ZAMONAVIY KUTUBXONALAR VA ULARNING FAOLIYATI
Asal Farhod qizi Xayriddinova
Ilmiy rahbar: Mo‘minmirzo Zokir o‘g‘li Xolmo‘minov
mominmirzoxolmominov@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada zamonaviy kutubxonalar, ularning faoliyati,
zamonaviy kutubxonachining vazifalari, faoliyati, jahondagi eng mashhur
kutubxonalar, yurtimizda yangi tashkil qilingan kutubxonalar va shuningdek,
kitobxonlikni rivojlantirish hamda ularni keng ommaga targ‘ib qilish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
: Kutubxona, kitob, qaror, farmon, kitobxonlik, axborot-resurs
markazi, jamoat kutubxonasi, tendensiya, emotsiya
MODERN LIBRARIES AND ACTIVITIES
Asal Farhod kizi Khayriddinova
Research advisor: Muminmirzo Zokir ugli Kholmumminov
mominmirzoxolmominov@gmail.com
Abstract:
This article talks about modern libraries, their activities, tasks and
activities of a modern librarian, the most famous libraries in the world, newly
established libraries in our country, as well as the work being done on the development
of reading and their promotion to the general public.
Keywords:
library, book, decision, decree, reading, information recource center,
public library, trend, emotion
Kutubxona-inson ichki olami ruhiyatining eng kata xazinasidir.
Faylasuf Leybnis
O‘zbekiston shaharlari azaldan ilm-fan markazi sifatida mashhur bo‘lgan
Shaharlarda kutubxonalar (arabcha kutub- “kitoblar”, forscha xona- “uy” degani)
faoliyat
ko‘rsatgan.
Kutubxonalar
axborot
yig‘iladigan
joy
hisoblangan.
Kutubxonalarda kitob, gazeta, jurnal, video va audiotasma shaklida bo‘lgan axborotlar
manbalari bo‘lgan [1:1]). Ayniqsa, IX-XII asrlarda, Amir Temur va Temuriylar
davrida mamlakatda ulkan kutubxonalar tashkil etildi, ilm-fan yuksaldi. Keyingi asrlar,
xususan xonliklar davrida ham mintaqadagi yirik shaharlar xususan, Samarqand,
Buxora, Xiva, Qo‘qon shaharlarida hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat
yuritgan.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
80
http://oac.dsmi-qf.uz
Sadri Ziyo ma’lumotlariga qaraganda, XX asrning boshida birgina Buxoro
shahrida 13 ta kutubxona, 96 ta qiroatxona bor edi. Buxoro shahrida hukmdor
saroyidagi kutubxonada xitoy, uyg‘ur, pushtu, fors, arab va boshqa tillardagi
qo‘lyozmalar saqlangan. Kutubxonada kitobdor, mushrif, risolachi va mirzolar xizmat
qilgan. Oʻsha davrlarda kutubxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad eng avvalo
yoshlar, maktab oʻqituvchilari, madrasa talabalari, ziyolilarni yangi adabiyotlar,
darsliklar, matbuot bilan muntazam tanishtirib borish edi. Chunki bu adabiyotlar va
gazetalarni boshqa biror joydan topish amri mahol edi.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev jamiyat hayotida ezgu
qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh
avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, onggu-tafakkuri va dunyoqarashini
yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan
barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik
madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratib, ko‘plab qaror va farmonlarni qabul
qilib, hayotga tadbiq emoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada
takomillashtirish to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kutubxona
muassasalarida abxorot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarini saqlash va
hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
to‘grisida” gi qarori qabul qilindi[2:1]. Mazkur qarorlarning barchasi kitobxonlikni
rivojlantirish, uni targ‘ib qilishga qaratilgandir.
“Kitob”, “Kutubxona”, “Kitobxonlik” so‘zlarining o‘zagi aslida arabchadan
olingan va bir maqsadga, ya’ni inson ma’naviatini boyitishga xizmat qiladi.
Fan va texnika taraqqiy etgan davrda kutubxonalarning missiyasi o‘zgardi,
kutubxonachining professional faoliyatida ham qoidalar yangilanishiga ehtiyoj paydo
bo‘ldi. Endi tadbirlar miqdori, kitobxonlar va berilgan kitoblar soni kabi ko‘rsatkichlar
Axborot-resurs markazi faoliyatini baholashda bosh omil bo‘la olmaydi.
Kutubxonachidan audiovizual va elektron hujjatlar, zamonaviy texnika bilan ishlash
malakasi ham talab etiladi.
Aslida kutubxonachi kim? Zamonaviy kutubxonachidan nima talab qilinadi?
Kutubxonachi o‘quvchilarga formulyarlar ochadi, unga berilgan kitoblarning nomi va
raqamlarini yozib qo‘yadi. Kutubxonada tartibni saqlaydi, eskirgan kitoblarni
ta’mirlaydi, yaroqsiz holga kelgan kitoblarni ro‘yxatini tuzadi, yangilarini qabul qiladi,
tizimli va alifboli kataloglarni to‘ldiradi, o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazadi. Faqat
shumi? Aslida, bu kutubxonachining ishi bu qadar oddiy va oson emas. Zamonaviy
kutubxonachi o‘quvchilarning kichik tirajda nashr etilgan yoki bo‘lmasa, ancha oldin
chop etilgan va qayta bosilmagan kitoblar orasidan eng siyraklari bilan tanishishi
uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuningdek, elektron kutubxona va elektron baza
bilan ishlay olish, foydalanuvchilarga kitob, elektron kitob va kerakli saytlarni topishda
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
81
http://oac.dsmi-qf.uz
ko‘makllashish ham ularning vazifasiga kiradi. Zamonaviy kutubxonachi nafaqat
internet tizimining mohir foydalanuvchisi bo‘lishi, balki, u kutubxona qidiruv
tizimlarini ham yaxshi tushunishi kerak. Bu hozirgi yangi rivojlanish bosqichiga
o‘tayotgan davlat kutubxonachisining missiyasidir.
Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada o‘qish - bu, albatta ideal uyg‘unlik. Tarixga
nazar solsak, ilk kutubbxona taxminan eramizdan 2600-yillar avval paydo bo‘lgan
ekan. Ammo afsuski u davrda ma’lumotlarning barchasini saqlab qoluvchi arxivlar
mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da bizgacha ular kelmagan. Hozirgi zamonaviy
kutubxonalar esa shu qadar qulay, o‘ziga xos tarzda bunyod etilmoqdaki, ularni ko‘rib
barchaning ko‘zi quvnaydi. Xo‘sh zamonaviy kutubxonalar nimasi bilan ajralib turadi?
Ularning noodatiy dizaynidan tortib, kitoblarning turli shakllarda nashr etilganigacha
e’tiborni tortmay qolmaydi. Zamonaviy kutubxonalar yangicha arxitektura uslubida
bo‘lib kitobxonlarni hayratga solishi tayin.
Eng yaxshi mudofaa - bu o‘zgaruvchanlik, mohiyatni saqlab qolgan holda yangi
shaklga o‘tish qobiliyatidir. Bu kutubxonalarning mavjudligiga ham tegishli. Agar ular
zamon talablariga yarasha o‘zgarmasa, insonlar o‘zlari uchun tezda yangi dastur
topadilar, kitoblarni o‘choqqa uloqtirishadi! Kutubxona binolarini esa tijorat
muassasalariga aylantirishadi. Kutubxonalar o‘zgarishi kerak. Kelajak kutubxonalarini
yaratish kerak. G‘arbda ham, Rossiyada ham bu tendensiya allaqachon namoyon
bo‘lmoqda. Ularning ba’zilarini taqdim etaman.
Aqshda jamoat kutubxonalari soni McDonald’s restorantlari va Starbucks
qahvaxonalari sonidan ko‘proq. Jamoat kutubxonasi faqat kitobxona emas. Masalan,
Boston jamoat kutubxonasi taklif qiladigan bepul xizmatlar ro‘yxati: boshpana, bepul
ovqat, bepul tibbiy yordam va bepul yuridik va moliyaviy xizmatlar.
Koreyaning eng zamonaviy kutubxonalaridan biri - Janubiy Koreya Milliy smart
kutubxonasi. U Sejong shahrida joylashgan. Milliy kutubxona Koreya milliy
kutubxonasining birinchi filiali sanalib, u aynan Koreyaning multifunksional-
adminstrativ shahrida qurildi. Taniqli Samoo Architects & Engineers tomonidan barpo
etilgan majmuaning tashqi qiyofasi varaqlanayotgan kitobning shaklini yodga soladi
va o‘zining noodatiy dizayni tufayli osonlik bilan kitoblar makonini topib olish
imkonini beradi.
Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bag‘ishlangan kitoblarni o‘zida
jamlagan zamonaviy maskan, balki, kitobxonlar qulayligi uchun eng ilg‘or raqamli
texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi. Shu sababli
ham kutubxonaga “E-BRARY” (ya’ni emotion-emotsiya, brary-kutubxona) nomi
berilgan.
Bundan tashqari kuni kecha Xorazmda ko‘zni quvnatadigan “Yoshlar
kutubxonasi” ochildi. 100 ming kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxonada 7000 xildagi
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
82
http://oac.dsmi-qf.uz
darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar jamlangan, O‘zbekiston milliy kutubxonasining
elekton bazasi ham ulangan.
Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
Elchixona huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining
kutubxonasi ham 2010-yil 27-sentabrdan beri o‘zining muvaffaqiyatli faoliyatini
davom ettirib kelmoqda. Kutubxona fondida ozarbayjon, o‘zbek, rus va ingliz tillarida
3 mingga yaqin kitob va jurnallar mavjud [3:1].
Hududimizda o‘nlab, yuzlab kutubxonalar tashkil qilinmoqda. Bulardan maqsad,
xalqning, jamiyatning, yosh avlodning ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini
kengaytirish, ularning turmush tarzini zamon talablariga moslash, o‘sib, rivojlanib
kelayotgan yoshlarni milliy ongini shakllantirish, ularni barkamol qilib tarbiyalashdir.
Xalqimizda “Zamon seni emas, sen zamonni boshqar [4:3]” singari hikmatli so‘zlar
baralla yangramoqda. Hozirda biz yashayotgan asr “Ilg‘or texnalogiyalar” asridir. Agar
biz mutolaamizni ham zamon talablariga moslamasak, bizning ajdodlarimiz tomonidan
necha yuz yillar davomida yaratilgan asarlar, qo‘lyozmalar o‘z qadrini yo‘qotishi
mumkin, biz buni to‘g‘ri anglab yetishimiz darkor. Shu maqsadda Prezidentimiz
shunday degan edi “Kitob o‘qigan, o‘z ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq
bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi.
“Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning ilmi bor, bilimi bor. Mana nima uchun kitob
o‘qinglar deymiz” [5:1].
Haqiqatan, kitob insonga o‘zgacha kuch beradi, fikrlarini ravshan qilib, ongini
charxlaydi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishda yordam beradi. Kitob o‘qish - inson
tafakkurining ozuqasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005-yil. Toshkent.
2. www.lex.uz
3. http://azculture.uz/uz/xabarlar.php?year=2021&news=135
4. M. Xolmo‘minov. “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va
boshqarish”. O‘quv uslubiy majmua. Toshkent. -2021, -328-bet
5. https://qalampir.uz/uz/news/bu-millatning-kitob-uk-imasligi-kimga-kerak-28-
yashar-nashriyet-ra%D2%B3bari-bilan-su%D2%B3bat-15456
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
83
http://oac.dsmi-qf.uz
Dostları ilə paylaş: |