Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat uninersiteti



Yüklə 62,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü62,92 Kb.
#208076
  1   2   3   4   5
xrpt 2tlpmd4th5s56hg3cavzdo9t12l8cnr584jk8d5e8m04vfuyggmjvk4lceiet20ptj2rmvvk0vd (1)



Z.M.BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNINERSITETI
LUTFIDDIN OLIMOV
NANOFIZIKA
ASOSLARI
Toshkent
2014


ISBN 978-9943-27-218-7
© «Nanofizika asoslari». «Yangi asr avlodi», 2014-yil.
UO‘K: 57 (072)
KBK : 22.36
Olimov, Lutfiddin
Nanofizika asoslari / Lutfiddin Olimov. – Toshkent: “Yangi asr
avlodi”, 2014. 140-bet.
ISBN 978-9943-27-218-7
“Nanofizika asoslari” faniga oid o‘zbek tilida yozilgan zamonaviy o‘quv
yoki uslubiy qo‘llanmalar yetarli emas. Bu fan fizika ixtisosligi o‘quv rejasiga
tanlov fan sifatida kiritilgan. “Nanofizika asoslari” fanining o‘qitilishi fizika
ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr hamda magistrlarning ilmiy
salohiyati oshishida, moddalar tuzilishini, ularda sodir bo‘ladigan
jarayonlar kinetikasi va mexanizmlarni o‘rganishida, umuman olganda
esa, olamning yagona fizik manzarasiga oid ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
UO‘K: 57 (072)
KBK : 22.36
Taqrizchilar:
U.QOSIMOV,
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
A.ORTIQOV
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Andijon Davlat universiteti ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya
etilgan.
2013 yilning 4-yig‘ilishi bayonnomasiga asosan.
Kitobxon.Com


KIRISH
XXI asr fan va texnika yutuqlaridan biri nanoo‘lchamli
materiallar, ularni olish texnologiyalari, ular asosida
yaratilayotgan turli elektron qurilmalar hisoblanadi. Bunday
o‘lchamdagi materiallar nanoelektronika, nanofotonika,
nanosensorika, nanomeditsina va boshqa sohalarning shiddat
bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Bu sohalar rivojlanishi
natijasida “nano” atamasi bilan bog‘liq tegishli sohalar ham
fan sifatida maydonga keldi. Jumladan, nanotuzilmalar olish,
ular asosida turli qurilmalar yaratish hamda ularni ishlashi
jarayonlarida yuz beruvchi fizik hodisalarni o‘rganish uchun
“Nanofizika asoslari” fani ta’limda o‘qitila boshlandi. Bu fan
fizika ixtisosligi o‘quv rejasiga tanlov fan sifatida kiritilgan.
“Nanofizika asoslari” fanining o‘qitilishi fizika ixtisosligi
bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr hamda magistrlarning ilmiy
salohiyati oshishida, moddalar tuzilishini, ularda sodir
bo‘ladigan jarayonlar kinetikasi va mexanizmlarni o‘rganishida,
umuman olganda esa, olamning yagona fizik manzarasiga oid
ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Ammo hozirgi kunda “Nanofizika asoslari” faniga oid o‘zbek
tilida yozilgan zamonaviy o‘quv yoki uslubiy qo‘llanmalar
yetarli emas. Mavjudlari esa rus yoki boshqa xorijiy tillarda
nashr qilingan. Bu o‘zbek tilida tahsil olayotgan bakalavr va
magistrlarning bugungi fan taraqqiyoti darajasida mutaxassis
bo‘lib yetishishlaridagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Shu jihatlarni hisobga olsak, mazkur o‘quv qo‘llanmani yaratish
maqsadga muvofiqligi anglashiladi.
Qo‘llanma olti bobdan iborat. Birinchi bobda “Nanofizika
asoslari”ning fan sifatida maydonga kelishi, maqsad va
vazifalari, uning fan va texnika rivojlanishidagi ahamiyati,
nanotexnologiyalar va nanomateriallarning paydo bo‘lishi tarixi,
3
Kitobxon.Com


4
qo‘llanilish sohalari hamda O‘zbekistonda bu sohaga oid
izlanishlar yoritib berilgan.
Ikkinchi bobda mikro va nanotuzilmalarda mikrozarra-
chalarning kvant holatlari, ularda kvantlanish g‘oyasining paydo
bo‘lish sabablari, nanotuzilmalarning atom va molekulyar
tuzilishi hamda ularda yuz beruvchi jarayonlar tahlil qilingan.
Uchinchi va to‘rtinchi boblarda nanotuzilmalarni
o‘rganishda kvant o‘lchamli effektlar prinsipining qo‘llanilishi,
jumladan, kvant o‘lchamli effektlar, ularning namoyon bo‘lish
shartlari, potensial o‘ra va to‘siqlarning fizik mohiyati, ularda
zarracha holati va ko‘chish, kvazizarralar, o‘lchamli kvantlashish
hodisalari, kvantlashgan iplar va nuqtalar, kvàntlàshgàn o‘rà
và o‘tà pànjàrà uchun yarimo‘tkàzgichli màtåriàllàrdan
foydalanish, ularda yuz beruvchi fizik jarayonlar bayon qilingan.
Beshinchi bobda mikro va nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgichlar
olish, mikroo‘lchamli tuzilmalar sirtiga ishlov berish, kukunlash
hamda alohida atom yoki molekulalar asosida nanozarrachalar
olish jarayonlarida yuz beruvchi fizik jarayonlar tahlil qilib
berilgan.
Oltinchi bobda mikro va nanotuzilmalarni tadqiq qilishning
optik metodlari, optik mikroskoplarning tuzilishi, moddalarni
o‘rganishda yuz beruvchi jarayonlar, ularning fizik mohiyati
yoritib berilgan.
Qo‘llanma bu yo‘nalishda yozilgan dastlabki qo‘llanma-
lardan biri bo‘lganligi uchun ayrim kamchiliklardan holi
bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun mualliflar qo‘llanma
haqida tanqidiy fikr yoki mulohaza bildiruvchilarga
minnatdorchilik izhor qiladi.
Fikr yoki mulohaza bildiruvchilar uchun e-mail:
O.Lut@mail.ru
Kitobxon.Com


5
I BOB. 

Yüklə 62,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin