Yozuv qurollari va ulardan foydalanish



Yüklə 42 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü42 Kb.
#113216
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish


Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
O'quvchilarga dars jarayonida bajartiriladigan mashqlar oddiy boTishi va kam vaqt olishi ,ularning jismoniy jihatdan o'sisahiga ,qoT va barmoq muskullarining chiniqishiga, qaddi -qomatlarining toTiq , erkin tutishlariga yordam berishlari lozim.
Yzuv qurollari dars jarayonida eng muhim vositalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham o'quvchilarning har biri yozuv qurollari bilan toTiq taminlangan holda botishlari kerak. Ayrim o'qituvchilar bolalarning charchashini hisobga olmay ko'p yozdiradilar. Natijada o'quvchilar toliqadilar, xarakatlari sust bo'lib qoladi, xatlari xunuklashib ko'p xato qiladilar.
Jismoniy mashq minutlarini dars davomida bir necha marta o'tkazish mumkin. Bu mashqlarnmg qachon o'tkazilishi o'qituvchi tomonidan (o'quvchilarning charchashlari xisobga olinib) belgilanadi.
Husnixat mashg'ulotlari o'quvchilarni ongli ravishda chiroyli yozishga o'rgatsa, jismoniy mashqlar esa sog'lom va intizomli bo'lishga o'rgatadi.
Demak o'quvchilarni qulay ish joyi bilan ta'minlash bilan bir qatorda ularga qo'yiladigan gigiyenik talablarning hisobga olinishi, ish faoliyatlarini tiklash uchun jismoniy mashqlarni muntazam o'tkazib turish chiroyli yozuvga o'rgatishning asosiy shartlaridan biridir.
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
O'quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan awal ularni sifatli yozuv qurollari bilan to'liq ta'minlash talab etiladi. Yozuvlarning chiroyli bo'lishi ko'p jihatdan yozuv quroliga bog'liqdir. Bolani maktabga kelgan kunidan boshlab yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanishga va uni ozoda saqlashga o'rgatish lozim.
O'quvchilarning yozuv qurollarini muntazam tekshirib borish har bir o'qituvchining muhim vazifasidir.
Dastur talabi bo'yicha 6 yoshli birinchi sinf o'quvchilari uchun «Yozuv daftar»lari tavsiya etilgan bo'lib, unda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chchiziqlarsiz kichik xarflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 mm ta teng bo'lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Bunda daftarning qiya chiziqlari 65 gradusga teng bo'lishi lozim.
Ikkinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab va III-IV sinflarda parallel chiziqlar orasidagi masofa 8 mm ga teng bir chiziqli daftar tavsiya etiladi va quyidagi talablar qo'yildi:

  1. Daftarga toza va aniq yozish;

  1. Davtarning muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, unda daftar qaysi fan uchun tutilganligi (ona tili, matematika), nechanchi sinf, maktabining nomi va nomeri, o'quvchining ismi va familiyasi ko'rsatib o'tilishi kerak;

  2. 1 sinfda (1 sinfning birinchi yarim yilligida) o'quvchilarning daftarlari muqovasiga o'qituvchi tomonidan yoziladi.

  1. Har bir daftarda xoshiya qoldirilishi kerak.

1-sinfda yozuv va matematika daftarlariga oy va kun yozilmaydp, ikkinchi, uchinchi to'rtinchi sinflarda esa arabcha raqamlar bilan ko'rsatilib, oy esa hraflar bilan to'liq yoziladi.

  1. Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab har bir mashqning nomeri, maqsadi, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki uyda) yozib qo'yiladi.

  2. Mashqni bajarishda xat boshidan yozish qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi.

  3. Sarlavxa bilan kun va oy orasida, mashqning sarlavxasi bilan matn orasida chiziq tashlamay yoziladi, ammo ikki xil mashq bajarishda birinchi mashqning oxirgi qatori bilan yangi mashqning sarlavxasi o'rtasida ikkita chiziq tashlab yoziladi.

O'quvchi daftardagi yo'l qo'ygan xatosini tuzatish uchim quyidagi talablarni amalga oshirishi kerak.
Noto'g'ri yozilgan harfning ustidan ingichka qiya chiziq tortib qo'yishi, ayrim noto'g'ri yozilgan bo'g'in yoki so'zlar ustidan o'chirish, bo'yab qo'yish, qavs ichiga olib qo'yish mumkin emas.
9. Harf va bo'g'inlarning tagiga chizishda chizgichdan foydalanish
yoki juda ehtiyotkorlik bilan chizish lozim. O'quvchilarning yozuv
daftarlari muntazam ravishda tekshirilib borilishi, xato yozilgan
harf va harf elementlari daftaming hoshiyasida ko'rsatilishi kerak.
Birinchi sinfda va ikkinchi sinfning birinchi yarmida o'quvchilarga
baxo ball tariqasida qo'yilmaydi, ammo og'zaki rag'batlantirib
o'tiladi.
Hozirgi kunda maktablarning talabi bo'yicha o'quvchilarga quyidagi yozuv qurollari tavsiya etiladi:

  1. D a f t a r. Daftar o'quvchilar uchun asosiy yozuv quroli bo'lib, u sifatli qog'ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko'rinib turadigan bo'lishi kerak.

  2. Bosma qog'oz. Yozuv jarayonida bosma qog'ozdan foydalanishni unutmaslik lozim. Bosma qog'ozdan foydalanish yozuvning buzilishiga yo'l qo'ymadi. Ammo undan faqat daftarning ikkinchi betiga o'tayotganda ko'proq foydalaniladi. O'qituvchi har bir o'quvchining daftarida bosma qog'oz bo'lishiga erishmog'i lozim.

  3. A v t o r u ch k a. Boshlang'ich sinflarda yangi dastur talabi bo'yicha o'quvchilarga ikki xil avtoruchkada yozish tavsiya etiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tavsiya etiladigan avtoruchkalarning yo'g'onligi ularning qo'l barmoqlariga mos bo'lib, haddan tashqari yo'g'on yoki ingichka bo'lmasligi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilari sharikli avtoruchkalardan ham foydalanishlari mumkin. O'quvchilarga har ikkala turdagi avtoruchkadan foydalanish qoidalarini o'rgatish zarur. Avtoruchkalardan foydalanish haqida alohida to'xtalib o'tamiz.

P ye r o. Agar avtoruchkaning perosi ishdan chiqsa yoki sinib qolsa uni shu turdagi avtoruchkaga mos pero bilan almashtirish lozim. Kundalik yozuv mashqlarini bajarib bo'lgandan so'ng avtoruchkaning perosini yaxshilab artib qo'yilsa, u yaxshi saqlanadi.

  1. S i yo h. O'quvchilar yozadigan avtomchka uchun faqat binafsha yoki to'q xavo rangdagi siyoxlar tavsiya etiladi. O'qituvchilar uchun esa mashq namunalarini ajratib ko'rsatishmaqsadida qizil rangdagi siyox tavsiya etiladi.

Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin