Tarix va madaniy meros fakulteti kurs ishi mavzu: mustaqillik yillarida o’zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi bajardi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX VA MADANIY MEROS FAKULTETI
KURS ISHI MAVZU:MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI
Bajardi:” Tarix va madaniy meros” fakulteti 5-1TAR guruhitalabasi Yusupova Shahlo
I BOB.MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI
1,1 .Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi................
1,2 Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari................................
II BOB.XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI TARIXINING MUSTAQILLIK YILLARIDA O’RGANILISHI
2,1 Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar tahlili......................................................................................................................
2,2 Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar................................................
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonning eng yangi tarixida muhim bosqich sifatida kechayotgan so‘nggi yillar (2016-2018)da ilmiy tadqiqotlarga, ilmiy muassasalarning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasi kabilarni ishini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning hayotga joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2016 yil 18 oktyabrdagi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimida “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” mavzusidagi nutqida: “...Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lgan islomning jamiyatimizdagi o‘rnini qayta tiklash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. 1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ana shu ta’lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, ilm-fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bor". 1 Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub o`zgarishlar yuz berdi. O`z mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bo`lsada, o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o`tmishini bizgacha yetkazib bera olgan qo`lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan tarixga yangicha ko`z bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo`ldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo`yildi. ― Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―… o‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi… davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir‖, - deb ta‘kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2 Albatta yuqorida ta`kidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. O`tgan yaqin yillar oralig`ida ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o`tmishiga va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir. 2