1-laboratoriya ishi sement xamirning normal quyuqligini aniqlash



Yüklə 288 Kb.
səhifə1/5
tarix13.06.2023
ölçüsü288 Kb.
#129385
  1   2   3   4   5
Laboratoriya ishlari 8-semestr


1-LABORATORIYA ISHI

    1. Sement xamirning normal quyuqligini aniqlash.

Sement xamirining normal quyuqligini aniqlashdan ko’zda tutilgan maqsad, sementga qancha suv quyilishini bilishdir. Quyiladigan suv miqdori sement massasiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Sement xamirining normal quyuqligini aniqlashda hisoblab chiqarilgan suv miqdori keyinchalik sementning boshqa xossalarini aniqlashda ham kerak bo’ladi.
Sement xamirining normal quyuqligini topishda Vika asbobidan (7-rasm) foydalaniladi. Buning uchun asbobning ninasi o’rniga diametri 10 mm va uzunligi 50 mm keladigan metall sterjen (sopcha) o’rnatiladi.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: Vika asbobi, sferik shakldagi metall idish, xamir qoriladigan metall kurakcha, suv o’lchagich, texnik tarozi, tarozi toshlari, pichoq, soat, shisha plastinka.

1-rasm. Sement xamirining qotish muddatini aniqlaydigan
Vika pribori va uning kengaytma qismlari (б-г): 1-stanina; 2-sterjen; 3-shkala; 4-igna; 5-pestik; 6-ko‘rsatkich; 7-vint; 8-xalqa; 9-shisha plastinka

Ish tartibi. Sementdan 400 g tortib olinadi, bunda 1 g dan ortiq xato qilmaslik shart. Tortib olingan sement sferik shakldagi metall idishga solinadi. Bu idishning ustki diametri 400 mm, chuqurligi 100 mm bo’ladi. Idishdagi sementning o’rtasi metall kurakcha bilan o’yiladi. Stakandagi suv tarozida tortilgandan keyin idishdagi sementga quyiladi. Suvning miqdori sement massasining 25-30 protsenti atrofida bo’lishi kerak.


Quyilgan suv ustiga sement tortiladi va 30 sekunddan keyin metall kurakcha bilan sekin-asta qoriladi, keyinchalik qorish suroati tezlashtiriladi.
Qorishtirish vaqtida idishdagi xamir kurakcha bilan avval bir tomonga, keyin qarama-qarshi tomonga qatlam-qatlam qilib ag’darib turiladi. Sement bilan suv 5 min. shu tartibda qorishtiriladi.
Ish boshlashdan oldin. Vika asbobi sterjenining bemalol siljishi va tsilindrik dastaning uchi shisha plastinkaga tekkanda strelkaning shkaladagi nol’ raqamini ko’rsatishi tekshirib ko’riladi. Agar strelka shkaladan nol’ raqamini ko’rsatmasa, asbob shu ondayoq sozlanadi.
Tayyorlangan sement xamiri metalldan yasalgan kesik konus shaklidagi xalqaga solinadi. SHisha plastinka ustiga qo’yilgan bu xalqa sement xamiri bilan to’lganda shisha pastinkani stol chetiga besh-olti marta ohistagina urib, sement xamiri zichlanadi va xamirning ortiqchasi xo’llangan pichoq bilan xalqa ustidan sidirib olinadi. Keyin shisha plastinkani surib, xamir to’ldirilgan xalqaning o’rtasi tsilindrik dastgoxga tegib turadigan darajada to’g’rilanadi, tsilindrik sterjeng’ vint bilan maxkamlab qo’yiladi. Keyin sterjenni tutib turgan vint tezda bo’shatiladi, natijada tsilindrik dasta o’z og’irligi bilan xamirga botib kiradi. Oradan 30 sek. o’tgach, tsilindrik dastaning xamirga botish darajasi shkaladan aniqlanadi. Bunda strelka 7 mm dan yuqorida to’xtasa, xamir qattiq, yahni suv oz qo’shilgan bo’ladi. U xolda sementdan yana 400 g tortib olinadi va unga avvalgidan birmuncha ortiq suv qo’shib, yuqorida aytilgan tartibda yana sement xamiri tayyorlanadi. Bordi-yu, tsilindrik dasta xamirga botganda strelka 5 mm dan pastda to’xtasa, xamir yumshoq, yahni suv ko’p qo’shilgan bo’ladi. SHu tartibda sement miqdorini o’zgartirmasdan, suvni oldingisidan ko’proq va keyingisidan ozroq qo’shib, yuqorida aytilgan tartibda sement xamirining normal quyuqligi aniqlanadi. Agar tsilindrik dasta uchinchi marta xamirga tushirilganda, strelka 5-7 mm orasida to’xtasa, uchinchi marta tayyorlangan xamirning quyuqligi normal bo’ladi. SHunday qilib, oxirgi marta olingan suvning miqdori mazkur sement xamirining normal quyuqligini ko’rsatuvchi son deb hisoblanadi.



Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin