Sotsial munosabatlar. Reja: Sotsial munosabatlar tushunchasi, mohiyati va mazmuni. Sotsial munosabatlar turlari



Yüklə 134,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix22.12.2023
ölçüsü134,1 Kb.
#189182
  1   2   3   4   5   6   7
Sotsial munosabatlar



Sotsial munosabatlar. 
REJA:
 
1. Sotsial munosabatlar tushunchasi, mohiyati va 
mazmuni.
2. Sotsial munosabatlar turlari. 
 А).Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari 
 B).Sotsial – sinfiy munosabatlar 
 V).Sotsial – demografik munosabatlar 
 
3. Xulosa 
 
 
 
 


1. Sotsial munosabatlar tushunchasi, mohiyati va 
mazmuni. 
Sotsiologiya fani tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o‗rin 
tutadi. Chunki u orqali jamiyat a‘zolari bir-birlari bilan ma‘lum bir 
muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiya dagi bu 
maxsus soha o‗zining o‗ta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa 
muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar 
tomonidan to‗liq ilmiy va sistemali ravishda o‗rganilmagan hamda 
ilmiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy yo‗lning 
asosiy sabablaridan birinchisi, avvalo, sobiq Ittifoq falsafiy – 
sotsiologik 
adabiyotlarida 
bu 
masalaning 
bir 
yoqlama 
talqin 
qilinganligi bo‗lsa, ikkinchisi esa, ilg‗or g‗arb ijtimoiy adabiyotlarining, 
bu sohasi bo‗yicha to‗liq tadqiqot ma‘lumotlarining bizda yo‗qligidir.
Sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy 
ko‗rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud adabiyotlarni chuqurroq tahlil 
qilinadigan bo‗lsa, shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqorida 
ko‗rsatilgan fikrlarda qimmatli asoslar borligini bilsa bo‗ladi.
Sotsial munosabatlar tushunchasi ko‗pgina adabiyotlarda 2 xil 
darajada: keng va tor ma‘noda talqin qilingan. Keng ma‘noda tushunish 
– sotsial munosabatlarni butun bir ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan 
tenglashtirishdir va ular orasidagi farqlarga ko‗p e‘tibor bermaslik bilan 
bog‗liqdir.
Tor ma‘noda sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir 
muhim elementi va turi deb interpretasiya qilinadi. Sotsial munosabatlar 
keng ma‘noda quyidagicha ta‘rif bilan belgilangan
1

Sotsial munosabatlar – bu, tabiat hodisalaridan o‗laroq bo‗lib, unda 
ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir. 
O. Kont o‗zining pozitivistik ta‘limotida sotsial munosabatlar 
muammolarini xuddi biologik hodisalar usuli bilan o‗rganish 
prinsiplarini keng targ‗ib qiladi. Pozitivistik-naturalistik yo‗nalishning 
ashaddiy raqibi bo‗lgan fenomenologik sotsiologiya sotsial hayot va 
sotsial munosabatlarni bunday usulda talqin etganligi uchun O. Kont va 
uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. Naturalizmning va jiddiy 
kamchilik va xatoliklarini bartaraf etish uchun fenomenologik 
sotsiologiya, inson ongining faolligi bu muammolar yechimining asosiy 
omilidir, deb isbotlashga intiladi. Bu yo‗nalish vakillarining fikricha, 
faqatgina inson va uning tafakkuri tufayli sotsial voqelikni hamda 
1
«Умумий социология». Т.: ТошДУ, 1999, 79-бет. 


sotsial munosabatlarni konstruksiyalash (yaratish) mumkin. Chunki 
sotsial reallik va sotsial munosabatlar insonning interpretasion faoliyati 
orqaligina vujudga keladi. Fenomenologik sotsiologiyaning taniqli 
vakillaridan biri D. Silverman yuqoridagi g‗oyalarni asoslash uchun 
pozitivistik sotsiologiya nazariyasini tanqid qiladi. 
Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar 
o‗tdi, yangi jug‗rofiy-siyosiy maqomlar paydo bo‗ldi. Eng muhimi esa, 
totalitar tuzum barham topib, yangi davlatlar vujudga keldi, yangi 
jamiyatda bir partiyaviylik hukmronligi yemirildi va mustaqil suveren 
davlatlar barpo bo‗ldilar. Endi esa jamiyatdagi jarayonlarni, jumladan
sotsial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik prinsip orqali 
tadqiq qilish davri keldi. Bu tamoyil orqali, sotsial munosabatlarning 
muammo va vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug‗ildi. Ushbu 
ijobiy 
imkoniyatlarning 
hosili 
sifatida 
respublikamizda 
sotsial 
munosabat muammolari jahon ilmiy tafakkurining harxil yo‗nalish 
natijalari asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib ko‗rsatish mumkin.

Yüklə 134,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin