EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY
AND INNOVATION
Innovative Academy Research Support Center
Open access journal
www.in-academy.uz
Volume 1, Issue 2 February 2023 ISSN 2181-2020
Page 58
ZAMONAVIY YENGIL AVTOMOBIL UZATMALAR QUTISINI
QISMLARGA AJRATISH ISHLARI TEXNOLOGIK
XARITASINI ISHLAB CHIQISH
Djumabayev Alijan Bakishevich
1
Andijon mashinasozlik instituti t.f.d., professor,
Ortiqov Sarvar Sattaraliyevich
2
Andijon mashinasozlik instituti doktoranti,
Karimov Abbosjon Isroilovich
3
Andijon mashinasozlik instituti magistranti.
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 12
th
February 2023
Accepted: 21
th
February 2023
Online: 22
th
February 2023
Maqolada zamonaviy yengil avtomobil uzatmalar qutisini
ta’mirlash uchun texnologik xarita ishlab chiqilgan. Unda
avtomobil uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig`ish
ishlari ketma-ketliklari, kerakli asbob-uskuna, moslama
va jihozlar, bajarilgan ishning fotografiyasi, ishni bajarish
uchun qo`yilgan talablar keltirib o`tilgan.
KEY WORDS
Vaqt, me’yor, usul, xronometraj,
tadqiqot,
moslama,
fotografiyalash, asbob-uskuna,
uzatmalar qutisi, operatsiya,
qismlarga ajratish, yig`ish.
Mamlakat avtomobil transportining keskin o`sishi sharoitida, moddiy texnik va mehnat
resurslarini tejashni ta’minlovchi omillardan biri-bu, avtotransport vositalariga texnik xizmat
ko`rsatish (TXK) yoki texnik servis (TS) va joriy ta’mirlash (JT) sifatini oshirishdir.
Bozor munosabatlarini chuqurlatishda bu yo`nalish o`z ahamiyatini yanada oshiradi,
chunki sifatsiz TS va JT qo`shimcha
xarajatlarga, mijozni yo`qotishga olib keladi va
korxonaning obro`sini tushiradi.
Servis va ta’mirni o`tkazish vaqtini kamaytirish uchun yangi texnika va texnologiyani
joriy etish, zamonaviy diagnostika jihozlarini qo`llash va tashkiliy
boshqarish tizimini
takomillashtirish talab etiladi.
Avtomobil servisi va ta’miri sifatini oshirishda bajarilgan ishni nazorat qilish ham katta
omildir. Chunki servislar oralig`ida va ta’mirdan keyin avtomobilning buzilmasdan ishlashi
bajarilgan ishlarning sifatiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, joriy
ta’mirning 30 foizga yaqini servisning sifatsiz bajarilganligi sababli kelib chiqar ekan.
Ta’mirlash ishlarini
bajarish uchun avtomobil, agregat, uzel va mexanizmlar qismlarga
ajratilishi va ta’mirdan so`ng qayta yig`ish ishlari bajariladi. Ushbu ishlarni yuqori malakali
mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan texnologik haritalar
asosida bajarilsa texnik va
texnologik talablar bajarilib ishlar sifatli hisoblanadi. Quyida zamonaviy avtomobilning
uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig`ish ishlarini ko`rib chiqamiz.
Uzatmalar qutisi uzatish sonining o‘zgarish usullariga qarab pog‘onali, pog‘onasiz va
murakkab (kombinatsiyalashgan) ya’ni gidromexanik hamda avtomatik usullarda ishlaydigan
turlariga bo‘linadi.