1.Qalayli bronzalar kristallanishni katta intervaliga ega, shuning uchun oquvchanligi past, quymalarda esa gaz g‘ovaklari uchraydi. Qalayli bronzalarning kirishuvi kimyoviy tarkibiga bog‘liq holda 1,4-1,45% oralig‘ida o‘zgaradi. Tarkibidagi legirlovi qo‘shimchalar bu qotishmaning quymakorlik xossalariga ta’sir ko‘rsatadi. Sink kristallanish intervalini kamaytirib oquvchanligini oshiradi, qotishmalarning gaz bilan to‘yinishini kamaytirib, zichligini oshiradi. Fosfor evtektikasini xosil qilish hisobiga oquvchanligini oshiradi. Qo‘rg‘oshin kristallanish davrida dendridlar orasidan ajralib chiqib qotishmaning germetikligini oshiradi. Kislorod qotishma komponetlari bilan oksidlanish xosil qilib, oquvchanlikni kamaytiradi, germetikasi va xossalarini yomonlashtiradi. Alyuminiy, surma, vismut va mishyak ham shunday salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qalaysiz alyuminiy bronzalari kristallanishning kichik intervaliga ega bo‘lgani sababli oquvchanligi yuqori, germetikligi yaxshi, sababi gaz g‘ovaklari kam xosil bo‘ladi. /ovaklar asosan bir erga to‘planib bo‘shliqlar xosil qiladi. Buni esa ustama (pribil) yoki muzlatgichlar o‘rnatish usulida bartaraf etish mumkin. Bu bronzalarning kirishuvchi 2,5% ga etadi. Alyuminiy bronzalarini eritish va quyish davrida eritma yuzasida alyuminiy oksid pardasi xosil bo‘ladi. Bu parda quyish moboynida suyuq metall tarkibiga qushilib ketishi va quymaning xossalarini pasaytirib yuborishi mumkin. Shuning uchun alyuminiy bronzalarini quyishda extiyotlik bilan bir maromda harakat qilish zarur.

Latunlar etarli darajada quymakorlik xossalariga ega. Kremniyli latunlarning kirishuvi 2,3% gacha bo‘ladi.