SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 7
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1027
ZAMONAVIY TA’LIMDA MASOFAVIY O’QITISH TIZIMI
Dilora Shavkatovna Sidiqova
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda masofaviy o’qitishning o’rni
va ahamiyati
haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
zamonaviy axborot, o’qitish usullari,
elektron aloqa, masofaviy
ta’lim, internet texnologiyalari, o’quv jarayoni, ta’lim tizimi,
elektron konferensiyalar.
DISTANCE LEARNING SYSTEM IN MODERN EDUCATION
ABSRACT
This article provides information on the role and importance of distance learning in
modern education.
Keywords:
modern
information, teaching methods,
electronic communication,
distance learning, internet technologies, learning process, education system, electronic
conferences.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim
jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda yangi o’qitish
shakli- masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi. Masofaviy ta’limda
talaba va
o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maxsus yaratilgan o’quv kurslari,
nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa
texnologiyalari yordamida
doimiy muloqotda bo’ladilar.
Masofaviy ta’lim - masofaviy o’qitishga asoslangan ta’lim. Masofaviy o’qitish -
o’zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va
barcha o’quv jarayonlari komponentlari - maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar
va o’qitish usullariga asoslangan ta’lim oluvchi va o’qituvchi o’rtasidagi munosabat.
Masofaviy o’qitish tizimi - masofaviy o’qitish shartlari
asosida tashkil etiladigan
o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o’zining
tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.
Internet texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon axborot
ta’lim tarmog’iga
kirish imkonini beradi, integratsiya va o’zaro aloqa tamoyiliga ega
bo’lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o’qitish
barcha
ta’lim olish istagi bo’lganlarga o’z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi.
Bunday o’qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o’quv-uslubiy