Kurs ishi (loyihasi) quyidagicha tuzilishga ega bo ‘lishi mumkin:
1. Titul varogM. Titul varog‘i quyidagi talablar asosida shakllantiriladi:
a)
yuqorida oliy ta ’lim muassasa va fakulteti nomi;
b)
о ‘rtasida talabaning familiyasi, ismi,otasining ismi,
kursi va kafedra yoziladi;
d)
quyiroqda kurs ishining mavzusi;
e)
undan ham quyiroqda о ‘ngdan ilmiy rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi,
chapda uning ilmiy daraja va unvoni ko‘rsatiladi;
f)
eng quyida kurs ishi yozilgan joy va yil qayd qilinadi (1-ilova).
2. Mundarija. Mundarijada kurs ishining rejasi va uning bob, bo‘limlari
ko‘rsatiladi. Mundarija kurs ishining tuzilishiga qa’tiy mos b o ‘lishi qisqa, lo‘nda, ketma-
ketlikda va aniq tarzda uning ichki mantiqini ochib berishi zarur.
Shuningdek, unda ishning har bir bobi va paragrafi qaysi
sahifadan boshlanishi aniq
ko‘rsatiladi.
3. Kirish. Kurs ishining bu qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning asosiy
xarakteristikalari (tadqiqotning muammosi, obyekti, predmeti,
maqsad-vazifalari,
gipotezasi) ko‘rsatiladi.
Kirish qismida, shuningdek, tadqiqotning asosiy g ‘oyasi xaqida ham m a’lumot
beriladi. Bu qismda adabiyotlarga havolalar berish lozim, ammo, k o ‘plab sitatalami
keltirish shart emas. Ishning kirish qismi A-4 formatda, 2-3 varoqdan iborat bo‘lishi zarur.
Kurs ishida tadqiqotning asosiy xarakteristikalari to‘g ‘ri shakllantirilganligini bilish uchun
quyidagi savollarga javob berishga xarakat qilinishi kerak:
- kurs
ishi muammosini aniqlashda - oldin о ‘rganilmagan muammolardan qaysi
birini о ‘rganish zarur?
- kurs ishi mavzusini tanlashda -
tadqiqot muammosi kurs ishi mavzusida о ‘z aksini
topganmi?
- kurs ishida dolzarblikni asoslashda -
nima uchun aynan shu muammoni bugun
о ‘rganish shart?
- kurs ishi obyektini belgilashda -
nima tekshiriladi?
- kurs ishi predmetini aniqlashda -
obyektning qaysi yangi jixatlari, munasabatlari
aspektlari, tomonlari, funksiyalari tadqiq qilinishi zarur?
- kurs ishi maqsadini shaklantirishda -
maqsadga erishish uchun nima qilish kerak?
Amalga oshiriladigan vazifalar vositasida maqsadga erishish mumkinmi?
- kurs ishi gipotezasini ilgari surishda -
tadqiqot maqsadiga erishish uchun qaysi
yo ‘Man borish zarur?
- ochiq himoyaga olib chiqilayotgan holatlami aniqlashda -
tadqiqotning obyekti va
predmetida boshqalar sezmagan qanday xususiyatlar bor? va h.k.
Kurs ishi talabalami pedagogik tadqiqotga jalb qilishning birinchi bosqichi
bo‘lganligi tufayli unda barcha xarakteristikalami ko‘rsatib berish shart emas. Ulaming
ayrimlarigina,
xohishga
ko‘ra,
aniqlantirilishi
mumkin
(masalan
gipoteza).
Xarakteristikalami shaklantirish
ilmiy rahbar malakasi mahorati, talabaning tayyorgarligi,
tadqiqot mavzusining spetsifikasiyasi va boshqa vaziyatlarga bog‘liq boMadi.
Kurs ishi (loyihasi) mavzusini kelgusida chuqurrok, kengroq doirada o ‘rganib, uni
bitiruv malakaviy ish sifatida davom ettinnoqchi bo‘lgan talabalar tadqiqot ilmiy
tuzilmasining barcha qisimlarini jiddiy o ‘ylab ko‘rishi zarur.
Dostları ilə paylaş: