Barometr
Barometr (yun. baros — ogʻirlik - metr) —
atmosfera bosimini
oʻlchashda ishlatiladigan asbob.
Turli xillari bor: 1) simobli B.; gidrostatik qonunlariga asoslanib yasalgan; 2) metall B. yoki
aneroid
; qattiq jismning elastikligiga asoslanib yasalgan; 3) gipsotermometr yoki
termobarometr; suyuqlik qaynash temperaturasining tashqi atm bosimiga bogʻliqligiga
asoslanib yasalgan; 4) gaz B.; gazlarning elastiklik xossasiga asoslanib yasalgan; 5) normal
B.; meteorologik stansiya tarmoqlaridagi B.lar uchun etalon vazifasini bajaradi. Meteorologik
stansiya tarmoqchalarda eng koʻp tarqalgan
simobli
B. uzunligi 1 m ga yaqin keladigan bir
uchi berk shisha naydan iborat. Nayga simob toʻldirilib, simobli
metall
kosaga toʻntarilsa,
shisha naydagi simob ustuni tashqi atmosfera bosimi bilan muvozanatlashguncha naydagi
simobning maʼlum qismi metall kosaga toʻkiladi. Shisha naydagi simob ustida boʻshliq
(Torrichelli boʻshligʻi) hosil boʻladi. Simobli B. baʼzan metall kosasiz, faqat shisha naydan
yasaladi. Bunday B. uzun va qisqa tirsakdan iborat boʻlib, sifonli B. deyiladi. Uzun tirsagining
uchi berk, qisqa tirsagining uchi ochiq va kengroq boʻladi. Atmosfera bosimi kamayganda
kengroq joyga simob oqib tushadi. Sifonli B.larda atmosfera bosim ochiq va berk naylardagi
simob ustunlari farqiga qarab topiladi. Atmosfera bosimi oʻzgarishlarini uzluksiz qayd qilib
boradigan asbob
barograf
deyiladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval
Ximik1991Bot
tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Barome
tr&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Barometr&oldid=1806105
"
dan olindi