1-laboratoriya ishi sement xamirning normal quyuqligini aniqlash


Sementning qotish muddatini aniqlash



Yüklə 288 Kb.
səhifə2/5
tarix13.06.2023
ölçüsü288 Kb.
#129385
1   2   3   4   5
Laboratoriya ishlari 8-semestr

1.2. Sementning qotish muddatini aniqlash


Ishlatiladigan asbob-uskunalar: Vika asbobi, torozi, moy, xalqacha, shisha plastinka.
Ish tartibi:
Sement xamirining qotish muddatlari GOST 310.3-76 ga muvofiq, Vika asbobi yordamida aniqlanadi; lekin bunda sterjenning pastki qismiga metall sopcha o’rniga ko’ndalang kesimi 1 mm2 va uzunligi 50 mm keladigan po’lat nina o’rnatiladi. Sopcha o’rniga nina o’rnatish natijasida sterjenning umumiy massasi, yahni asbobning sinash chog’ida sement xamiriga tahsir ko’rsatadigan xarakatlanuvchi qismining umumiy massasi kamayadi, shunga ko’ra sterjenning yassi kallagiga qushimcha yuk qo’yib, uning massasini 300g ga to’g’rilash kerak.
Yuqorida aytib o’tilgan usulda qorilgan xamirning quyuqligi normal bo’ladi; tayyor xamir darxol Vika asbobining shisha plastinkasi ustidagi xalqaga joylanadi; xamir ichidagi xavo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun xalqa besholti marta silkitiladi. Xamirning yuzi xalqaning cheti bilan bir tekislikda yotishi uchun ortiqcha xamir pichoq bilan sidirib tashlanib, yuzi tekislanadi. SHisha plastinka xalqa bilan birga asbob stoliga o’rnatiladi. Sterjeng’ pastga tushirilib, ninasi xamirga tekkizib qo’yiladi, siquvchi vintni burab, uzak shu xolatnda maxkamlanadi. So’ngra vintni darxol burab bo’shatish kerak, shunda sterjenning uchidagi nina sement xamiriga bemalol botadi. Ninani xamirga avvalo xar besh minutda (to xamir qota boshlaguncha), keyinchalik xar 15 minutda (to xamir qotib bo’lguncha) botirish kerak. Nina xamirning faqat bir joyiga emas, balki turli joylariga botirilishi, buning uchun xalqa surib turilishi, nina esa xar gal botirish oldidan xo’l latta bilan artilishi lozim.
Sement suvda qorilgan paytdan to nina shisha plastinkaga 1 - 2 mm yetmay to’xtaydigan paytgacha o’tgan muddat sement xamiri qota boshlash vaqti, deb qabul qilinadi. Sement suvda qorilgan paytdan to nina sement xamiriga 1 - 2 mm dan sal ko’proq botgan paytgacha muayyan vaqt o’tadi, ana shu vaqt mobaynida xamir obdon qotadi. Portlandsement, mineral qo’shimchali portlandsement, toshqol portlandsement va putstsolan portlandsement xamiri qorilgan paytidan xisoblaganda, faqat 45 minutdan keyin qota boshlaydi va 10 soatdan keyin toshdek qotib qoladi.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin