O’ZBEKISTONDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI.
KIRISH: ASOSIY QISM: "O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash" loyihasi.
2. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashyirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarini keng joriy etishchora-tadbirlari . 3. Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi.
XULOSA: FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
KIRISH: O'zbekistonda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi turli idoralar orasida tarqalgan. Bu holat ko'pincha ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchilar oilaning ehtiyojlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishi va qiyinchiliklarni engish uchun nima zarurligini bilishiga to'sqinlik qiladi. Ana shunday muammolarning oldini olish va aholining ijtimoiy himoyasini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi YUNISEF bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha loyihani boshladi. Loyiha dastlab oilaning ajralishi, kambag'allik, zo'ravonlik va chetlatib qo'yishning oldini olish uchun hamjamiyatlarga asoslangan ijtimoiy xizmatlarni rejalashtirish, amalga oshirish, etkazib berish va monitoring qilish bo'yicha eng yaxshi xalqaro tajribani qo'llagan holda Toshkent shahrining Olmazor tumanida va Toshkent viloyatining Angren shahrida sinovdan o'tkaziladi. Ishlarni boshqarish (keys menejment)ga asoslangan yaxlit ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatishni maqsad qilgan ushbu loyiha doirasida hamjamiyat ijtimoiy xodimlari hozirgi kunda ko'plab vazirlik va idoralar tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xizmatlarini muvofiqlashtiradigan bog'lovchi vosita bo'ladi. Loyiha ehtiyojlarni hisobga oladigan va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xizmatlarining odamlar ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilishini ta'minlaydigan tizim ishini ta'minlaydi. Sinov loyihasining natijalari ijtimoiy himoya sohasini isloh qilish dasturining asosi bo'lib, xususan, himoyani kompleks ta'minlash uchun institutsional bazani ishlab chiqish uchun qo'llaniladi. "Kuchli ijtimoiy himoya tizimi, kamsitishga qarshi, inson huquqlariga asoslangan va inklyuziv yondashuv asosida ishlaydigan yuqori malakali ijtimoiy xodimlar bilan birgalikda, O'zbekistondagi eng zaif odamlar, guruhlar va oilalar hayotida ijobiy o'zgarishlarga olib keladi,"- dedi YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o'rinbosari Joffri Idjumba. Keys menejment oilani har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun ehtiyojlarning yaxlit ko'rinishini va boshqa xizmatlar bilan bog'lanishni ta'minlaydi. Ko'pincha, bolalar va oilalar duch keladigan turli xil muammolarni hal qilish uchun davlat ijtimoiy yordam, nogironligi bo'lgan insonlarga yordam, kiyim-kechak, oziq-ovqat, o'quv anjomlari bilan qo'llab-quvvatlash, jamoat ishlarini o'tkazish kabi xizmatlarni taqdim etadi. Biroq O'zbekistonda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi turli idoralar orasida tarqalgan bo'lib, ko'pincha ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchilar oilaning ehtiyojlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishi va qiyinchiliklarni engish uchun nima zarurligini bilishining imkoniyati bo'lmaydi. Sinov tariqasidagi loyiha tuman va hamjamiyat darajalaridagi xizmat ko'rsatuvchilarga kundalik ishlarida ijtimoiy ish ko'nikmalari va kasbiy odob-axloq qoidalarini qo'llash imkoniyatini beradi. SHuningdek, u barcha uchun ijtimoiy himoya dasturlarini yanada yaxshiroq rejalashtirish va amalga oshirish uchun axborot boshqaruvi integrallashgan tizimini va yo'naltiruvchi mexanizmlarni yaratadi. "Loyihaning muhim jihatlaridan biri aholi muammolari echimiga mas'ul vazirlik va idoralarni jalb qilish, har bir muammoni o'z egasiga yo'naltirishdir. Ishni bu tarzda olib borish mahallalarda fuqarolar muammolari tezkorlik bilan manzilli bartaraf etilishiga, aholini ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga olib keladi", - dedi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining birinchi o'rinbosari Gulnora Maxmudova. "Biz xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatishga tayyor ekanligimizni bildiramiz,"- deya qo'shimcha qildi u.
Sinov loyiha doirasidagi faoliyat inklyuziv, ehtiyojlarga asoslangan va individual xizmatlardan foydalanishlari uchun aholining eng kam ta'minlangan, yordamga muhtoj qatlamlari, nogironligi bo'lgan insonlar, bolali oilalar va ayollar singari eng zaif qatlamlarini qamrab oladi. Mazkur loyiha O'zbekistonda ijtimoiy himoyani takomillashtirish bo'yicha BMTning qo'shma dasturi doirasida amalga oshirilyapti.