsional tizimlardan iborat. Bu maktab vakillari dinning jamiyat hayotidagi funktsional ahamiyatiga ham baho berganlar. Din – jamiyatning «bir butun» holda bŏlishiga xizmat Qiladi- deb ateizmga jamiyatning bir butunligini buzuvchi, nomutanosibligini keltirib chiQaruvchi omil sifatida Qarashgan.
Sotsiologiyada ijtimoiy birlik tushunchasi ostida jamiyat ijtimoiy tarkibidagi barcha tizim va elementlarni tushunish mumkin. Ular ŏzaro xarakteri, ijtimoiy kŏlami va jamiyat hayotida tutgan ŏrni bilan farQ Qiladi.
Sotsiologiyada jamiyat hayotini ŏrganishda ijtimoiy tashkilotlar, institutlar kabi tushunchalardan ham foydalaniladi. Sotsial institut /lotincha – institutum, ruscha luG’aviy ma’nosi - ustanovleniya/ ŏzbekcha ma’nolarda, birinchidan nizom, Qoidalar yoki ularning tŏplamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sotsial institut tushunchasi sotsiologiyaga huQuQshunoslik fanidan kirib kelgan. Yurisprudentsiyada sotsial institutlar deyilganda,- ijtimoiy-huQuQiy munosabatlarni idora Qiladigan huQuQiy normalar /merosxŏrlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari/ tushuniladi.
Sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farQlash lozim. Yuzaki kŏrinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga kŏra esa, sotsial institut shaxslarning konkret vaziyatlarda amal Qiladigan maQsadga muvofiQ, rasmiy va norasmiy, barQaror, standartlashgan tamoyil, normalar, ŏrnashmalarini bildiradi.
Sotsial institut, QisQacha ta’rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyatsiya Qilinadigan faoliyatlarini anglatadi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyatdagi vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat maQsadi, unga erishishni ta’minlovchi konkret funktsiyalar, ushbu institutga xos bŏlgan sotsial pozitsiya va rollar, shuningdek, maQsadga muvofiQ, kerakli hatti-harakatlarni raG’batlantiruvchi deviant /oG’ma/ hatti-harakatlarga Qarshi Qaratilgan taziyiQlar /sankatsiyalar/ tizimi tavsiflanadi.
Jamiyatning iQtisodiy, siyosiy, ma’naviy, hukukiy va halQaro sohalariga xos bŏlgan sotsial institutlarni ajratib kŏrsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini, iQtisodiy institutlar esa moddiy ne’matlarning ishlab chiQarilishining taQsimlanishini ta’minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri – oila hisoblanadi. Uning faoliyati /ota-onalar, ota-onalar va bolalar ŏrtasidagi tarbiya usullari/ huQuQiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadi. Bundan tashQari jamiyatda bir Qator ijtimoiy-madaniy institutlar /maorif, soG’liQni saQlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan, din institutlari/ amal Qiladi. Sotsial institutlar sotsial muhit bilan ŏzaro ta’sirda bŏladi. Bu ŏzaro ta’sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida ham bŏlishi mumkin. Har Qanday real jamiyatda normativ tartibotga bŏysunmaydigan anomik hodisalar bŏlish tabiiydir. Amal Qilish doirasi va vazifalariga Qarab sotsial institutlarning Quyidagi kŏrinishlarini ajratib kŏrsatish mumkin: Relyatsion institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashG’ulot turi va Qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniQlab beradi; Integrativ /uyG’unlashtiruvchi/ sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini Qondirishga mas’ul bŏlgan sotsial rollarni ifodalaydi; An’anaviy sotsial institutlar.bu institutlar odat, marosimlar va Qarindosh-uruG’chilik tomonidan Qat’iy belgilangan normalar bilan boG’liQdir. Madaniy sotsial institutlar. Din, san’at, adabiyot bilan boG’liQ; Sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari Quyidagilardan iborat: a/ jamiyat a’zolarini takror ishlab chiQarish, Qaytadan tiklash; b/ sotsializatsiya /individga ijtimoiy ahamiyatli bŏladigan Qadriyat va normalarni etkazishning turli xil shakllar/; v/ tartibga rioya Qilish va ahloQni saQlab turish; Jamiyat taraQQiyotning har bir bosQichi unga mos bŏlgan muayyan sotsial institutlar amal Qilishini taQazo etadi. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi tomon Qadam tashlayotgan mustaQil mamlakatimizda yangi maQomga monand bŏlgan sotsial institutlar shakllanishi jarayoni rŏy bermoQda. Bular iQtisodiy sohada – bozor iQtisodiyoti amal Qilishiga xizmat Qiladigan sotsial institutlar, siyosiy sohada – demokratik hokimiyat turli bŏG’inlari faoliyatini ta’minlovchi sotsial institutlar, jamiyat barcha jabhalariga yangi jamiyat tarziga hozirlovchi turli xil sotsial institutlardir. Prezident I.A.Karimov izchil tadbiQ Qilayotgan kontseptsiyaga muvofiQ, yangi sotsial institutlar an’anaviy sotsial institutlarga mutlaQo Qarama-Qarshi Qŏyilmasdan, balki jamiyatimizning ŏtmishi, hozirgi va kelajagi vorisligini ta’minlashga xizmat Qiladigan, jamiyatdan begonalashmagan, mamlakatimiz mintaQasiga mos keladigan sotsial institutlar faoliyatiga yŏl ochib berilmoQda. Sotsial institutlari singari sotsial tizim amal Qilishini ta’minlaydigan ijtimoiy strukturaning asosiy «hujayra» laridan biri sotsial tashkilotlardir. Sotsial institutlardan farQli ravishda, sotsial tashkilotlar odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushuniladi.
Sotsial tashkilotning boshQa sotsial guruhlashuvlardan farQi uni tashkil etuvchi individlar Qat’iy ravishda muayyan sotsial rol’ va pozitsiyalarni ijro etishlaridadir. Sotsial tashkilotlar individlarning ehtiyoj va manfaatlarining ma’lum bir Qat’iy me’yorda Qondirilishiga xizmat Qiladi. Sotsiologiyada maxsus yŏnalish sotsial tashkilotlar ikki bŏladi: rasmiy va norasmiy tashkilotlar ajratiladi. Rasmiy tashkilot maxsus ma’muriy apparatga ega bŏladi. Bu ma’muriy apparatning asosiy vazifasi – tashkilot mavjudligini ta’minlash. Bunday individ birinchi navbatda shaxs emas, balki maxsus sotsial rolni ijro etuvchi tashkilotning bŏlagidir. Tashkilot nechoG’lik katta va murakkab bŏlsa, ma’muriy apparat ham shu darajada murkkab vazifalarni bajaradi. Tashkilotning byurakratlashuv darajasi ma’muriy muammolarni hal Qilish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maQsadiga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miQdorlarining nisbatiga boG’liQdir. Ayrim hollarda ma’muriy maQsadlar tashkilotning asl maQsadlarini mutlaQo chetlashtirishlari ham mumkin. Bunday hol tashkilotda jamiyatga emas, balki ŏz-ŏziga xizmat Qlishga «beparvolik»ka olib keladi. Sotsial tashkilotlarda Qat’iy byurokratik tamoyillarga asoslangan tashkiliy ierarxik /tashkilot a’zolarining bir-biriga nisbatan bosQichma-bosQich rasman tobelikda/ munosabatlardan tashQari norasmiy munosabatlar ham mavjuddir. Bu munosabatlar Qat’iy ma’muriy Qoidalar tizimi sharoitida tashkilot samaradorligini oshiradi va Quyidagi ijobiy vazifalarni bajaradi: ish vazifasiga kŏra bŏysinuvchi individlar va mansabdor shaxslar ŏrtasida vujudga kelishi mumkin bŏlgan ziddiyatlarni yumshatadi, tashkilot a’zolarining birdamligini mustahkamlaydi, shaxsiy Qadr-Qimmat hissini saQlab Qoladi. Sotsiologiyada tashkilotlarni tahlil Qilishda uch asosiy yondoshouvni ajratib kŏrsatish mumkin: ratsional, tabiiy v neratsional yondashuvlar. Ratsional yondashuv nuQtai nazaridan tashkilot «asbob» aniQ Qŏyilgan maQsadlarga erishish vositasi deb Qaraladi. Tashkilot bu holda bir-birlarini almashtirishlari mumkin bŏlgan, lekin bu bilan tashkilotning butunligiga, yaxlitligiga daxl etmaydigan alohida mustaQil bŏlaklar yiG’indisi, majmui deb Qaraladi. Ratsional yondashuv kŏp hollarda tashkilotda mavjud bŏlgan norasmiy munosabatlarni inobatga olmaydi. Ratsional yondashuv farQli ŏlaroQ, tabiiy yondashuv tarafdorlari tashkilotni «tabiiy butunlik», ŏziga xos organizm sifatida ŏrganadilar. Bu organizm uchun tabiiy ŏsish, ŏz mavjudligini davom ettirish va tizim muvozanatini saQlab Qolishga intilish xosdir. Bu nuQtai-nazarga kŏra, tashkilot Qŏyilgan maQsadlariga erishgandan keyin ham ŏz mavjudligini davom ettirishi mumkin. Asosiy vazifa tashkilotdagi muvozanatni ta’minlashdir. Tashkilotga tabiiy yondashuvda norasmiy munosabatlarga kŏproQ e’tibor beriladi. Har ikki yondashuvning ijobiy tomonlarini Qŏshishga intilish natijasida yangi yondashuv – tashkilotning neratsional modeli vujudga keldi. G’arb sotsiologiyasida Blau, Gouldner va boshQalar ratsional va tabiiy yondashuvni Qŏshishni, tashkilodagi ratsionallik va norasmiy munosabatlarni uyG’unlashtirishni yoQlab chiQishdi. Ingliz sotsiologlardan biri A.R.Radkliff-Braun jamiyatni faoliyatdagi tirik organizm sifatida Qarab, uning tarkibiy tadQiQi ijtimoiy birliklar funktsiyasi tadQiQidan ajralmas, deb hisoblaydi. U jamiyatning Quyidagi asosiy tarkibiy tuzilishini boshlanG’ich asos sifatida olib Qaraydi: Jamiyat mavjud bŏlishi va yashashi uchun uning a’zolari ŏrtasida minimal birdamlik bŏlishi zarur; ijtimoiy hodisalarning funktsiyasi ijtimoiy guruhlar ŏrtasida birdamlikni, hamjihatlikni yaratish, tutib turish va shunga xizmat Qlishdan iborat.

  1. Shundan kelib chiQib, ijtimoiy tizimlarning Qismlari, elementlari ŏrtasida ŏzaro munosabatlarning minimal darajagacha birligi va muvofiQligi saQlanishi zarur.

  2. Jamiyatning har Qanday tipi inson faoliyatining turli kŏrinishlari va tarkibiy jihatlarini namoyon Qiladi, hamda ularning muvofiQligini saQlab turadi.1

Radkliff-Braunning yuQorida kŏrsatilgan kontseptsiyasini har Qanday kŏrinishdagi ijtimoiy tarkib va ijtimoiy voQelikdagi tartibli tizimga tadbiQ Qilish imkoniyati bor. Jamiyat ijtimoiy tarkibiy tuzilishini ŏrganishga tarkibiy-funktsional yondashish ijtimoiy tizimlarining nafaQat oshkora funktsiyalarini, balki oddiy munosabatlarda kŏzga tashlanvermaydigan yashirin, salbiy xarakterdagi funktsiyalarini ŏrganishni, ularni bartaraf etish yŏllarini, neytrallashtirish imkoniyatlarini izlab topish vazifasini ham ichiga oladi. Ijtimoiy rivojlanishning tarkibiy funktsional ziddiyatlagini aniQlash, tadQiQ Qilish masalasi ham ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasida muhim ŏrin tutadi. Sotsiologik tadQiQotlar orQali bunday ziddiyatlarini hal etib borish jarayonida olingan har Qanday sotsial ob’ektning ichki tuzilishiga putur etkazmaslik, ijobiy funktsiyalarini saQlab Qolish juda ham muhimdir.
Har bir ijtimoiy guruh, ayrim olingan shaxs, ham jamiyat ijtimoiy tarkibida ŏz ŏrniga ega bŏladi. Shaxs ŏzining jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiQishi, ma’lumoti, mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va boshQa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibiga kiradi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi – ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy hayotdagi ŏz mavQei bilan farQ Qiluvchi tomonlari majmuasidan iboratdir. Juda Qadim zamonlarda jamiyat turli guruhlardan iborat bŏlgan. Masalan, Qadimgi Hindistonda jamiyat yuQori tabaQa – braxmanlar, ŏrta tabaQa – kshatriylar/jangi toifasi/ va shudralar /Qora xalQ/dan iborat guruhlarga ajratilgan. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun eramizdan avvalgi IV asrda jamiyat a’zolarini 3 guruhga ajratib kŏrsatgan: faylasuflar /yuQori tabaQa bŏlib, davlatni boshQaruvchilar sifatida/, harbiy jangchilar va Quyi tabaQa – Qullar.
G’arb sotsiologiyasida jamiyat ijtimoiy takribi sotsial stratifikatsiya tushunchasi asosida ŏrganiladi. Stratifikatsiya / lotincha strato – Qatlam va fatsio – bajarish ma’nosini anglatadi/ G’arb sotsiologiyasining asosiy tushunchalaridan biri va maxsus sohasi bŏlib, jamiyat ijtimoiy tarkibining ijtimoiy tabaQalarga, guruhlarga ajratilganini, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ifodalaydi. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi marksizm sotsiologiyasining sinflar va sinfiy kurash nazariyasiga zid bŏlib, jamiyatning sinflarga bŏlinishi sababi mulkiy munosabatlarda ekanligiga tabiiy-tarixiy Qonuniyat sifatida Qaraydi. Bu sinflarni ijtimoiy Qatlamlar va guruhlarning ma’lumoti, psixologik jihatlari, turmush sharoiti, ijtimoiy bandlik, daromadi va shu kabi xususiyatlari bilan farQlaydi. Sotsial stratifikatsiya nazariyasida bir xil, bitta alomati bilan ŏzaro farQ Qiluvchi guruhlarni ŏrganishda «bir ŏlchovli stratifikatsiya» bilan, kŏplab xususiyatlari orQali farQ Qiluvchi guruhlarni «kŏp ŏlchovli stratifikatsiya» dan ajratib kŏrsatiladi. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi dastlab E.Dyurkgeym, G.Spenser, F.Giddings, P.Sorokinlarning ilmiy faoliyati natijasida shakllandi va rivojlandi. E.Dyurkgeym ŏzining «ijtimoiy mehnat taQsimoti» (1893) asarida shunday yozadi: «Ŏz-ŏzidan, tabiiy kuch asosida kishilar layoQatiga kŏra farQ Qilinadilar. BoshQacha bŏlishi mumkin emas. Shunday Qilib, har bir individning layoQati va ularning holati ŏrtasida uyG’unlik tarkib topadi».1 P.Sorokin ham «Sotsiologiya tizimi» asarida sotsial stratifikatsiya xususida shunga ŏxshash fikr bildirgan. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi amerikalik sotsiolog T.Parsons tomonidan yanada rivojlantirildi. «Stratifikatsiya, - deb yozadi T.Parsons, - ijtimoiy tizim tarkibiy ziddiyatining asosiy yuzaga keltiruvchisi».2 Hozirda B.Barber, D.Bell, V.Vil’chek, R.Darendorf, G.Mireal, O.Toffler, A.Turen, L.Uorner kabi yirik Amerika va G’arbiy Ovrupo sotsiologlari sotsial stratifikatsiya nazariyasining rivojlanishi ŏz hissalarini Qŏshganlar. Sotsial stratifikatsiya nazariyasining namoyondalari hozirda G’arb mamlakatlarida jamiyatni burjuaziya va proletariatdan iborat antoganistik sinflarga bŏlinganligini rad etadilar. Uning ŏrniga jamiyat «yuQori», «ŏrta» va «Quyi» sinflar va ijtimoiy Qatlamlarga bŏlinganligi tŏG’risidagi kontseptsiyani ilgari suradilar. Masalan, G’arbiy Germaniyalik sotsialog R.Darendorf jamiyatni boshQaruvchi va boshQariluvchilar toifasiga ajratib kŏrsatadi. Ŏz navbatida boshQaruvchilar toifasi ikki guruxdan: mulkdor boshQaruvchilar va mulkdor bŏlmagan boshQaruvchilar – ma’muriy byurokrat menedjerlardan iborat, hisoblaydilar. BoshQariluvchilar toifasi ham ikki guruhdan: yuQori – «ishchi aristokratiyasi» va Quyi – malakasi past darajadagi ishchilardan iborat. Bu ikki ijtimoiy toifa ŏrtasida «yangi ŏrta sinf» mavjud bŏlib, u boshQaruvchilar va ishchi aristokratiyasining Qŏshilishidan shakllanmoQda, deb fikr bildiradi. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi hozirgi zamon sotsiologiyasida differentsiatsiyaning murakkab tarkibi va tizimlarini ŏrganishda muhim ahamiyatga ega. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi turli ijtimoiy birliklar ŏrtasida ŏzaro muonsabatlarni ham ifodalaydi. Masalan, ijtimoiy-sinfiy, guruhlararo /sinflar, ijtimoiy guruhlar tabaQalar, Qatlamlar/, ijtimoiy-demografik /yoshlar, ŏrta yoshlilar, keksalar, ayollar, erkaklar/, ijtimoiy-etnik /millatlar, halQlar/, ijtimoiy-professoinal /kasbga Qarab: ŏQituvchilar, injenerlar, tibbiyot xodimlari, temirchilar, kosiblar va shu kabi/ va ijtimoiy-hududiy /mintaQa, shahar, QishloQ, tuman, mahalla aholisi/ shular jumlasidandir.
Jamiyat ijtimoiy tarkibidagi ijtimoiy guruhlar ŏzaro moddiy ne’matlarning taQsimoti va iste’mol Qilish darajasi bilan farQ Qiladi. Bu darajalarni sotsiologiya doirasida ŏrganish davlatning ijtimoiy siyosat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ŏrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat Qiladi. Demak, sotsiologiyada ijtimoiy guruhlar hududiy, tarmoQli /soha/ va ijtimoiy mavQe kabi yŏnalishlarda tadQiQ Qilinadi. Masalan, markaziy shaharlarda, poytaxtda yashovchi aholi turmush sharoiti tuman markazlari va QishloQ sharoitida yashovchi aholi turmush sharoitidan keskin farQ Qiladi. Shu jihatdan, ayrim markaziy shaharlar aholisining turmush darajasi, iste’mol darajasi, madaniy va maishiy imkoniyatlari ayrim viloyat shahar va QishloQlarining aholisining turmush darajasi yuQori. Ŏz navbatida, har bir hududiy birlikda yashovchi aholi tarkibi ham ŏzaro soha va mavQei darajasi, iste’mol darajasi, madaniy va maishiy imkoniyatlari bilan farQ Qiladi. YuQori Qatlamdagilarning turmush darajasi Quyi Qatlamdagilardan baland bŏladi. Bu esa kishilarning, ijtimoiy guruhlarning Quyidan yuQori darajaga tabiiy ongli intilishiga olib keladi. Shu ŏrinda G’arb sotsiologiyasida keng ŏrganiladigan sotsial mobillik tushunchasi xusuida tŏxtalib ŏtish talab etiladi. Sotsial stratifikatsiya nazariyasiga asos solgan va uni yanada rivojlantirishga ŏz hissalarini Qŏshgan, yuQorida nomlari keltirilgan G’arb sotsiologlari sotsial mobillik tŏG’risida ham ŏz fikrlarini bildirganlar. P.Sorokin ŏzining “Inson. Tsivilizatsiya. Jamiyat” asarida alohida bobni sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillikka baG’ishlagan. “Sotsial mobillik” tushunchasi sotsiologiyaga birinchi bor 1927 yilda P.A.Sorokin tomonidan kiritilgan. Uning Qarashicha, sotsial mobillik kishilarning ijtimoiy poG’onalardan ikki yŏnalish bŏyicha harakat Qilishidir. Birinchisi, vertikal yŏnalishda bŏlib, unda yuQori va past darajalarga Qarab, ikkinchisi esa gorizontal yŏnalishda bŏlib, unda bir ijtimoiy darajadagi ŏzgarishni anglatadi. Frantsuz sotsiologlari P.Bertu va R.Burdonlar ham sotsial mobillikning jamiyat hayotining rivojlanishidagi muhim ahamiyatini kŏrsatib berganlar. Keyingi yillarda rus sotsiologlaridan akademik T.I.Zaslavskaya va professor R.V.Rivkinalar ham sotsial mobillikning Rossiya ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini tadQiQ QilmoQdalar. Sotsial mobillik deb ayrim shaxs yoki guruhlarning jamiyat tarkibidagi ŏz ŏrnini, mavQeini ŏzgartirishiga aytiladi.
Sotsial mobillik ijtimoiy rivojlanish Qonunlarining amal Qilishi bilan boG’liQ bŏlib, ayrim shaxs va guruhlarning ijtimoiy mavQeining Quyiga yoki yuQoriga ŏzgarib borishini ifodalaydi.
Sotsial mobillik vertikal va gorizontal tartibda bŏlishi mumkin. Vertikal sotsial mobillik – ijtimoiy mavQe tizimida yuQori yoki pastga Qarab ŏzgarib borishidir. Gorizontal sotsial mobillik – individ yoki guruhning ijtimoiy daraja bŏylab ŏzgarishini ifodalaydi. Sotsial mobillikda asosiy va asosiy bŏlmagan, ikkinchi darajali zaruriy va tasodifiy, ommaviy va xususiy kabi kŏrinishlar va yŏnalishlar mavjud.
Bir avlod bŏyicha, ikki /ota va bolalar/, uch /bobo, ota va bolalar/, avloddagi ijtimoiy pozitsiyaning ŏzgarishini ifodalaydigan sotsial mobillik ham amal Qiladi. TŏlaQonli demokratiya sharoitdagina soitsal mobillik uchun imkoniyat yaratiladi. Siyosiy istibdodga asoslangan G’arb mamlakatlarida esa sotsial mobillik uchun sharoit bŏlmaydi. AQSh va demokratik tuzumga asoslangan G’arb mamlakatlarida jamiyatning tabaQalashtirilgan tŏsiQlari olib tashlanib, ijtimoiy erkinlik uchun keng imkoniyatlar yaratilib borishi bilan ijtimoiy guruh va ayrim shaxslarning sotsial mobillik darajasi ham ortmoqda. Sotsial mobillikda ma’lumotning, ŏz kasbini puxta egallash va tadbirkorlikning ahamiyati katta. Hozirgi bozor munosabatlariga ŏtish jarayonida, eski ma’muriy – buyruQbozlikka asoslangan tuzumning emirilib, yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanib kelayotganligi natijasida sotsial mobillik jamiyatimiz a’zolarining faolligining, ijtimoiy munosabatlarning kuchayuvida stimul bŏlib xizmat Qiladi. Shuningdek, u shahar bilan QishloQ, aQliy mehnat bilan jismoniy mehnat ŏrtasidagi aloQadorlikni kuchaytiradi.
Sotsial mobillik kontseptsiyasiga kŏra, demokratik tuzum sharoitida kishilar ŏzlarining shaxsiy QiziQishlari, tirishQoQliklari bilan jamiyat ijtimoiy tarkibidagi mavQelarini yaxshilab borish imkoniyatiga ega bŏladilar. Jamiyat taraQQiyotida uning tarkibiy tuzilishi, funktsional aloQadorlik ŏzining «tabiiy Qonunlari», evolyutsion rivojlanishi, ijtimoiy sohalarining bir maromdagi mutanosibligi asosidagina rivojlanib borishi zarurligini hayot kŏrsatadi. Endilikda sotsial revolyutsiyalar davri ŏtdi. Insoniyat yuQori intelektual taraQQiyot bosQichiga Qadam QŏymoQda. Ijtimoiy taraQQiyotning bu bosQichi yangi, ŏziga xos Qonuniyatlar asosida borishi turgan gap. Jamiyat ijtimoiy tarkibi sotsiologiyasining yana bir yŏnalishi – mamlakat xalQ xŏjaligida band bŏlgan ijtimoiy guruhlar tarkibini ŏganish hisoblanadi. Aholini uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, ish haQi darajasi, maishiy xizmat turlari va ularning xizmat turlari va ularning xizmat kŏsatish darajasi kabilar ijtimoiy bandlik tarkibiga ta’sir Qiluvchi omillar hisoblanadi. Soha /tarmoQ/ yŏnalishdagi ijtimoiy tarkibga mutaxassislik, ta’lim darajasi kabilarni aniQlash nazarda tutiladi. Unda ijtimoiy mavQe nomenklatura printsipiga asoslaniladi. Bu ijtimoiy tarkib izchil ierarxik tuzilishga ega. Unda pastdan yuQoriga Qarab faollik kŏrsatish amal Qiladi. Uning har bir darajasi ŏzining moddiy mazmuniga ega. Shuning uchun ham kishilarda faol intilish xususiyati bŏladi. Mansab lavozimidan foydalanib, ŏz vazifasini suiste’mol Qilish hollarini ham ŏrganish muhimdir. Chunki, uning ŏsish yoki kamayish darajasi ijtimoiy tarkibning boshQa sohalariga jiddiy ta’sir kŏrsatadi. Korruptsiya, poraxŏrlik, sub’ektivizm, xizmat lavozimlarini sotib olish va sotish hollari ijtimoiy tarkibning soG’lom rivojlanishiga tŏsQinlik Qiladi, uni ichidan emiradi va jamiyatni chirishga, emirilishga olib boradi. Ijtimoiy tarkibda hududiy yŏnalish ham mavjud bŏlib, u mintaQaviy, viloyat, shahar, QishloQ, mahalla kabi hududiy birliklarni ŏz ichiga oladi. Bu tarkibiy birliklarda ayrim olingan hudud doirasida sotsiologik tadQiQot olib borish talab Qilinadi. Sŏnggi yillarda bu masalaga jiddiy QaralmoQda. AyniQsa, shahar, QishloQ, mahallaga oid muammolarni ŏrganish zarurati ortmoQda
Yüklə 48,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin