Zamonaviy korxonalar boshqarish tizimi sifatida



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#96827
  1   2   3   4   5
Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqishning tashkiliy texnalogik tayyorlash asoslari



Korxonalarda yangiliklarni
ishlab chiqishning tashkiliy
texnalogik tayyorlash asoslari


Boshqaruv vazifalarini amalga 
oshirish

Boshqaruv vazifalari - bu biror ob’ektga rahbarlik qilish uchun zarur bo’lgan 
faoliyat turi, deb tushuniladi.

Boshqaruv vazifalari o’zining tarkibi bilan boshqaruv texnologiyasini bunyod 
etadi. Boshqaruv vazifasining ma’nosiga ikkita element kiradi: u avvalgi tizimida 
nima qilinayotganini belgilasa, so’ngra qanday qilib savoliga javob berishni 
bildiradi. Ilmiy menejmentning toifaviy to’plamida vazifalarga markaziy o’rin 
beriladi. Bu quyidagi 3.1-chizmada yaxshi namoyon bo’ladi.

Menejerlar mehnatining vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida 
yaratilgan. Uning asoschisi frantsuz olimi A.Fayoldir. U menejmentning 5 ta 
etaklovchi qoidasini ajratib ko’rsatadi: oldindan ko’rish, tashkilot, buyruq berish 
faoliyati, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. Bir vaqtda A.Fayol barcha 
vazifalarni oltita guruhga taqsimladi: 1) ishlab chiqarish, 2) moliya, 3) nazorat, 4) 
hisob-kitob, 5) ma’muriyat, 6) texnika xavfsizligi.


Boshqaruv zamonaviy korxonalar 
faoliyatida ob’ektiv zaruriyat

Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko’rsatkichi sifatida jamiyat 
hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi 
mohiyati, mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, 
ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi. Boshqaruvsiz tabiatni 
o’zgartirish, mehnat qurollari va predmetlarini yagona ishlab chiqarish 
jarayonida birlashtirishga yo’naltirilgan faoliyat yuritishning iloji yo’q. 
Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv ishlab chiqarishning barcha 
qatnashchilari va elementlari o’rtasida kelishuvni yo’lga qo’yib, yuzaga 
kelgan munosabatlarning mazmuni va me’yorini tartibga soladi hamda 
resurslardan foydalanishning samarali yo’llarini topishga o’z hissasini 
qo’shadi. Boshqaruvning mohiyati va ob’ektiv zaruriyatini yanada 
osonroq va tezroq tushunish uchun adabiyotda mashhur bo’lgan misol -
orkestr va dirijerga murojaat qilish lozim. Orkestr va dirijerning o’zaro 
aloqasini ilg’ab olish uchun musiqiy qobiliyat talab qilinmaydi. Kontsert 
tomoshalarida bo’lgan har bir kishi dirijerning sahnada paydo bo’lish 
chog’ini ko’rgan, albatta. Orkestr tomon o’girilgach, dirijer tayoqchasini 
ko’taradi va musiqachilar musiqa chalishni boshlaydilar. 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin