Zamonaviy xalqaro logistikaning muammolari



Yüklə 20,08 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü20,08 Kb.
#203805
  1   2   3

Zamonaviy xalqaro logistikaning muammolari

Muammoli masalalarning borligi tufayli xalqaro logistika ichki logistikadan anchagina farq qiladigan xarakterli murakkabliklardan biri – bu funksional sikllarni tashkil qilish, ular haftalab yoki oylab davom etishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, bu quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:


– aloqalarning sekinligi;
– moliyalashtirish va hisob-kitoblarning o‘ziga xosligi;
– tashish masofalarining kattaligi;
– o‘rash va tamg‘alashga nisbatan maxsus talablarning qo‘yilishi;
– bojxona protseduralarini bajarish (deklaratsiyalash, ko‘rikdan o‘tkazish).
Xalqaro logistik operatsiyalar ko‘p tillilikni, o‘ramdagi yorliqlarni turli tillarda tayyorlashni talab qiladi, bu ham ishni anchagina murakkablashtiradi. Mahsulotning iste’mol xususiyatlarini ma’lum bir tilga bog‘lash undan foydalanish bozorini chegaralab qo‘yadi. Masalan, Evropa mamlakatlarida marketing tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mahsulotning har bir tilda alohida katta zahiralari yaratiladi.
Funksional siklni tashkil qilishdan tashqari xalqaro logistikaning katta muammolariga quyidagilar kiradi:
– ichki bozorlarga yetkazib berishga qaraganda buyurtmalarning anchagina katta hajmlari bilan ishlash (bu logistika xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, masalan – partiyaning kattaligi uchun transport tariflaridan chegirmalar);
– xalqaro bozorlarning tovarlarni yetkazib berishning variativliligi va ko‘p sonli vositachilar bilan munosabatlarga kirishish zarurligini shartlaydigan xilma-xilligi;
– faoliyatning xalqaro bozorlarda ishlashning boy tajribasiga ega bo‘lmagan korxonalar uchun ma’lum bir murakkabliklarni tug‘diradigan keng ko‘lamliligi;
– tovarlarni yetkazib berishda fraxtlovchi agentlar, bojxona brokerlik kompaniyalari, turli darajadagi logistik provayderlar kabi ko‘p sonli logistik vositachilarning paydo bo‘lishi;

katta masofalar va orada ko‘pgina vositachilarning bo‘lishi tufayli korxonaning uning mahsulotlarining iste’molchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunikatsiyalarga kirishish imkoniyatining yo‘qligi;



– savdo shartlari, yetkazib berishning bazis shartlari, to‘lov shartlari – bularning barchasi xalqaro savdo-sotiq bilan birinchi marta shug‘ullanayotgan korxona uchun noodatiy hol bo‘lib hisoblanadi;
– xalqaro transport hujjatlari va hujjatlashtirish protseduralari ichki analoglarga qaraganda anchagina murakkab va turli-tuman;
– logistik yetkazib berishlar tizimining ishtirokchilari o‘rtasida axborot bilan almashinishni tashkil qilishda ko‘pincha ko‘pgina mamlakatlarning chegaralarini kesib o‘tishga va shundan kelib chiqqan holda, turli axborot tizimlarini harakatga keltirishga to‘g‘ri keladi [5, 24-bet].
Sanab o‘tilgan muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun korxonalar ular amaliyotda to‘qnash keladigan operatsiyalarning murakkabligi va xilma-xilligini detalli tarzda o‘rganib chiqishlari lozim bo‘ladi.
Xalqaro logistika tizimining muhim tavsifi sifatida uning yuqori muvofiqlashtirish darajasiga bo‘lgan ehtiyoji chiqadi, bunday muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib tizimli integratsiya xizmat qiladi. Bunday tizimning faoliyat ko‘rsatishining yuqori natijaviyligini ushlab turish uchun yuk tashuvchilar bilan ixtisoslashtirilgan logistik korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarda samarali o‘zaro harakatlar va sherikchilik munosabatlari juda muhim bo‘lib hisoblanadi. Bunda ishlab chiqilgan quyidagi xalqaro logistik strategiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblanadi:
– ixtisoslashtirilgan korxonalardan foydalanish – bu bitta joyda ishlab chiqariladigan tovarlarning assortimentini (assortiment guruhlari jamlanmasini) cheklash imkonini beradigan choradir, natijada kompaniya ishlab chiqarish ko‘lamlarining ortishi hisobiga tejamkorlikka erishadi;
– zahiralarni markazlashtirish – globallashish davrining boshlanishi bilan shartlangan ehtiyoj. Kompaniya faqatgina o‘zining ishlab chiqarishini kamroq sonli korxonalarga ratsional joylashtirishga intilib qolmasdan, balki rezervlarga bo‘lgan talablarni kamaytirish maqsadida zahiralarni konsolidatsiyalash va kamroq sonli joylarda konsentratsiyalashga ham intiladi. Ko‘pgina korxonalar maqsadli ravishda o‘zlarining omborlarini tugatadi va ularni keng hududlarga xizmat ko‘rsatuvchi mintaqaviy ulgurji bazalarga aylantiradi;
– kechiktirish va mahalliylashtirish – tiplashgan butlovchilar va yig‘ish modullaridan yaratiladigan tovarni oxirigacha ishlov berishda konkret iste’molchilarning talablarini hisobga olish uchun yakuniy oxirigacha ishlov berish va individuallashtirish muddatini ko‘chirish uslubi.
Global olamda xalqaro savdoni olib borishning ko‘plab variantlari mavjud. Tashqi iqtisodiy faoliyatda logistik operatsiyalarni boshqarishning universal modeli mavjud emas va bo‘lishi ham mumkin emas, bunda har bir korxona ko‘proq muvaffaqiyatli ishlayotgan kompaniyalar va firmalarning tajribasini hisobga olish bilan o‘zining echimlarini qidirishiga to‘g‘ri keladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi kerakli logistik menejmentni ta’minlashni talab qiladi. Zamonaviy jahon bozori ishtirokchilarining yuqori integratsiya darajasiga qaramasdan global logistikaning oyoqqa turish yo‘lidagi barcha cheklashlar bartaraf qilingan deb bo‘lmaydi. Turli sabablar bilan shartlanadigan ko‘plab to‘siqlar mavjud.

Logistika xavfini oshirmasdan xarajatlarni izchil qisqartirish va optimallashtirishga faqat sanoat analitik tuzilmalarining oqilona kombinatsiyasi orqali erishish mumkin, to'g'ri texnologik vositalar va logistika jarayonlari, samaradorlikni oshirish uchun mo'ljallangan, shuningdek, xarajatlarni kamaytirish, vaqtincha, shu jumladan.



Murakkab etkazib beruvchilar tarmog'i bilan har qanday global logistika operatsiyasining grafik tasviri, omborlar, tarqatish markazlari, xizmat ko'rsatish operatsiyalari, transport yo'nalishlari va tugun nuqtalari murakkab xaritani ko'rsatishi mumkin, bu erda individual xarajatlarni ajratish va tushunish qiyin. Dunyoda, bu erda logistika xarajatlari odatda ishlab chiqarish firmasi umumiy xarajatlarining to'rtdan besh foiziga to'g'ri keladi, global ta'minot zanjirining tobora murakkablashib borishi marjalarga bosimni oshirmoqda.

Yüklə 20,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin