9
Nanofizika asoslari fanini mukammal o‘rganishning afzalligi
yana shu bilan izohlanadiki, to‘g‘ri qaror qabul qilishda insonlar
doimo kerakli va ishonchli nazariy bilimga va ma’lumotga ega
bo‘lishi zarur. Agar ular o‘z bilimlariga ega bo‘lmasa, tajriba
va xatolaridan kelib chiqqan holda o‘ziga qimmatga tushgan
usulni qo‘llashi yoki boshqalarning tajribasi, xatolarini
o‘rganishi mumkin. Nanofizika asoslari fanidan olgan
bilimlariga murojaat qilsa, ularning muammolarini yechish
osonlashadi, belgilangan rejasi aniq bo‘ladi. Nanofizika asoslari
fani ma’lum bir obyekt yoki hodisa to‘g‘risida yaxlit tasavvur
beruvchi bilimlar tizimi bo‘lish bilan insonlarda oldindan ko‘ra
bilish, bashorat qilish, rejalashtirish ko‘nikmalarini hosil qiladi,
ko‘p xatolardan asraydi.
Soddaroq qilib aytganda, “Nanofizika asoslari” fani dasturi
bo‘lajak fizik mutaxassislikni hisobga olgan holda
nanotuzilmalardagi fizikaviy jarayonlar va qoidalarni, ularning
mexanizm va qonunlarini o‘rganish va bosqichma-bosqich
bilimlarni mustahkamlab, chuqurlashtirib borish orqali amalga
oshiriladi. Bakalavriat bosqichidagi talabalarga nanofizika
asoslarini o‘rgatishdan asosiy maqsad – ularning ilmiy-texnikaviy
dunyoqarashini shakllantirish va zamonaviy texnika vositalari
bilan tanishish va undan foydalanishga zamin yaratishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: