1-laboratoriya ishi sement xamirning normal quyuqligini aniqlash



Yüklə 288 Kb.
səhifə3/5
tarix13.06.2023
ölçüsü288 Kb.
#129385
1   2   3   4   5
Laboratoriya ishlari 8-semestr

2– LABORATORIYA ISHI.
Sementning mustahkamligini aniqlash.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: texnik tarozi, tarozi toshlari, sferik idish, metall kurakcha, laboratoriya aralashtirgichi, silqitishstolchasi, tebranma maydoncha, uch uyali metall qoliplar, gidravlik vanna, metall plastinkalar, gidravlik press, pichoq.
Ish tartibi: Sement markasini aniqlashda namuna-tayoqchalarning egilishdagi va siqilishdagi mustahkamlik chegaralari asos qilib olinadi; namunalar massasi bo‘yicha 1:3 nisbatda (1 hissa sement va 3 hissa normal qumdan) tayyorlangan plastik qorishmadan 40X40X160 mm o‘lchamda yasaladi.
Sementning markasini aniqlash quyidagicha: avval namuna-tayoqchalar tayyorlanadigan sement qorishmaning quyuqligi (konsistentsiyasi) aniqlanadi. Buning uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi; bu ashyolar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, keyin o‘rtasi o‘yiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:TS=0,4) quyiladi. Suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayyor qorishma aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi (shu vaqt davomida aralashtirgichning kosasi 20 marta aylanadi); keyin silkituvchi stolcha va konus shaklidagi metall qolipdan foydalanib, qorishmaning quyuqligi aniqlanadi.
Silkituvchi stolcha cho‘yan staninadan iborat, valdagi mushtcha o‘qni ko‘taradi, o‘q bilan birga yotiq disk va uning yuziga qoplangan 300 mm diametrli toshoyna ham ko‘tariladi. Maxovikni aylantirganda o‘q bilan birga yotiq disk valdagi mushtcha yordamida goh ko‘tariladi, goh tushadi. O‘q shu tarzda harakatlanganda stolcha 10 mm ko‘tarilib, qolipni silkitadi.
Qorishmani konussimon qolipga joylashdan oldin qolipning ichki yuzasini va shisha diskning yuzini salgina xo‘llash kerak. Qorishma qolipga ikki qatlam qilib joylanadi (qatlamlarning qalinligi bir xil bo‘lishi kerak); har bir qatlam metall shibbalagich bilan zichlanadi; pastki qatlam 15 marta va ustki qatlam 10 marta shibbalanish lozim. Qorishmani joylayotganda va shibbalab zichlayotganda qolipni (konusni) shisha diskka bosib turish kerak. Qorishmaning ortiqchasi pichoq tig‘i bilan sidirib tashlanadi-da, qolip asta-sekin ko‘tariladi. So‘ngra g‘ildirakni dastasidan ushlab aylantirilib turgan xolda stolcha 30 sekund davomida 30 marta silkitiladi, shunda sement konus yoyiladi. Konusning yoyilish darajasi shtangentsirkulp yoki po‘lat chizg‘ich yordamida ostki qismining ikki joyidan, bir-biriga tik yo‘nalishlarda o‘lchanadi. Konus 106-115 mm yoyilgan bo‘lsa, qorishmaning quyuqligi normal deb hisoblanadi. Konus bundan kam yoyilgan taqdirda ko‘proq suv qo‘shib yana qorishma tayyorlanadi. Qorishmaning suv talabchanligi suv: sement (S:TS) nisbati ko‘rinishda ifodalanadi; xosil bo‘lgan qiymat laboratoriya ishlari daftariga yozib qo‘yiladi va kelgusida sinovdan o‘tkaziladigan namuna-tayoqchalar uchun sement qorishma tayyorlash vaqtida shu mahlumotdan foydalaniladi.
Namuna-tayoqchalar uch uyali metall qoliplarda tayyorlanadi; qolipga qorishma to‘ldirishdan oldin qolip devorchalarining ichki yuzalarini va tubini mashina moyi bilan salgina moylash kerak. Yig‘ilgan qolipga metall uchlik (3-rasm, b ga qarang) kiyiladi va qolip bilan uchlik juftlashgan joydagi chokka quyuq moy surtiladi.



`


Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin