Zamonaviy kutubxonalar va ularning faoliyati



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#162963
zamonaviy-kutubxonalar-va-ularning-faoliyati (1)



ZAMONAVIY KUTUBXONALAR VA ULARNING FAOLIYATI 
 
Asal Farhod qizi Xayriddinova 
Ilmiy rahbar: Mo‘minmirzo Zokir o‘g‘li Xolmo‘minov 
mominmirzoxolmominov@gmail.com
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada zamonaviy kutubxonalar, ularning faoliyati, 
zamonaviy kutubxonachining vazifalari, faoliyati, jahondagi eng mashhur 
kutubxonalar, yurtimizda yangi tashkil qilingan kutubxonalar va shuningdek, 
kitobxonlikni rivojlantirish hamda ularni keng ommaga targ‘ib qilish bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan ishlar xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
: Kutubxona, kitob, qaror, farmon, kitobxonlik, axborot-resurs 
markazi, jamoat kutubxonasi, tendensiya, emotsiya 
MODERN LIBRARIES AND ACTIVITIES 
Asal Farhod kizi Khayriddinova 
Research advisor: Muminmirzo Zokir ugli Kholmumminov 
mominmirzoxolmominov@gmail.com
 
Abstract:
This article talks about modern libraries, their activities, tasks and 
activities of a modern librarian, the most famous libraries in the world, newly 
established libraries in our country, as well as the work being done on the development 
of reading and their promotion to the general public. 
Keywords:
library, book, decision, decree, reading, information recource center, 
public library, trend, emotion 
Kutubxona-inson ichki olami ruhiyatining eng kata xazinasidir. 
Faylasuf Leybnis
O‘zbekiston shaharlari azaldan ilm-fan markazi sifatida mashhur bo‘lgan 
Shaharlarda kutubxonalar (arabcha kutub- “kitoblar”, forscha xona- “uy” degani) 
faoliyat 
ko‘rsatgan. 
Kutubxonalar 
axborot 
yig‘iladigan 
joy 
hisoblangan. 
Kutubxonalarda kitob, gazeta, jurnal, video va audiotasma shaklida bo‘lgan axborotlar 
manbalari bo‘lgan [1:1]). Ayniqsa, IX-XII asrlarda, Amir Temur va Temuriylar 
davrida mamlakatda ulkan kutubxonalar tashkil etildi, ilm-fan yuksaldi. Keyingi asrlar, 
xususan xonliklar davrida ham mintaqadagi yirik shaharlar xususan, Samarqand, 
Buxora, Xiva, Qo‘qon shaharlarida hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat 
yuritgan. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
80
http://oac.dsmi-qf.uz


Sadri Ziyo ma’lumotlariga qaraganda, XX asrning boshida birgina Buxoro 
shahrida 13 ta kutubxona, 96 ta qiroatxona bor edi. Buxoro shahrida hukmdor 
saroyidagi kutubxonada xitoy, uyg‘ur, pushtu, fors, arab va boshqa tillardagi 
qo‘lyozmalar saqlangan. Kutubxonada kitobdor, mushrif, risolachi va mirzolar xizmat 
qilgan. Oʻsha davrlarda kutubxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad eng avvalo 
yoshlar, maktab oʻqituvchilari, madrasa talabalari, ziyolilarni yangi adabiyotlar, 
darsliklar, matbuot bilan muntazam tanishtirib borish edi. Chunki bu adabiyotlar va 
gazetalarni boshqa biror joydan topish amri mahol edi. 
Bugungi kunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev jamiyat hayotida ezgu 
qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh 
avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, onggu-tafakkuri va dunyoqarashini 
yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan 
barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik 
madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratib, ko‘plab qaror va farmonlarni qabul 
qilib, hayotga tadbiq emoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kutubxona 
muassasalarida abxorot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarini saqlash va 
hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash 
to‘grisida” gi qarori qabul qilindi[2:1]. Mazkur qarorlarning barchasi kitobxonlikni 
rivojlantirish, uni targ‘ib qilishga qaratilgandir.
“Kitob”, “Kutubxona”, “Kitobxonlik” so‘zlarining o‘zagi aslida arabchadan 
olingan va bir maqsadga, ya’ni inson ma’naviatini boyitishga xizmat qiladi. 
Fan va texnika taraqqiy etgan davrda kutubxonalarning missiyasi o‘zgardi, 
kutubxonachining professional faoliyatida ham qoidalar yangilanishiga ehtiyoj paydo 
bo‘ldi. Endi tadbirlar miqdori, kitobxonlar va berilgan kitoblar soni kabi ko‘rsatkichlar 
Axborot-resurs markazi faoliyatini baholashda bosh omil bo‘la olmaydi. 
Kutubxonachidan audiovizual va elektron hujjatlar, zamonaviy texnika bilan ishlash 
malakasi ham talab etiladi.
Aslida kutubxonachi kim? Zamonaviy kutubxonachidan nima talab qilinadi? 
Kutubxonachi o‘quvchilarga formulyarlar ochadi, unga berilgan kitoblarning nomi va 
raqamlarini yozib qo‘yadi. Kutubxonada tartibni saqlaydi, eskirgan kitoblarni 
ta’mirlaydi, yaroqsiz holga kelgan kitoblarni ro‘yxatini tuzadi, yangilarini qabul qiladi, 
tizimli va alifboli kataloglarni to‘ldiradi, o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazadi. Faqat 
shumi? Aslida, bu kutubxonachining ishi bu qadar oddiy va oson emas. Zamonaviy 
kutubxonachi o‘quvchilarning kichik tirajda nashr etilgan yoki bo‘lmasa, ancha oldin 
chop etilgan va qayta bosilmagan kitoblar orasidan eng siyraklari bilan tanishishi 
uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuningdek, elektron kutubxona va elektron baza 
bilan ishlay olish, foydalanuvchilarga kitob, elektron kitob va kerakli saytlarni topishda 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
81
http://oac.dsmi-qf.uz


ko‘makllashish ham ularning vazifasiga kiradi. Zamonaviy kutubxonachi nafaqat 
internet tizimining mohir foydalanuvchisi bo‘lishi, balki, u kutubxona qidiruv 
tizimlarini ham yaxshi tushunishi kerak. Bu hozirgi yangi rivojlanish bosqichiga 
o‘tayotgan davlat kutubxonachisining missiyasidir. 
Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada o‘qish - bu, albatta ideal uyg‘unlik. Tarixga 
nazar solsak, ilk kutubbxona taxminan eramizdan 2600-yillar avval paydo bo‘lgan 
ekan. Ammo afsuski u davrda ma’lumotlarning barchasini saqlab qoluvchi arxivlar 
mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da bizgacha ular kelmagan. Hozirgi zamonaviy 
kutubxonalar esa shu qadar qulay, o‘ziga xos tarzda bunyod etilmoqdaki, ularni ko‘rib 
barchaning ko‘zi quvnaydi. Xo‘sh zamonaviy kutubxonalar nimasi bilan ajralib turadi? 
Ularning noodatiy dizaynidan tortib, kitoblarning turli shakllarda nashr etilganigacha 
e’tiborni tortmay qolmaydi. Zamonaviy kutubxonalar yangicha arxitektura uslubida 
bo‘lib kitobxonlarni hayratga solishi tayin.
Eng yaxshi mudofaa - bu o‘zgaruvchanlik, mohiyatni saqlab qolgan holda yangi 
shaklga o‘tish qobiliyatidir. Bu kutubxonalarning mavjudligiga ham tegishli. Agar ular 
zamon talablariga yarasha o‘zgarmasa, insonlar o‘zlari uchun tezda yangi dastur 
topadilar, kitoblarni o‘choqqa uloqtirishadi! Kutubxona binolarini esa tijorat 
muassasalariga aylantirishadi. Kutubxonalar o‘zgarishi kerak. Kelajak kutubxonalarini 
yaratish kerak. G‘arbda ham, Rossiyada ham bu tendensiya allaqachon namoyon 
bo‘lmoqda. Ularning ba’zilarini taqdim etaman.
Aqshda jamoat kutubxonalari soni McDonald’s restorantlari va Starbucks 
qahvaxonalari sonidan ko‘proq. Jamoat kutubxonasi faqat kitobxona emas. Masalan, 
Boston jamoat kutubxonasi taklif qiladigan bepul xizmatlar ro‘yxati: boshpana, bepul 
ovqat, bepul tibbiy yordam va bepul yuridik va moliyaviy xizmatlar.
Koreyaning eng zamonaviy kutubxonalaridan biri - Janubiy Koreya Milliy smart 
kutubxonasi. U Sejong shahrida joylashgan. Milliy kutubxona Koreya milliy 
kutubxonasining birinchi filiali sanalib, u aynan Koreyaning multifunksional-
adminstrativ shahrida qurildi. Taniqli Samoo Architects & Engineers tomonidan barpo 
etilgan majmuaning tashqi qiyofasi varaqlanayotgan kitobning shaklini yodga soladi 
va o‘zining noodatiy dizayni tufayli osonlik bilan kitoblar makonini topib olish 
imkonini beradi. 
Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bag‘ishlangan kitoblarni o‘zida 
jamlagan zamonaviy maskan, balki, kitobxonlar qulayligi uchun eng ilg‘or raqamli 
texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi. Shu sababli 
ham kutubxonaga “E-BRARY” (ya’ni emotion-emotsiya, brary-kutubxona) nomi 
berilgan.
Bundan tashqari kuni kecha Xorazmda ko‘zni quvnatadigan “Yoshlar 
kutubxonasi” ochildi. 100 ming kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxonada 7000 xildagi 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
82
http://oac.dsmi-qf.uz


darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar jamlangan, O‘zbekiston milliy kutubxonasining 
elekton bazasi ham ulangan.
Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi 
Elchixona huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 
kutubxonasi ham 2010-yil 27-sentabrdan beri o‘zining muvaffaqiyatli faoliyatini 
davom ettirib kelmoqda. Kutubxona fondida ozarbayjon, o‘zbek, rus va ingliz tillarida 
3 mingga yaqin kitob va jurnallar mavjud [3:1]. 
Hududimizda o‘nlab, yuzlab kutubxonalar tashkil qilinmoqda. Bulardan maqsad, 
xalqning, jamiyatning, yosh avlodning ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini 
kengaytirish, ularning turmush tarzini zamon talablariga moslash, o‘sib, rivojlanib 
kelayotgan yoshlarni milliy ongini shakllantirish, ularni barkamol qilib tarbiyalashdir. 
Xalqimizda “Zamon seni emas, sen zamonni boshqar [4:3]” singari hikmatli so‘zlar 
baralla yangramoqda. Hozirda biz yashayotgan asr “Ilg‘or texnalogiyalar” asridir. Agar 
biz mutolaamizni ham zamon talablariga moslamasak, bizning ajdodlarimiz tomonidan 
necha yuz yillar davomida yaratilgan asarlar, qo‘lyozmalar o‘z qadrini yo‘qotishi 
mumkin, biz buni to‘g‘ri anglab yetishimiz darkor. Shu maqsadda Prezidentimiz 
shunday degan edi “Kitob o‘qigan, o‘z ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq 
bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. 
“Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning ilmi bor, bilimi bor. Mana nima uchun kitob 
o‘qinglar deymiz” [5:1]. 
Haqiqatan, kitob insonga o‘zgacha kuch beradi, fikrlarini ravshan qilib, ongini 
charxlaydi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishda yordam beradi. Kitob o‘qish - inson 
tafakkurining ozuqasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005-yil. Toshkent. 
2. www.lex.uz
3. http://azculture.uz/uz/xabarlar.php?year=2021&news=135
4. M. Xolmo‘minov. “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va 
boshqarish”. O‘quv uslubiy majmua. Toshkent. -2021, -328-bet 
5. https://qalampir.uz/uz/news/bu-millatning-kitob-uk-imasligi-kimga-kerak-28-
yashar-nashriyet-ra%D2%B3bari-bilan-su%D2%B3bat-15456 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
83
http://oac.dsmi-qf.uz

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin