Qo‘qon davlat pedagogika instituti kredit-modul tizimidagi talabalarning
fanlardan kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Mazkur Y o‘riqnoma 0 ‘zbekistan Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta‘lim
vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 20-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta‘lim
muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o ‘quv yuklamasi hamda o ‘quv-uslubiy,
ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash Qoidalari, 0 ‘zbekistan Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta ‘lim muassasalarida ta‘lim
jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari
to ‘g ‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va o ‘rta maxsus ta ‘lim vazirining 2021-yil 16-
iyuldagi “Oliy ta ‘limning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to ‘g ‘risida”gi 311-son
buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Q o‘qon davlat pedagogika instituti
kredit-modul
tizimida talabalarning kurs ishi (loyihasini)ni tashkil etish, uni nazorat qilish qoidalarini
belgilaydi.
I. Kurs ishi (loyihasi)iga qo‘yiIadigan talablar
1.1. Kurs ishini bajarish va shakllantirish oliy ta ’lim muassasalarida, jumladan
pedagogika ta ’lim muassasalarida eng muhim va istiqbolli ilmiy tadqiqot turi hisoblanadi.
1.2. Talaba va o ‘qituvchining hamkorligida bo‘lg‘usi pedagogning shaxsi shakllanadi,
dolzarb pedagogik va
metodik muommolarni hal qilish, ilmiy pedagogik va psixologik
adabiyotlami mustaqil tushunish, nazariy bilimlami amaliyotda qoMlash ko‘nikmasi
rivojlanadi.
1.3. Kurs ishini bajarish o ‘quv rejasida ko‘zda tutilgan fan bo‘yicha
har bir talaba
uchun zaruriydir,
1.4. Talaba kurs ishini bajarish natijasida o ‘zining tadqiqot olib borish imkoniyatini
ko‘rsata bilishi kerak.
Shu maqsadda b o ‘lg‘usi o ‘qituvchilar qo‘yidagi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
zarur:
a) pedagogika,
psixologiya, falsafa, sotsiologiya mutaxassislik fanlari bo‘yicha
bibliografik ko‘rsatkichlardan foydalanishni o ‘rganish;
b) mavzu bo‘yicha minimal darajadagi muayyan adabiyotlami o ‘rganish va zaruriy
m a’lumotlami qayd qila olish;
v) zamonaviy adabiyotlami taxlil qilish natijasida o ‘rganilayotgan
masalaning
holatini izchil bayon qilish;
g) agar mavzu zaruriy b o ‘lsa, turli tipdagi ta ’lim muassasalaridagi pedagogik
tajribalami yig‘ish,tahlil qilish va umumlashtirish;
d)
tajriba-sinov ishini o ‘tkazish, qoMga kiritilgan empirik materialni qayta ishlash, uni
tahlil qilish, tizimga solish, izohlash va zaruriy xulosalami chiqarish.