Boshqaruv vazifalarini amalga
oshirish
Boshqaruv vazifalari - bu biror ob’ektga rahbarlik qilish uchun zarur bo’lgan
faoliyat turi, deb tushuniladi.
Boshqaruv vazifalari o’zining tarkibi bilan boshqaruv texnologiyasini bunyod
etadi. Boshqaruv vazifasining ma’nosiga ikkita element kiradi:
u avvalgi tizimida
nima qilinayotganini belgilasa, so’ngra qanday qilib savoliga javob berishni
bildiradi. Ilmiy menejmentning toifaviy to’plamida vazifalarga markaziy o’rin
beriladi. Bu quyidagi 3.1-chizmada yaxshi namoyon bo’ladi.
Menejerlar mehnatining vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida
yaratilgan. Uning asoschisi frantsuz olimi A.Fayoldir. U menejmentning 5 ta
etaklovchi qoidasini ajratib ko’rsatadi: oldindan ko’rish, tashkilot, buyruq berish
faoliyati, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. Bir vaqtda A.Fayol barcha
vazifalarni oltita guruhga taqsimladi: 1) ishlab chiqarish, 2) moliya, 3) nazorat, 4)
hisob-kitob, 5) ma’muriyat, 6) texnika xavfsizligi.
Boshqaruv zamonaviy korxonalar
faoliyatida ob’ektiv zaruriyat
Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko’rsatkichi sifatida jamiyat
hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi
mohiyati, mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi.
Boshqaruvsiz tabiatni
o’zgartirish, mehnat qurollari va predmetlarini yagona ishlab chiqarish
jarayonida birlashtirishga yo’naltirilgan faoliyat yuritishning iloji yo’q.
Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv
ishlab chiqarishning barcha
qatnashchilari va elementlari o’rtasida kelishuvni yo’lga qo’yib, yuzaga
kelgan munosabatlarning mazmuni va me’yorini tartibga soladi
hamda
resurslardan foydalanishning samarali yo’llarini topishga o’z hissasini
qo’shadi. Boshqaruvning mohiyati va ob’ektiv zaruriyatini yanada
osonroq va tezroq tushunish uchun adabiyotda mashhur bo’lgan misol -
orkestr va dirijerga murojaat qilish lozim. Orkestr va dirijerning o’zaro
aloqasini ilg’ab olish uchun musiqiy qobiliyat talab qilinmaydi. Kontsert
tomoshalarida bo’lgan har bir kishi dirijerning sahnada paydo bo’lish
chog’ini ko’rgan, albatta. Orkestr tomon o’girilgach, dirijer tayoqchasini
ko’taradi va musiqachilar musiqa chalishni boshlaydilar.